Bezgak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Clinical thermometer 38.7.JPG|thumb|right|200px]]
Bezgak oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, [[Anofeles]] (bezgak chivinlari) [[chivin]]i orqali yuqishi, qaltirash, tana harorati koʻtarilishi, [[taloq]] va [[jigar]] kattalashishi hamda kamqonlik bilan xarakterlanadi. Bezgak malariae soʻzidan olingan boʻlib, mal — badboʻy, ariae — hid yoki havo degan maʼnoni anglatadi. Uni juda kichik parazit-plazmodiylar qoʻzgʻatadi. Ularni faqat mikroskop ostida koʻrish mumkin. Virus inson qonida yashab, koʻpaya¬di va qizil qon tanachalarida joylashib, ularni parchalaydi hamda qon ishlab chiqarish, asab, yurak qon-tomir va organizmning boshqa tizimlarini ishdan chiqaradi. Baʼzan kasallik shunchalik ogʻir kechadiki, agar davolash oʻz vaqtida boshlanmasa, bemor bir necha kundan soʻng asosan tropik bezgakda vafot etadi. Harorat koʻtarilganda yoki bezgakning boshqa belgilari namoyon boʻlganda, albatta tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Toʻgʻri tashhis qoʻyishda qon tahlili shart. Agar siz oxirgi 3 yil davomida Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hamda Tojikis¬ton va respublikamizning janubiy viloyatlariga chiqqan boʻlsangiz, u erda bezgak bilan zararlanish xavfi yuqoriligini hisobga olgan holda, har qanday darmonsizlik kuzatilsa, albatta barmoqdan qon topshirishingiz lozim.<ref>[http://uzssgzt.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=2&god=2008&mes=2&id=1381 ҲАР ҚАНДАЙ КАСАЛЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛСА БЎЛАДИ]</ref>