Andoza:Tanlangan maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[FileTasvir:QorabuloqEB1 teleminorasititlepage.JPGgif|nothumb|120px|right|Qorabuloq„Encyclopædia teleminorasiBritannica“ birinchi nashrining bosh sahifasi]]
„'''Encyclopædia Britannica'''“ — [[ingliz tili|inglizcha]] universal [[ensiklopediya]]. Encyclopædia Britannica, Inc. kompaniyasiga qarashlidir. Ensiklopediyani 100 ga yaqin muharrir yozadi va muntazam yangilab turadi. Bundan tashqari, 4 000 dan oshiq odam hissa qoʻshib turadi. Bular orasida 110 [[Nobel mukofoti]] sovrindori va besh [[AQSh prezidenti]] bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi. „Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768- va 1771-yillar orasida [[Edinburg]]da uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obrusi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi. 11-nashrga kelib „Britannica“ni [[AQSh|Amerika]]da joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng [[Shimoliy Amerika]] bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi. ('''[[Encyclopædia Britannica|Davomi...]]''')<noinclude>
'''[[Qorabuloq (Janubiy Qozogʻiston viloyati)|Qorabuloq qishlogʻi]]''' ({{lang-kz|Қарабұлақ}}) — [[Janubiy Qozogʻiston viloyati]] [[Sayram tumani]]ning eng katta qishloqlaridan biri. Aholisi soni 45 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni — 11 134 ga. Viloyat markazi sanalmish [[Chimkent]] shahridan 45 km uzoqlikda va tuman markazi [[Oqsuvkent]] qishlogʻidan 18 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqda 11 [[maktab]], 1 kollej va 3 [[bozor]] bor. Shuningdek Qorabuloqning oʻzida 19 masjid, 2 kasalxona, 2 shifoxona, bolalar bogʻchasi, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat uyi hamda [[Sayram tumani]]dagi eng katta va nufuzli 10 ming kishilik jome masjidi bor. Aholisining 99 % dan ortiq qismini [[oʻzbeklar]] tashkil qiladi. Qadimda Qorabuloq hududi deganda [[Sharq]]dan [[Mashat oʻzani]], [[Gʻarb]]dan Oqtan-oga-Oqsuv, [[Shimol]]dan Tuyatosh oʻzanidan to [[Janub]]dagi Isfijob ([[Sayram]]) yaqinidagi Tassay oʻzanigacha oraliqdagi yerlar tushunilgan. Qorabuloq — Isfijobning shimoli-sharqidagi eng katta kent. Katta [[Buyuk Ipak yoʻli]]dagi gavjum, mashhur hududda boʻlgan. ('''[[Qorabuloq (Janubiy Qozogʻiston viloyati)|Davomi...]]''')<noinclude>
:[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]
[[Turkum:Vikipediya:Tanlangan maqolalar]]</noinclude>