Encyclopædia Britannica — versiyalar orasidagi farq

k
xulosa tahrirlanmadi
k
k
„Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768- va 1771-yillar orasida [[Edinburg]]da uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obrusi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi.
 
11-nashrga kelib „Birannica“ni„Britannica“ni [[AQSh|Amerika]]da joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng [[Shimoliy Amerika]] bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi.
 
2012-yil martda Encyclopædia Britannica, Inc. ensiklopediyaning bosma nashri toʻxtatilganini eʼlon qildi. Buning oʻrniga endi „Britannica“ning onlayn nusxasi boʻlmish „[[Encyclopædia Britannica Online]]“ga eʼtibor qaratildi. „Britannica“ning oxirgi bosma nashri 2010-yil chiqqan 32 jildli nashridir.<ref name=NYT-stop>{{cite news |last=Bosman |first=Julie |title=After 244 Years, Encyclopædia Britannica Stops the Presses |url=http://mediadecoder.blogs.nytimes.com/2012/03/13/after-244-years-encyclopaedia-britannica-stops-the-presses |date=13 March 2012 |work=The New York Times|author=Julie Bosman|accessdate=13 March 2012 }}</ref>