Andoza:Tanlangan maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Qorabuloq teleminorasi.JPG|nothumb|120px|right|Qorabuloq teleminorasi]]
'''[[Qorabuloq (Janubiy Qozogʻiston viloyati)|Qorabuloq qishlogʻi]]''' ({{lang-kz|Қарабұлақ}}) — [[Janubiy Qozogʻiston viloyati]] [[Sayram tumani]]ning eng katta qishloqlaridan biri<ref>«Qozogʻiston» Milliy Ensiklopediyasi. 10-tom. — [[Almati]]: Қазақ энциклопедиясы, 2007 — 704 b. — ISBN 9965-893-11-X</ref>. Aholisi soni 45 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni — 11 134 ga. Viloyat markazi sanalmish [[Chimkent]] shahridan 45 km uzoqlikda va tuman markazi [[Oqsuvkent]] qishlogʻidan 18 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqda 11 [[maktab]], 1 kollej va 3 [[bozor]] bor. Shuningdek Qorabuloqning oʻzida 19 masjid, 2 [[kasalxona]], 2 [[shifoxona]], bolalar bogʻchasi, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat uyi hamda [[Sayram tumani]]dagi eng katta va nufuzli 10 ming kishilik jome masjidi bor. Aholisining 99 % dan ortiq qismini [[oʻzbeklar]] tashkil qiladi. Qadimda Qorabuloq hududi deganda [[Sharq]]dan [[Mashat oʻzani]], [[Gʻarb]]dan Oqtan-oga-Oqsuv, [[Shimol]]dan Tuyatosh oʻzanidan to [[Janub]]dagi Isfijob ([[Sayram]]) yaqinidagi Tassay oʻzanigacha oraliqdagi yerlar tushunilgan. Qorabuloq — Isfijobning shimoli-sharqidagi eng katta kent. Katta [[Buyuk Ipak yoʻli]]dagi gavjum, mashhur hududda boʻlgan. Maʼlumki, Isfijob shahar sifatida tilga olinganiga 7 ming yil boʻlgan boʻlsa, Qorabuloqda insonlar Isfijobdan oldin oʻtroqlashgani shubhasiz. ('''[[Qorabuloq (Janubiy Qozogʻiston viloyati)|Davomi...]]''')
 
<noinclude>:[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]