Astrometriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:US Naval Observatory (Washington, District of Columbia).jpg|300px|thumb|Voshingtondagi dengiz observatoriyasining binosi, AQSH (''{{lang-en|US Naval Observatory}}'', yoki ''USNO'')]]
'''Astrometriya''' (astro… va yunoncha metreo— oʻlchayman) — astronomiya boʻlimlaridan biri. Osmon jismlari vaziyatlarini va oʻziga xos xususiy harakatlarini aniqlash, ular oraligʻidagi burchakni oʻlchash va Yer yuzidagi joylarning geografik koordinatalarini hamda azimutii belgilash, vaqtni oʻlchash, osmon jismlari diametrlarini va ular sirtidagi detallarning oʻzaro uzoqligini aniqlash kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Asosiy boʻlimlari: fundamental Astrometriya, fotografik va meridian Astrometriya, sferik astronomiya, vaqt va geografik kenglik xiz-matixizmati. Astrometriyaning hamma sohalarida olib boriladigan kuzatish ishlari astronomik asboblar yordamida bajariladi; shuning uchun astronomik asboblarga tegishli xatolarni oʻrganish va ularning qiymatini topish Astrometriya bilan bogʻliq muhim masalalardan biri hisoblanadi. Fundamental Astrometriyaning asosiy vazifasi — osmon yoritqichlarining koordinatlarini, muhim astronomik doimiylikni aniqlash, yulduz kataloglarini tuzish. Osmon yoritqichlarining koordinatlari odatda meridian doira yoki passaj hamda vertikal doira deb ataladigan maxsus kuzatish asboblari yordamida aniqlanadi. Bunday kuzatishlar har bir yoritqichningmeridiandan oʻtish vaqtida olib boriladi.
 
Yoritqichlarning koordinatlarini aniqlashda ikki xil yoʻl tutish mumkin: 1) mutlaq usul; bunda yoritqichlar koordinatlaridan tortib hamma zarur maʼlumotlar yangidan, hech qanday eski kuzatishlarga asoslanmasdan topiladi; 2) nisbiy yoki differensial usulda esa yoritqichlarning koordinatlari oldingi vaziyatlari yaxshi maʼlum boʻlgan bir qator yulduzlarga nisbatan kuzatiladi. Shunday yoʻl bilan aniqlangan koordinatlar yulduz kataloglarida beriladi. Astronomiyaning juda koʻp masalalarini hal etishda yulduzlarning aniq koordinatlaridan tashqari yana ularning oʻziga xos xususiy harakatlari ham maʼlum boʻlishi kerak. Shuning uchun Astrometriyaning yana bir muhim vazifasi bir qancha yulduzlarning osmon sferasida deyarli vaqt oʻzgarmay qoladigan koordinata tizimida aniqlangan vaziyatlari va xususiy harakatlari berilgan fundamental katalog tuzishdan iborat. Yulduzlarning xususiy harakatlarini aniqlashda fundamental kataloglar muhim oʻrin tutadi. Astrometriyadagi eng ogʻir masalalardan biri xatolik hisoblanadi. Eng yaxshi fundamental kataloglarda keltiriladigan yulduz koordinatlarining aniqligi ±0,1".