Bezgak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 8:
==Kasallikning O'zbekistonda paydo bo'lishi==
Bizga qoʻshni [[Tojikiston]], [[Qirgʻiziston]] va [[Afgʻoniston]] davlatlarida bezgak boʻyicha vaziyatning keskinlashishi, mazkur kasallikning respublikamiz hududiga olib kelinishi va mahalliy bezgakning roʻyxatga olinishi respublikamiz sogʻliqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Umumiy kasallanganlarning koʻpchiligi chetdan ([[Tojikistondan]]) yuqtirib kelgan. ([[Oʻzbekiston]]da ham bezgak kasalligi [[1925]]-[[1961]] yillarda keng tarqalgan edi).
[[1980]]-[[1990]]-yillarga kelib, [[Oʻzbekiston]] bilan qoʻshni [[Afgʻoniston]] va [[Tojikiston]] Respublikalari ([[1990]]-[[2009]] y.) oʻrtasida aholining ([[migratsiya]]) faol qatnovi natijasida, respublikamizga infeksiya ommaviy ravishda kirib kela boshladi. Kasallikning yuqori koʻrsatkichlari boʻlgan hududlarda bezgak kasalligi odamlarga jabr etkazish bilan birga, katta iqtisodiy zarar keltirmoqda. 2005 -yildan boshlab, Global fond grant lo¬yihasi olib borayotgan faoliyat natijasida Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa MDH mamlakatlaridagi bezgak kasalligi boʻyicha epidemiologik vaziyat yaxshilandi. Oxirgi 5 yilda bezgak kasalligiga qarshi kurashda ijobiy samaralarga erishildi.
 
„Oʻzbekistonda 2005-2008 yillarda bezgak bilan kasallanish xavfi yuqori boʻlgan aholiga qaratilgan harakatni kengaytirish“ Global fond grant loyihasi 2002 yil BMT tashabbusi bilan tashkil topgan. Rahbariyati Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan boʻlib, har yil uchta kasallik: OITS, tuberkulyoz, bezgak boʻyicha grant eʼlon qiladi va uni yutgan davlatlarga moliyaviy yordam beradi.
 
[[2005 -yil]] Toshkent shahrida JSSTning Yevropa hududida bezgak eliminatsiyasiga yunaltirilgan regional tashabbusi boʻyicha birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bezgak kasalligi kayd etilgan barcha davlatlar qatnashdi. Yigʻilishda manfaatdor davlatlarning sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan „Bezgakka qarshi kurashdan, bezgak eliminatsiyasiga qarab“ mavzusida Toshkent Deklaratsiyasi maʼqullandi.
 
Respublikamizda bezgak (yoʻq qilish) eliminatsiyasi yoʻlidagi vaziyat nazoratga olingan boʻlib, kasallikning oldini olishga davlatimiz alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Kasallik kelib chiqishining asosiy qismini Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan Surxondaryo viloyati tashkil etadi. Aholi migratsiyasining kuchayishi infeksiyaning respublikamizga kirib kelish xavfini tugʻdirmoqda. Surxondaryo viloyatining hududlarida bezgakning sanoqli mahalliy holatlari aniqlanmoqda. Epidemiologik nazorat borasida Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi umumiy tibbiyot tarmoqlari bilan hamkorlikda bezgak kasalligi uchraydigan hududlarga borib kelganlarni aniqlash yuzasidan epidemiyaga qarshi kompleks ishlar olib bormoqda. Shu bilan birga, JSST va mutasaddi tashkilot hamda vazirliklar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari yoʻlga koʻyilgan. Bezgakning qayta kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli choralar koʻrilmoqda. Bezgakning oldini olish va unga qarshi kurashish strategiyasida uch kunlik bezgakning kamayishiga erishish va tropik bezgakning yuqtirilishiga yoʻl qoʻymaslik asosiy maqsad qilib olingan.
 
Qonda bezgak parazitlari aniqlangan holda davolash muolajalarini tezda boshlash kerak. Bu kasalni davolash uchun samarali dori-darmon vositalari mavjud. Kasallik asosan 4 ta, yaʼni uch kunlik, uch kunlikka oʻxshash ovale, toʻrt kunlik va tropik bezgak koʻzgʻatuvchilaridan iborat. Har bir koʻzgʻatuvchi oʻzining klinik, epidemiologik va laboratoriya diagnostikasi bilan bir-biridan farq qiladi. Infeksiya manbai boʻlib, kasallik bilan ogʻrigan bemor parazit tashuvchi hisoblanadi. Kasallikning dastlabki belgilari: holsizlik, bosh ogʻrigʻi, sovuqqotish, boʻgʻimlarda ogʻriq boʻlishi, oʻqchish, qusish, ishtaha yoʻqolishi. Bu holat odam kasallikdan zararlangandan 10-15 kun keyin boshlanadi, tana harorati 37,5-38 darajagacha koʻtarilib, 1-2 kun oraligʻida bezgak xurujlari kuzatilib, bunday holat oʻrtacha 48 soat davom etadi va oʻziga xos spesifik belgilarga ega. Tana qaltirashidan boshlanadi, kuchli titroq bosadi, bemor muzlaydi, koʻrpa ichida ham qaltiraydi, bu davr 15 daqiqadan 2-3 soatgacha davom etadi. Keyin tana harorati 39-41 darajagacha koʻtarilishi bilan birga qizib ketish, qattiq bosh ogʻrigʻi kuzatilib, bu davr 2-6 soat davom etadi. Keyin koʻp terlash kuzatiladi. Xuruj qilish kunduz kunlari, har safar bir vaqtda boshlanadi, bu differensial tash¬his belgilarining biridir. Tana harorati meʼyorlashadi va undan ham pasayishi mumkin. Bemor darmonsiz boʻlsada, engillik sezadi. Kasallik boshlanishidan 1 hafta oʻtganidan soʻng jigar va taloqning kattalashishi va kamqonlik belgilari kuzatiladi. Bezgakning ogʻir belgilarida qusish (ogʻiz orqali dori-darmonlarni qabul qilishning iloji yoʻq), holsizlik, notekis nafas olish (tezlashishi), uyqusirash, bemor savollarga zoʻrgʻa javob beradi.
 
==Kasallikning tarqalishi==
Bezgak kasalligi sogʻlom insonga bemordan, yuqorida qayd etilgan Anofeles turiga mansub chivinlarning chaqishi orqali oʻtadi. Chivin bezgakka chalingan insonni chaqqanida, uning oshqozoniga qon orqali parazitlar tushadi. Chivin organizmida parazitlar bir necha kun rivojlanadi va yuqumli parazit tashuvchisiga aylanadi. Sogʻlom odamni chaqqanda chivinning soʻlagi orqali infeksiya odam organizmiga tushadi hamda maʼlum bir vaqt ichida insonda kasallik belgilari paydo boʻladi. Bezgak chivinlarining hayot tarzi murakkab boʻlib, suv va havoda oʻtadi. Suv va havo harorati qulay boʻlsa, rivojlanishning butun jarayoni 10-20 kun davom etadi. Chivinning urgʻochisi suvga tuxum qoʻygandan keyin undan gʻumbaklar chiqib qoʻgʻirchoqqa aylanadi va ulardan qanotli chivinlar uchadi. Chivinlar ozuqa izlab bir martada 3 km.gacha boʻlgan masofani bosib oʻtishi mumkin. Bezgak koʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan chivin ikki oy davomida kasallik yuqtirish qobiliyatiga ega boʻladi.