Bezgak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 8:
 
==Kasallikning O'zbekistonda paydo bo'lishi==
Bizga qoʻshni [[Tojikiston]], [[Qirgʻiziston]] va [[Afgʻoniston]] davlatlarida bezgak boʻyicha vaziyatning keskinlashishi, mazkur kasallikning respublikamiz hududiga olib kelinishi va mahalliy bezgakning roʻyxatga olinishi respublikamiz sogʻliqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Umumiy kasallanganlarning koʻpchiligi chetdan ([[TojikistondanTojikiston]]dan) yuqtirib kelgan. ([[Oʻzbekiston]]da ham bezgak kasalligi [[1925]]-[[1961]] yillarda keng tarqalgan edi).
[[1980]]-[[1990]]-yillarga kelib, [[Oʻzbekiston]] bilan qoʻshni [[Afgʻoniston]] va [[Tojikiston]] Respublikalari ([[1990]]-[[2009]] y.) oʻrtasida aholining ([[migratsiya]]) faol qatnovi natijasida, respublikamizga infeksiya ommaviy ravishda kirib kela boshladi. Kasallikning yuqori koʻrsatkichlari boʻlgan hududlarda bezgak kasalligi odamlarga jabr etkazish bilan birga, katta iqtisodiy zarar keltirmoqda. 2005-yildan boshlab, Global fond grant lo¬yihasi olib borayotgan faoliyat natijasida Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa MDH mamlakatlaridagi bezgak kasalligi boʻyicha epidemiologik vaziyat yaxshilandi. Oxirgi 5 yilda bezgak kasalligiga qarshi kurashda ijobiy samaralarga erishildi.