Andoza:Tanlangan maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:EB1 titlepage.gif|nothumb|120px|right|„Encyclopædia Britannica“ birinchi nashrining bosh sahifasi]]
„'''Encyclopædia Britannica'''“ — [[ingliz tili|inglizcha]] universal [[ensiklopediya]]. Encyclopædia Britannica, Inc. kompaniyasiga qarashlidir. Ensiklopediyani 100 ga yaqin muharrir yozadi va muntazam yangilab turadi. Bundan tashqari, 4 000 dan oshiq odam hissa qoʻshib turadi. Bular orasida 110 [[Nobel mukofoti]] sovrindori va besh [[AQSh prezidenti]] bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi. „Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768- va 1771-yillar orasida [[Edinburg]]daEdinburgda uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obrusi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi. 11-nashrga kelib „Britannica“ni [[AQSh|Amerika]]da joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng [[Shimoliy Amerika]] bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi. ('''[[Encyclopædia Britannica|Davomi...]]''')<noinclude>
:[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]
[[Turkum:Vikipediya:Tanlangan maqolalar]]</noinclude>