Asteroid: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xqbot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Robot: Modifying tt:Asteroidlar to tt:Астероидлар
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Galileo Gaspra Mosaic.jpg|250px|thumb|right|951 Gaspra asteriodi]]
'''Asteroidlar''' ([[yunon tili|yunon.]] ''aster'' - — yulduz va ''eidos'' — - ko'rinishkoʻrinish) - — kichik [[sayyora]]lar; [[Quyosh]] atrofida elliptik orbitalar bo'ylabboʻylab harakatlanuvchi va ko'pchiligikoʻpchiligi [[Mars]] va [[Yupiter]] orbitalari oralig'idaoraligʻida joylashgan kichik jismlar.
Titsius — Vode qonuniga kura. [[Mars]] va [[Yupiter]] orbitalari oraligida Quyoshdan 2,8 a.b. uzoklikda qandaydir sayyoralar boʻlishi kerakligi haqidagi faraz 18-asr oxirlarida aytilgan edi. Birinchi asteroid sayyorani yulduzlar jadvalini tuzish bilan shugʻullanayotgan italiyalik astronom J. Piatssi tasodifan [[1801-yil]] 1-yanvar kuni topdi. Unga Serera deb nom berildi. K. Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usulini ishlab chikdi. Hisoblashlarga koʻra, Serera [[Quyosh]]dan oʻrta hisobda 2,8 a.b. (1 a.b.=149,6 mln. km) uzokda turib, uning atrofida aylanar ekan. Ammo [[1802-yil]] 28-martda nemis astronomi G. Olbers topgan yangi sayyoraning ham Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,8 a.b.ga tengligi astronomlarni hayratda qoldirdi. Ikkinchi kichik sayyoraga Pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita Asteroidlar — Yunona va Vesta 1804—07 yillarda topildi. [[1847-yil]]dan boshlab har yili bir nechtadan Asteroidlarlar topilib turdi. [[1891-yil]]da M. Volf Asteroidlarni ochish uchun fotografik usulni qoʻllagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300—400 talab, masalan, [[1931-yil]]da 400 tacha nomaʼlum kichik sayyora roʻyxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmokda. Yangi ochilgan Asteroidlarga dastlab vaqtinchalik belgi (topilgan yili, oyi va tartibini bildiruvchi ikki harf), keyinchalik, yetarli darajada oʻrganilgandan soʻng yangi raqami va nom beriladi. Asteroidlarni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Soat mexanizmi bilan jihozlangan teleskop yordamida osmonning biror qismi fotosurati olinsa, unda yulduzlar yumaloq shaklda, ularga nisbatan harakatda boʻlgan Asteroidlar yoki kometa esa biror chiziq shaklida chiqadi. Asteroidlarning koʻpchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz koʻrib boʻlmaydi. Shu vaqtga qadar barcha Asteroidlarning 4—5 foizdan kamrogʻi topilgan. Ularning koʻpchiligi Yerga engyaqin kelganda 12— 14 yulduz kattaligida boʻladi. Asteroidlarning koʻrinma harakati, asosan, katta sayyoralar harakatiga oʻxshash; gʻarbdan-sharqqa yurib, osmon sferasida sirtmoqsimon chiziq chizadi. [[1997-yil]]gacha 6200 dan ortiq Asteroidlar orbitasining elementlari hisoblangan. Orbita elementlarining oʻzaro bogʻlanishi va Asteroidlar soni boʻyicha taqsimlanishini tekshirib, Asteroidlar halqasi topildi. Hozirgacha topilgan Asteroidlarning 97 % Quyoshdan oʻrta hisobda 2,2—3,6 a.b. uzoklikda joylashgan. Asteroidlarning Quyosh atrofida aylanish davri 3—7 yil. Orbitasining katta yarim oʻqi boʻyicha Quyoshga eng yaqin Asteroidlar Ikardir (№ 1566, a-1,08 a.b., T-409 kun). Eng uzogʻi 1992 yilda kashf qilingan 1992 AD sayyora boʻlib, uning perigeliysi 8,6 a.b., afeliysi 33,5 a.b. Quyosh atrofini 90 yilda aylanib chiqadi. Tekshirishlar Asteroidlarning Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida konsentrik halqalar shaklida quyuqlashib joylashganini koʻrsatdi. Asteroidlar zichligi yer zichligi bilan bir xil deb olinsa, Asteroidlarning umumiy massasi yer masalansasiga teng boʻladi. Eng katta aste 1 6000 yer roida — Sereraning massasi massasiga barobar. Kichik sayyoralarning paydo boʻlish masalasi astronomiyaning toʻla hal qilinmagan sohalaridan biridir. Baʼzi farazlarga koʻra, Asteroidlar bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki sayyoralar toʻqnashganda maydalanishidan hosil boʻlgan. Boshqa farazga koʻra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik Asteroidlar hozir ham paydo boʻlib turadi.
 
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida Asteroidlarni kuzatish ishlari [[1900-yil]]dan boshlab olib borilmoqda. 2-jahon urushi davrida Kitob xalqaro kenglik styasida ishlagan G. N. Neuymin oʻzi ochgan yuzdan ortiq kichik sayyoraning biriga „[[Oʻzbekistoniya]]“ deb nom berdi. [[1930-yil]] taklif qilingan „Xira yulduzlar jadvali“ muammosi munosabati bilan tuzilgan xalqaro dasturga muvofiq Astronomiya institutida maxsus tanlangan 20 ta eng ravshan Asteroidlar harakatlari [[1980-yil]]ga qadar tekshirilib, osmonda inersial koordinatalar sistemasini tuzish muammosiga salmoqli hissa qoʻshildi. Bu 20-asrda [[Astrometriya | astrometriya]] va osmon mexanikasi sohalarida olingan gʻoyat muhim ilmiy natija hisoblanadi.
{{astro-stub}}
 
Bundan tashqari oʻzbek astronomlari keyingi 30—40 yil davomida Asteroidlarga oid barcha xalqaro dasturlarda faol qatnashib kelmoqdalar.
 
Mars va Yupiter oraligida hozir Beruniy, Ulugʻbek va b. nomlar bilan ataluvchi Asteroidlar parvoz qilib yuribdi.
 
[[Turkum:Astronomiya]]