Arslon, jodugar va javon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Imlo
→‎Personajlar: etgan -aytgan
Qator 59:
* '''[[Susan Pevensie]]''' (''Syuzen Pevensi'') — Pevensie bolalari orasida ikkinchi farzand. U ham Narniya mavjudligiga oʻzi koʻrib ishonch hosil qilmagunicha ishonmaydi. U Qirolicha Susan etib saylanadi va Sahovatli Qirolicha Susan nomi bilan taniladi.
* '''[[Edmund Pevensie]]''' (''Edmund Pevensi'') — Pevensie bolalari orasida uchinchi farzand. U Narniyaga tushib qolganida Oq Jodugarni uchratadi, Jodugar unga sehrlangan „Turk shirinliklari“ni beradi. Oq Jodugar vaʼda qilgan kuch va tuganmas „Turk shirinliklari“ga ishongan Edmund aka-opalariga sotqinlik qiladi, ammo oxir-oqibat oʻz harakatlaridan afsuslanib tavba keltiradi. Aslan va Narniya xalqiga Oq Jodugar ustidan gʻalaba qozonishda yordam berganidan soʻng u akasi bilan bir qatorda Narniya Qiroli etib saylanadi va Odil Qirol Edmund nomi bilan taniladi.
* '''[[Lucy Pevensie]]''' (''Lyusi Pevensi'') — Pevensie bolalari ichida eng kichigi. U Professor Kirkega tegishli kiyim javoni orqasida Narniya mamlakatiga duch keladi. Bu haqda aka-opalariga etganaytgan mahal, ular Lucyga ishonishmaydi, ayniqsa Edmund — uni ayovsiz masxara qiladi. Narniya tiklanganidan soʻng Lucy opasi bilan bir qatorda Narniya Qirolichasi etib saylanadi va Dovyurak Qirolicha Lucy nomi bilan taniladi.
* '''[[Mr. Tumnus]]''' (''Janob Tumnus'') — favn, Lucy Narniyada uchratgan eng birinchi shaxs. Tumnus uni Jodugardan yashiradi. Bu unga muammolar keltiradi, oqibatda u hibsga olinib, toshga aylantiriladi. Keyinchalik u Aslan tarafidan hayotga qaytariladi va Pevensielarning yaqin doʻsti boʻlib qoladi.
* '''[[Oq Jodugar|Malika Jadis, Oq Jodugar]]''' — Narniyaning oʻzboshimcha saylanib olgan qirolichasi. Oʻta qattiqqoʻllik bilan boshqarib, u Narniyada abadiy qishni oʻrnatadi va hech qachon Rojdestvo kelmaydigan qilib qoʻyadi. U Narniyaga sotqinlik qilgan istalgan kishini oʻldirish huquqiga ega, va bu tez-tez sodir boʻlib turgan. Uning sehrli tayoqchasi odam va hayvonlarni toshga aylatira oladi. Oq Jodugarni yagona qoʻrqinchi bu: „Odam Atoning ikki ogʻli va Momo Havvoning ikki qizi Narniyaga keladi va Aslan bilan ittifoqlashib Oq Jodugarni agʻdaradilar“, — deb aytilgan bashorat edi. (Oq Jodugar dastlab ''[[Jodugar jiyani]]'' kitobida paydo boʻladi).