Oʻzgaruvchi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Turkum
kTahrir izohi yoʻq
Qator 9:
 
== Ifodalash ==
Matamatikada oʻzgaruvchilar bir belgi bilan belgilanadi. 17-asrda yashagan [[Fransiya|farang]] [[falsafa|faylasufi]] [[Rene Dekart]]dan oʻrnak olib [[alifbo]] boshidagi harflar konstantalarni, alifbo oxiridagi harflar boʻlsa oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Masalan, ''a'', ''b'', ''c'' harflari odatda konstantalarni, ''x'', ''y'', ''z'' va ''t'' harflari oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Yozuvda konstantalar va oʻzgaruvchilar kursiv bilan yoziladi.<ref>William L. Hosch (editor), ''The Britannica Guide to Algebra and Trigonometry'', Britannica Educational Publishing, The Rosen Publishing Group, 2010, ISBN 1615302190, 9781615302192, [http://books.google.co.uk/books?id=ad0P0elU1_0C&lpg=PA71&dq=elementary%20algebra%20letters%20alphabet%20constants%20variables&pg=PA71#v=onepage&q=letters&f=false page 71]</ref>
 
Matematikaning turli sohalarida oʻzgaruvchilarni nomlash uchun kelishilgan qonun-qoidalar mavjud. Oʻxshash rolli yoki maʼnoli oʻzgaruvchilar odatda ketma-ket kelgan harflar bilan ifodalanadi. Masalan, uch oʻlchamli [[koordinatalar sistemasi]]dagi uch oʻq ''x'', ''y'' va ''z'' harflari bilan belgilanadi. [[Statistika]]da [[tasodifiy oʻzgaruvchi]]lar boʻlsa ''X'', ''Y'', ''Z'' kabi ifodalanadi. [[Fizika]]da oʻzgaruchilar nomi ular bildirgan fizik kattalikka bogʻliq.
Qator 74:
 
== Matematikada oʻzgaruvchilar ==
Matematikada oʻzgaruvchi oʻzi olishi mumkin boʻlgan qiymatlar bilan ifodalanuvchi miqdordir.<ref> VВ. AА. IlinИльин, VВ. AА. SadovnichiyСадовничий, BlБл. XХ. SendovСендов. GlavaГлава 3. TeoriyaТеория predelovпределов // MatematicheskiyМатематический analizанализ / PodПод redред. AА. NН. TixonovaТихонова. — 3-eе izdизд., pererabперераб. iи dopдоп. — MМ.: ProspektПроспект, 2006. — TТ. 1. — SС. 105—121. — 672 sс. — ISBN 5-482-00445-7 </ref> Oʻzgaruvchi oʻz kontekstidan alohida oʻrganilayotgan haqiqiy bir fizik kattalikni yoki biron bir abstrakt kattalikni ifodalashi mumkin. Matematik analizda va matematikaning boshqa boʻlimlarida „oʻzgaruvchi“ sifatida [[haqiqiy son]]larni qiymat qilib oladigan miqdor tushuniladi.
 
Oʻzgaruvchi olishi mumkin boʻlgan qiymatlar toʻplami shu oʻzgaruvchining ''oʻzgarish sohasi'' deyiladi. Shu qiymatlar toʻdasi aslida oʻzgaruvchining oʻzidir.