World Book Encyclopedia — versiyalar orasidagi farq

k
1961-yil „Dunyo kitobi“ning koʻzi ojizlar uchun [[Braille shrifti]]dagi nashri chiqarilgan. Bu nashr 145 jildli va 40 000 ga yaqin sahifali boʻlgan. Kompaniya bu nashrni tayyorlashda ketgan xarajatlarni qoplay olmasligini bilsa ham xayriya sifatida chiqaravergan. Bu nashrning barcha toʻplamlari koʻr odamlar tashkilotlariga hadya qilingan. 1964-yil kompaniya ensiklopediyaning katta harflar bilan yozilgan nashrini ham chop etgan.<ref>{{cite book |author=Stockwell, Foster |title=A History of Information Storage and Retrieval (Ma’lumot saqlash va olish tarixi)|year=2001 |page=137}}</ref>
 
Ensiklopediyaning [[Macintosh]] va [[Windows]] komputerlari uchun boʻlgan elektron nusxasi 1990-yil chiqqan. Ammo oʻsha paytda mavjud boʻlgan ikkinchi CD-ROM ensiklopediya boʻlmish „Akademik Amerika ensiklopediyasi“ ({{lang-en|„Academic American Encyclopedia“}}) kabi muvaffaqiyatga erishmagan.
 
1992-yil Shimoliy Amerikadan tashqarida yashovchi ingliz tilida soʻzlashuvchilarga moʻljallangan xalqaro nashr ham chiqarilgan.