Afgʻoniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xqbot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Robot: Modifying ku:Afxanistan to ku:Efxanistan
Tahrir izohi yoʻq
Qator 32:
| maydon_o`rin = 41
| maydon_suv = 4.9
| aholi = 32,390,000<ref name=unpop>{{cite paper | url=http://www.un.org/esa/population/publications/wpp2008/wpp2008_text_tables.pdf | title=World Population Prospects, Table A.1| version=2008 revision | format=.PDF | publisher=United Nations | author=Department of Economic and Social Affairs
| aholi = 29,835,392
Population Division | date=2009 | accessdate= }}</ref>
| aholi_ro`yxat_yil = 2011
| aholi_o`rin = 4239
| aholi_zichlik = 43.5/km<sup>2</sup>
| aholi_zichlik_o`rin = 150
Qator 55 ⟶ 56:
}}
 
'''Afgʻoniston''' — Afgʻoniston Islom Davlati — jan.-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga binoan Oʻrta Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km<sub>2</sub>. Aholisi 25 mln. 782 ming kishi (2000). Poytaxti — [[Qobul | Qobul shahri]] Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 31 viloyatga boʻlinadi. [[Eron]], [[Pokiston]], [[Xitoy]], [[Tojikiston]], [[Turkmaniston]], [[Oʻzbekiston]] bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km.
'''Afgʻoniston''' ([[Fors tili|Forscha]]/[[Pashtun tili|Pashtuncha]]:افغانستان,Afġānistān), rasman Afgʻoniston [[Islom Respublikalari|Islom Respublikasi]], [[Osiyo]]ning oʻrtasida joylashgan [[Atrofi quruqlik bilan oʻralgan davlatlar|atrofi quruqlik bilan oʻralgan davlat]], [[Markaziy Osiyo]], [[Janubiy Osiyo]] va [[Katta Yaqin Sharq]] mintaqalarining qismida joylashgan, shuningdek, [[Gʻarbiy Osiyo]]ning keng qismida joylashgan, deb ham hisoblashadi. Aholisi qariyb 29 million, maydoni 647,500 km<sup>2</sup>, dunyoda aholisining soni boʻyicha [[Davlatlar aholisi|42-oʻrinda]], hududining kattaligi boʻyicha [[Davlatlar statistikasi - Maydon|41-oʻrinda]]. Afgʻoniston janub va sharq tomondan [[Pokiston]] bilan, gʻarbda [[Eron]] bilan, shimolda [[Turkmaniston]], [[Oʻzbekiston]] va [[Tojikiston]] bilan, va uzoq shimoliy-sharqda [[Xitoy]] bilan chegaradosh davlat.
 
== TarixTabiati ==
Afgʻoniston [[insoniyat koʻchishi]] va [[Buyuk Ipak yoʻli]]da eng asosiy geografik markaz boʻlib kelmoqda. [[Arxeologiya|Arxeologlar]] [[Oʻrta Poleolit|miloddan avvalgi 50,000]] yil oldin bu hududda insonlar yashaganligini dalillab berganlar. Bu yerda shahar [[Svilizatsiya|svilizatsiyasi]] miloddan avvalgi [[Eramizdan oldingi 3-ming yillik|3,000]] va 2,000-yillarda boshlangan boʻlishi mumkin. Afgʻoniston [[Geostrategiya|geostrategik]] hududda joylashgan, [[Yaqin Sharq]]ni Markaziy Osiyo va [[Hind subkontinenti]]ni bogʻlaydi, bu zamin koʻp millatlarning uyi, mislsiz janglarning, urushlarning guvohi boʻlib kelgan, hususan [[Aleksandr Makedonskiy]], [[Chingizxon]] va bugungi kunda Gʻarb davlatlarining hududdagi urushlari misol. Shuningdek, bu yer [[Yunon-Baqtriya Imperiyasi|Yunon-Baqtriyaliklar]], [[Kushon Davlati|Kushonliklar]], [[Gʻaznaviylar Saltanati|Gʻaznaviylar]], [[Goʻriylar Saltanati|Goʻriylar]] [[Temuriylar]], [[Moʻgʻullar]] va boshqa ulkan imperiyalarning bu darajaga yetishiga katta hizmat qilib kelgan.
Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shim.-gʻarbida Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, shim.-sharqida Hindikush togʻi tizmalari asosan kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va Gʻazni-Qandahor yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarb. va jan. tomonlardan boshqa togʻliklarning tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va b.). Mam-lakat hududining jan. va jan.-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh va gilli Dashti Morgʻo choʻllari joylashgan. Botiqlarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va b.). Afgʻonistonning jan.-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy tizmalari choʻzilgan. Afgʻonistonda foydali kazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda toshkoʻmir (Ish pushta, Kar kar, Darayi-Soʻf, Karux va b.konlar), tabiiy gaz (Xoʻja gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech, Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi (Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan. Afgʻoniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 32ye —35°, togʻlarda 10ye — 14ye), kishi iliq, togʻlarda sovuq (yanvar ning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8° gacha; —30ye sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0° dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin miqdori shim. hududlarda 170 — 280 mm, choʻl hududlarida 40 — 50 mm, togʻ yon bagʻirlarida 800 mm gacha boradi. Yirik daryolari — [[Amudaryo]] va uning irmogʻi — Panj hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va b. Qobul daryosi Hind okeani havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugʻorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq hamda sur-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shim.-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli (2000—2400 m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 — 3400 m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan [[Boʻri|boʻri]], [[Sirtlon|sirtlon]], [[Tulki|tulki]], [[Qoplon|qoplon]], [[Ayiq|ayiq]], [[Jayron|jayron]] va boshqalar uchraydi.
<gallery perrow="4" widths="150" caption="Galeriya">
File:Mountains in Afghanistan.JPG|Togʻli peyzaj
File:Landscape in Afghanistan.JPG|Afgʻanoston landshafti
File:Northwestern Afghanistan.jpg|Afgʻanoston shimoli-gʻarbi
File:Eastern Afghanistan.jpg|Afgʻanostonning sharqiy qismi
</gallery>
 
== Aholisi ==
Zamonaviy Afgʻonistonning [[Siyosiy tarix|siyosiy tarixi]] 1709-yilda boshlangan, unda 1747-yilda taxtga kelgan [[Ahmad Shoh Durroniy]] boshchiligida [[Qandahor]]da [[Hotakilar sulolasi]]ga qarshi qoʻzgʻalon koʻtarilgan. XIX asrning oxirlarida, [[Rus imperiyasi|Rus]] va [[Britaniya Hindistoni|Britaniya]] imperiyasi oʻrtasidagi „[[Katta oʻyin]]da“ Afgʻoniston [[bufer davlat]] roʻlini oʻynagan. 1919-yilgi [[Afgʻonistonda Yevropaning taʼsiri|Uchinchi Ingliz Afgʻon urushi]] va [[Ravalpindi shartnomasi]] imzolangandan keyin, [[Omonulloh Xon|Qirol Omonulloh]] davlat modernizatsiyasini boshlagan. 1947-yildagi [[Hindistonning parchalanishi|Britaniyaning qoʻshni Hindistondan chekinishidan]] keyin, [[Sovuq urush]] paytida, Qoʻshma Shtatlar va Sobiq Ittifoq Afgʻonistonda oʻz taʼsirini oʻtkaza boshladi. 1979 va 1989-yillar oʻrtasida, AQSH qoʻllab quvvatlagan [[Mujohid|mujohidlar]] va Sovet hukumati qoʻllab quvvatlagan hukumat kuchlari oʻrtasida mamlakatda juda katta [[Afgʻonistondagi Sovet urushi|urush]] boʻlgan, bunda milliondan ortiq Afgʻonlar, asosan, yerga koʻmilgan [[Mina|minalar]] tufayli halok boʻlganlar. Bu 1990-yillardagi [[Afgʻon fuqorolar urushi]] bilan yakun topdi, 2001-yildan to bugungi kungacha [[Ekstremizm|ekstremistik]] [[Afgʻoniston Islom Amirligi|Tolibonlar hukumati]] oʻrtasida urushiga aylanib ketdi. Afgʻonistonda tinchlikni oʻrnatish va [[Karzay Karzay hukumati|Karzay maʼmuriyatiga]] yordam berish maqsadida, 2001-yili dekabrda [[Birlashgan Millatlar Tashkiloti Havfsizlik Kengashi]], [[Xalqaro Havfsizlik Kuchlari Yordami]] (XHKY) tuzilishiga vakolat berdi.
[[File:Ethnolinguistic Groups in Afghanistan.png|left|330px|Etnoslar provinsiyasi]]
Shimoliy Afgʻonistonda ba'zibaʼzi viloyatlarda oʻzbeklar keng tarqalgan boʻlib ular hozirgacha oʻzbek tilida gaplashishadi.
Bunday shahar va viloyatlarga misol:
* [[Samangan]],
* [[Shibirgʻon]],
* [[Mozori-Sharif]]
Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq xalq yashaydi. Aholining deyarli yarmi afgʻon (pushtun) lar (8 mln.dan ortiq kishi). [[Tojiklar]] (4,5 mln.), [[oʻzbeklar]] (3 mln.ga yaqin), xazoralar (1,5 mln.dan ortiq), turkmanlar, qirgʻizlar, choraymoqlar, balujlar ham bor. Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor, Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam joylashgan. Mozori Sharif, Shibirgʻon, Maymana, Oybak, Toluqon, Qunduz va Toshqoʻrgʻon shahrilarida aholining koʻpchiligini tashkil etadi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 da salkam 30 kishi. Davlat tili pushtu va dariyil Aholining 85 % islom dinining sunniylik va 15 % shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholiningʻ 18 % shaharlarda yashaydi.
Yirik shaharlari: [[Qobul]], [[Mozori Sharif]], [[Qandahor]], [[Hirot]], [[Jalolobod]], [[Qunduz]], [[Bag`lon]]<ref name="БСЭ">http://www.big-soviet.ru/33/7608/%D0%90%D1%84%D0%B3%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%BD Большая Советская Энциклопедия — Афганистан</ref>.
 
== Tarixi ==
Oʻn yillik urush Afgʻonistonni dunyoning eng havfli davlatiga aylantirdi, juda koʻplab xalq boshpana va tinchlik izlab davlatdan chiqib ketdilar.
[[File:Evstafiev-40th army HQ-Amin-palace-Kabul.jpg|thumb|300px]]
[[File:Evstafiev-afghan-apc-passes-russian.jpg|thumb|300px]]
Hozirgi Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 1-mingʻ yillikda bir qancha mayda davlatlar boʻlgan. Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida [[Axomaniylar]], [[Salavkiylar]], [[Arab xalifaligi]], [[G`aznaviylar]], [[Mo`g`ullar]], [[Temuriylar]], [[Boburiylar]], [[Safaviylar]] hukmronligi ostida boʻlgan. [[1747-yil]]da [[Ahmadshoh Durroniy]] [[Xuroson]], [[Seiston]], [[Sind]], [[Balujiston]], [[Panjob]], [[Kashmir]] va [[Balxni]], shuningdek [[Amudaryo]]ning soʻl sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil Afgʻoniston davlatiga asos soldi. Lekin u [[1818-yil]]da bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga boʻlinib ketdi. [[1825-yil]]da Kobul hokimi Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun davlat qilib birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari toʻsqinlik qildi (1838 — 42, 1878 — 80 yillardagi urushlar). [[Angliya]] Afgʻonistonni oʻz mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin 1879 yilda tashqi siyosat uning nazorati ostiga oʻtdi. 19- a. oxiri — 20 — asr boshlarida Afgʻonistonda markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi. [[1 - Jahon urushi]]da Afgʻoniston oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afgʻoniston amiri Omonulloxonga 1919-yil 28-fev. da Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qilishga imkon berdi. 1919 — 28 yillarda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923 yilda Afgʻonistonning birinchi konstitutsiyasi eʼlon qilindi. 1929-yilda Angliya tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Hokimiyatni muxolifat kuchlari rahbarlaridan biri, Bachai Saqo (amir Habibullo nomi bilan) egalladi va u barcha islohotlarni bekor qildi. Lekin shu yilning oʻzida Bachai Saqo hokimiyati agʻdarib tashlandi. Taxtga oʻtirgan Nodirshoh hukumati mamlakatni jadal rivojlantirish yoʻlini davom ettirdi. [[1933-yil]] taxtga uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh oʻtirdi. [[2 - Jahon urushi]] davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi (1947, 1950 — 51 yillardagi chiqishlar, 1965 — 66 yil Kobul shahridagi namoyishlar). [[1973-yil]] 17-iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda [[1978-yil]]ning 27-aprelda yana davlat toʻntarishi amalga oshirildi. Hokimiyatga Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, [[1987-yil]]dan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U [[1979-yil]] 27-dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 1986-yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. [[1978-yil]] aprel toʻntarishidan keyin Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining [[1979-yil]] 25-dekabrda. Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989-y, fevralda sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. [[1992-yil]] aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. „[[Tolibon]]“ harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. Bu harakatning harbiy kuchlari 1994-yil kuzida dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. [[1996-yil]] 27-sentabrda ular Kobulni ishgʻol qilib, prezident B. Rabboniy va G. Hikmatyor hukumati agʻdarib tashlanganini, mamlakatda shariat qonun-qoidalariga asoslangan „chin islom boshqaruvi“ joriy etilganini bildirdi. B. Rabboniy bilan Hikmatyor hukumati Mozori Sharifga borib oʻrnashdi. 1996-yil 27-sentabr kuni Afgʻonistonning sobiq prezidenta M. Najibullo sud qilinmay qatl etildi. [[1996-yil]] 10-okt.da mamlakat shim. da toliblarga qarshi koalitsiya tuzildi. Xinjon shahrida harbiy rahbarlar — Afgʻoniston R. Doʻstum, Afgʻoniston Sh. Mas`ud, Afgʻoniston K. Xaliliy harbiy ittifoq haqida bitam imzoladilar va Oliy mudofaa kengashi (OMK) tuzdilar. OMK shim.dagi 9 viloyatning oʻziga xos hukumati boʻlib, uning qarorgohi Mozori Sharif edi. Bu hukumat avvalgi barcha davlat tuzilmalari ishlay berishini, chet ellardagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalari Afgʻoniston manfaatlarini himoya qilishini maʼlum qildi. 1997 yil iyunida OMK tarqatilib, uning oʻrniga Afgʻoniston Birlashgan islom najot fronti tuzildi. Front toliblar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi. [[1997-yil]] okt.da „Tolibon“ harakati mamlakatning nomi Afgʻoniston amirligi deb oʻzgartirilganini rasmiy eʼlon qildi. 1999-yil oxirida toliblar mamlakat hududining 80 % dan ortigʻini nazorat qilar edi. Toliblar maʼmuriyatini 3 davlat: [[Pokiston]], [[Saudiya Arabiston]]i va [[Birlashgan Arab Amirligi | Birlashgan Arab Amirlik]]lari tan olgan. Jahon hamjamiyati prezident B. Rabboniy boshchiligidagi Afgʻoniston hokimiyatini hamon birdan-bir qonuniy hukumat deb tan oladi. [[BMT]] da ham B. Rabboniy hukumatidan vakil qatnashadi. Iqtisodiy raqobatchilik va etnik kelishmovchilik kabi omillar ham Afgʻonistondagi har xil jamoa va qabilalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirdi. Soʻnggi 20 yil ichida boʻlib oʻtgan voqealar Afgʻonistonda kuch bilan hech nimaga erishib boʻlmasligini, faqat oʻzaro kelishuv natijasida tinchlikka erishish va mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni qanoatlantiruvchi hokimiyat oʻrnatish mumkinligini koʻrsatdi<ref name=" Arlacchi">[http://rian.ru/defense_safety/20100607/243451823.html Депутат Европарламента Пино Арлакки (Pino Arlacchi): Сегодня именно Россия и страны ЕС являются главными жертвами героина, поступающего из Афганистана]</ref>.
 
 
Afgʻonistonning yaqin qoʻshnilaridan boʻlmish Oʻzbekiston ana shularni eʼtiborga olib, Afgʻoniston muammosini tinch bartaraf etishga intilib keldi. [[Oʻzbekiston]] Respublikasi prezidenta [[Islom Karimov|I. Karimov]] [[1993-yil]] BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu mamlakatdagi chigal ahvolga jahon jamoatchiligining eʼtiborini qaratdi, [[1995-yil]] 50-sessiyada bu muammoni bartaraf qilish xususidagi takliflarini bayon etdi. 1997-yil Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta Afgʻonistonga chegaradosh 6 mamlakat hamda AQSH va Rossiya ishtirokida muloqot oʻtkazish tashabbusi bilan chikdi. Shu tashabbus amalga oshib, „6+2“ guruhi tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi oʻsha yil 16-okt. da [[Nyu-York]]da boʻldi. Nihoyat, [[1999-yil]] 19-iyulda Toshkentda shu guruhning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Unda [[Eron]], [[Xitoy]], [[Pokiston]], [[Tojikiston]], [[Turkmaniston]], [[O`zbekiston]], shuningdek [[AQSH]] va [[Rossiya]] vakillari qatnashdi, BMT shafelik qildi. Unda Afgʻonistondagi nizolashayotgan tomonlar: „Tolibon“ harakati va Afgʻoniston Birlashgan fronti moʻtabar namoyandalari ishtirok etishi katta voqea boʻldi. Anjuman nihoyasida „Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida“ Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. Deklaratsiya „Tolibon“ bilan Birlashgan front oʻrtasida va ular b-i „6+2“ guruhi aʼzolari oʻrtasida bevosita muloqatni yoʻlga qoʻyishga asos boʻldi. BMT Xavfsizlik Kengashi „6+2“ guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi BMT hujjati maqomini olgan. Afgʻoniston— 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yil oktyabrda oʻrnatilgan.
 
Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari.
Afgʻoniston islom jamiyati (Rahbari — [[Burhoniddin Rabboniy]]);<br />
Afgʻoniston islom partiyasi (Rahbari — [[Gulbiddin Hikmatyor]]);<br />
„Tolibon“ harakati (Rahbari — [[Mulla Muhammad Umar]]);<br />
Afgʻoniston Milliy islom harakati (Rahbari — [[Abdul Rashid Do`stum]]);<br />
Afgʻoniston milliy najot jabhasi (Rahbari — [[Sibg`atulloh Mujaddadiy]]);<br />
Afgʻoniston ozodlik islom harakati (Rahbari — [[Abdu Rasul Sayyof]]);<br />
Afgʻoniston milliy islom jabhasi (Rahbari — [[Sayid Ahmad Giyloniy]]);<br />
Afgʻoniston islom birligi partiyasi (Rahbari — [[Muhammad Haliliy]]). <br /> Ammo hozirgi kunda zikr etilgan partayalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib, Afgʻoniston hududida esa „Tolibon“ harakati bilan Shim. Ittifoq qolgan. Shim. Ittifoq tarkibiga „Afgʻoniston islom jamiyati“, „Afgʻoniston islom birligi partiyasi“, „Afgʻoniston ozodlik ittifoqi harakati partiyasi“, „Afgʻoniston milliy islom harakati“ siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar kirgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Afgʻoniston — [[Agrar]] mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp ukladli. Mamlakatning shim. viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sugʻorma dehqonchilik [[Qunduz]], [[Ko`kcha]], [[Balx]], [[Daryoyi-Safed]], [[Murg`ob]] daryolarining vodiylarida rivojlangan boʻlib, u yerlarda bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar viloyatida sholi, joʻxori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlarning asosiy qismi Qobul, Hirot, Argandab hamda shim. va gʻarbiy viloyatlardagi daryo vodiylariga toʻgʻri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda qishloq xoʻjaligiga yaroqli 17 mln. gektar yer boʻlib, uning 8 mln. gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma yerlar 2,5 mln. gektarni tashkil etadi. Gʻallaning yalpi hosili 4 — 5 mln. tonna boʻlib, uning deyarli yarmi bugʻdoy, 1/6 qismi — arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200 ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrin egallaydi. Qoʻylarning 1/4 qismi qorakoʻl qoʻylaridan iborat. Echkichilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik xam mavjud. Sugorma dehqonchilik hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln.ga yaqin kishi koʻchmanchilik bilan turmush kechiradi.
 
Sanoat asosan mahalliy xom ashyoga asoslangan boʻlib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yengil va oziq-ovqat sanoati barpo qilingan. Elektr energiyasi Mozori Sharifdagi quvvati 36 ming kVt li, Kobul, Gulbahor, Qandahor, Hirot va Bagʻlondagi quvvati 2 ming kVt li issiklik elektr stansiyalarda hosil qilinadi. Kobul daryosida GES kaskadi (har biri 100 ming kVt li uchta va 15 ming kVt li bitta) mavjud, jan.da Hilmand daryosida (100 ming kVt gacha boʻlgan), uning irmogʻi Argandabda 15 ming kVt li, Qunduz daryosida 15 ming kVtli „Puli-Xumri“ elektr stansiyalar barpo etilgan. Shim.dagi sanoat (gaz, neft, koʻmir, tosh tuzi va b.) korxonalari 1997 yilning oʻrtalarigacha mahsulot ishlab chiqardi. Kobulda metallsozlik, yogʻochni qayta ishlash, qurilish mate-riallari, ip gazlama, charm poyabzal korxonalari, Mozori Sharifda azot oʻgʻitlari zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Puli-Xumrida sement zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Jalolobod, Balx, Qandahorda jun gazlama fabrikasi, Aqcha-da charm poyabzal korxonasi mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarda joylashgan. Sanoat markazlari — Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot. Afgʻonistonda gilamdoʻzlik yaxshi rivojlangan. Balx, Jauzjon, Faryob, Badxiz, Hirot, Farroh viloyatlirida qoʻlda gilam toʻqiladi. Afgʻoniston chetga hoʻl va quruq mevalar, teri va charm, qorakoʻl, paxta, jun, gilam, moyli urugʻlar, shifobaxsh oʻtlar, tabiiy gaz chiqaradi. Chetdan turli mashina va jihozlar, neft mahsulotlari, shinalar, toʻqimachilik mollari, dori-darmon, tamaki, qand, choy, bugʻdoy, tayyor kiyimlar oladi.
 
T. yil transporta rivojlanmagan (bundan uzunligi 11 km boʻlgan Kushka-Torgundi t. yil istisno). Asosiy transport turi —avtomobil transporta. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 20 ming km boʻlib, uning 3 ming km asfaltlangan. Transport vositasi sifatida ot-eshak hamda tuyalardan keng foydalaniladi. Kobul va Qandahor shaharlarida xalqaro aeroportlar mavjud. Pul birligi — [[Afg`oni]].
 
Maorif, matbuot, tibbiy xizmat va ichki hayotga tegashli boshqa sohalarga soʻnggi yillardagi urush sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu bois hozirgi kunda bu sohalarga oid biron bir maʼlumot mavjud emas.
 
== Adabiyoti ==
[[File:Mazar-e sharif - Steve Evans.jpg|left|330px|Mazori Sharifdagi masjid]]
Afgʻoniston adabiyotining rivojida pushtu va fors-kobuliy tilidagi xalq ogʻzaki ijodining taʼsiri katta. 10 — 15 — asrlar mumtoz adabiyotining namoyandalari Rudakiy, Firdavsiy, Saʼdiy va b. shoirlar ijodiyotini Eron, A, Tojikiston xalqlari oʻzlarining umumiy adabiy merosi deb hisoblaydilar. 15-asrda yashab ijod etgan Boyazid Ansoriy saj (qofiyali nasr) uslubidagi asarlarida diniy-falsafiy, ijtimoiy fikrlarini bayon etdi. Uning izdoshlari, „ravshaniy shoirlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan Davlat Lohoniy, Mulla Arzoniy, Mirzaxon Ansoriylar 17-asrda Afgʻoniston adabiyotida ijtimoiy va demokratik mayllarni targʻib qildilar. 17 — 18-asrlarda Xushholxon Hattak, Abdurahmon Rahmonbobo, Abdulhamid, Abdulqodirxon Hattak, Kozimxon Shaydo, Pirmuhammad Kokar, Ahmadshoh Durroniy kabi zabardast shoirlar yetishib chiqdi va Afgʻoniston adabiyoti rivojida sermahsul davr boshlandi. Afgʻoniston adabiyotaga fors-tojik va oʻzbek adiblaridan Umar Xayyom, Hofiz, Jomiy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil ijodi barakali taʼsir oʻtkazdi. 19- ada afgʻonlarning ingliz bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi Hyp Sohib, Nuriddin, Hamid Kashmiriy kabi yozuvchilar ijodida aks ettirildi. Mahmud Tarziy 20-asr boshlarida taniqli maʼrifatparvar boʻlgan. Oʻsha paytda Solih Muhammad, Gʻulom Muhiddin Afgʻoniy va b. muhim ijtimoiy muammolar xaqida yozdilar. 19- a. oxiri — 20- a. boshlarida Peshovarda nasrchilik rivojlana boshladi. Mavlaviy Axmad afgʻon adabiyotida hikoyanavislikka asos solganlardan biri boʻladi. U pushtu tilida „Odamxon va Durxoniy“ ertagi asosida qissa va „Afgʻon ganjinasi“ hikoyalar toʻplamini yezdi. Ahmadshoh Rizvoniy sheʼr va hikoyalar ijod etdi. Afgʻoniston mustaqillika erishgach (1919), adabiyotda maʼrifatparvarlik mavzui ustun boʻldi, vatanparvarlik ruhidagi asarlar dunyoga keldi. Turli adabiy uslub va yoʻnalishlar bir-biri bilan qoʻshila bordi. 1937 yilda Kobuldagi „Anjumane adabiy“, Qandahordagi „Pushtu“ jamiyatlari birlashuvi natijasida „Pashtu tolina“ (Afgʻon akademiyasi) tashkil topdi. Akademiya olimlari pushtu tilidagi adabiyot va sanʼatni rivojlantirish bilan shugʻullandilar. 2- jahon urushidan keyin tuzilgan „Bedor yoshlar“ tashkiloti aʼzolari matbuotda va adabiy asarlarda jamiyatda jiddiy oʻzgarishlar qilish va mamlakatni ogʻir iqtisodiy ahvoldan qugkarish talablarini ilgari surdilar. Aning mashhur yozuvchilari: Abdurauf Benavo, Gul Pocho Ulfat, Nurmuhammad Taraqqiy, Gʻulom Hasan Sofiy, Qiyomiddin Xodim, Sadikulla Rishgin, Abdulhaq Betob, Xalilulla Xaliliyil
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 4 — 3 ming yillarda barpo etilgan Mundigak manzilgohi qoldiqlari saqlanib qolgan. Yunon-Baqtriya podshohligi davri meʼmorligi va sanʼatida ellinizm taʼsiri seziladi. Baqtra yaqinida, Bomiyon daryosi vodiysida 1 — 8- asrlarga mansub budda ibodatxonalari, ehrom va haykallari saqlanib qolgan. Bomiyon majmuining eng eʼtiborli qismi Buddaning qoyaga ishlangan bahaybat haykalidir. Bu davrda zargarlik, shisha va metalldan badiiy buyumlar yasash ham rivojlandi. Afgʻoniston oʻrta asrlar meʼmorligi va sanʼatida Eron hamda Turkiston meʼmorligi va sanʼati bilan oʻxshashligi koʻp. Gʻaznaviylar davri (977— 1186) dagi mahobatli binolarda ayvonlar, peshtoqlar paydo boʻldi. Istyohkom shaharlar, hashamatli saroylar, masjidlar, makbaralar qurildi. 12-asr meʼmoriy obidalaridan Gʻazna atrofidagi minoralar alohida ahamiyatga ega. Jom yaqinidagi minoraning ulugʻvorligi, mutanosibligi, undagi nafis naqshni meʼmorlik durdonasi desa boʻladi. Temuriylar hukmronligi davrida qurilish ishlari avj oldi. Shaharlar qurish doirasining kengligi, binolarning dabdabali shakllari, ularning bezaqdorligi — bu davr meʼmorligi va sanʼatining asosiy xususiyatidir. Hirotda katta qurilish ishlari olib borildi. Jome masjidi tiklandi, shahar atrofida bogʻlar, saroylar qurildi. Masjid, Madrasa, maqbara, minora va b.dan iborat kurkam Musallo majmuasi tashkil topdi. Balxdagi Xoʻja Abu Nasr Porso maq-barasi (15-asr) mashhur. 11 — 15-asrlarda amaliy-badiiy bezak sanʼati ravnaq toddi. Metall, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, gilam toʻqish keng rivojlandi. Hirot, Qandahorda ishlangan patnis, latan, koʻza, shamdon, qalamdon, qurol-aslaxa, egar-jabduklar kurkam va nafis. Hirotning gilamlari oʻzining koʻp rangli geometrik va oʻsimliksimon naqshlari bilan mashhur. Bu yerda miniatyura sanʼati juda rivojlandi. Shoxrux va uning oʻgʻli Boysungʻur homiyligidagi kutubxonada Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiyning „Xamsa“, Saʼdiyning „Boʻston“ kabi mumtoz asarlarini Turkiston va Erondan keltirilgan xattotlar koʻchirdi, musavvirlar bezadi. Hirot miniatyura maktabi rasmlari koʻrkamligi, nafisligi, rangdorligi va mohirona tuzilgan kompozitsion qurilishi bilan ajralib turadi. Hirotda Mirak Naqqosh (Behzodning ustozi), Behzod kabi mashhur musavvirlar ijod qildilar. 16- asr obidalari orasida Bobur maqbarasi diqqatga sazovor. 18- asr obidalaridan [[Ahmadshoh Durroniy maqbarasi]] mashhur. Milliy sanʼatning rivojlanishida 1921 yilda Kobulda tashkil etilgan tasviriy, amaliy sanʼat va hunar maktabi katta rol oʻynadi. Abdulgʻofur Breshna va uning shogirdlari, Gʻavsiddin, Xayr Muxammad, Vafo va b. ijodida manzara, maxalliy ozodlik kurashi tarixidan olingan voqealar, xalq hayotini koʻrsatuvchi lavhalar katta oʻrin egallaydi. Portretchi rassom [[Humoyun E`timodiy]] ijodida koʻproq oʻrta asr miniatyurachiligi oʻrin olgan. Afgʻon xalqi amaliy sanʼatining anʼanalari xam saqlanib kelmoqda.
 
== Teatri ==
[[Tasvir:Kabul_TV_Hill_view.jpg|thumb|left|Qobul]]
10 — 12-asrlarda Gʻaznaviy shohlar saroyida ommaviy tomoshalar qoʻyish rasm boʻlgan edi. Xalq orasida ayiqboz, maymunboz va qoʻgʻirchokbozlar tomosha koʻrsatib kelishgan. Afgʻoniston mustaqillikka erishgach, xavaskorlik teatr truppalari paydo boʻldi, keyinroq Kobulda Yevropa tipidagi birinchi teatr ochildi. Ichki siyosiy ziddiyat kuchayishi natijasida 20- yillar oxirida teatr yopildi. 1941 yil xalq tomoshalari bosh-qarmasi tashkil etildi. Kuchma truppalar asosida „Poxini nindore“ (40-yillarning oʻrtalarida) va „Di Kobul nindore“ (1947) maydonga keldi. Kobul teatrlari tarixiy mavzuda Afgʻoniston Karimiyning „Vatanga sadoqat“, Y. Koʻhzodaning „Ahmadshoh bobo“, zamonaviy mavzuda Afgʻoniston Breshnaning „Soliqchi“, G. M. Ayyubiyning „Nomaʼlum odat qurbonlari“, Afgʻoniston Benovaning „Maktabdosh doʻstlar“. Afgʻoniston Ixlosning „Akramxon va Laʼlixon“, R. Latifiyning „Kumush shamdonlar“ asarlarini sahnalashtirdi. Afgʻon xalqi orasidan M. Afgʻoniston Ravnaq, Besad, Isir, Mash`al, Habiba, Jayla, Raʼno singari aktyorlar yetishib chiqdi. 1956 yil Qobulda teatr maktabi ochilgan.
'''Afgʻoniston''' (Afgʻoniston Islom Davlati) - [[O`zbekiston]] jabubidagi bir davlat. Poytaxti - [[Kabul]] shahri. [[BMT]] a'zosi.
 
== Musiqasi ==
Shimoliy Afgʻonistonda ba'zi viloyatlarda oʻzbeklar keng tarqalgan boʻlib ular hozirgacha oʻzbek tilida gaplashishadi.
Bunday shahar va viloyatlarga misol:
 
Afgʻoniston musiqasi rang-barang taronalarga boyil Xalq musiqasida bir ovozli, bayt qoʻshiqlar keng tarqalgan; chorbayt, gʻazal kabi anʼanaviy va yangi shakldagi janrlar mavjud. Afgʻon va qashqar ruboblari, dilrabo, dilnavoz va tanbur kabi torli sozlar koʻp. Sanʼat arboblaridan — sozanda-xonanda Usto Gʻulom Husayn va Usto Mamad Umar, shoir, xonanda-bastakor Hofizulla Hiyol va Jamil Zalond, Salim Sarmast va Faqir Nangolay kabi bastakor-mehtarlar, Xadicha Parvin, Hamida Ruxshona, Qubra Jilo, Abduraim Sarbon, Abduvahob Mamadiy, Sora Zalond singari xonandalarning nomi koʻp mamlakatlarda maʼlum. 1965 yil mamlakatda birinchi musiqa maktabi ochildi. Kobuldagi Akademiya birinchi afgʻon qoʻshiqlari toʻplami („Pashtani san-diri“)ni nashr etdi. Oʻzbekiston sanʼatkorlari Afgʻonistonda, afgʻon artistlari (Usto Gʻulom Husayn, Hofizulla Hiyol) Oʻzbekistonda koʻp marta gastrollarda boʻlishgan. Mamlakatning taniqli musiqachilari orasida Qosim Afgʻon, Muhammadin Zayxeya va b. bor<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil</ref>.
* [[Samangan]],
Abduhakim Qayumov.
* [[Shibirgʻon]],
* [[Mozori-Sharif]]
 
== Tarix ==
Afgʻon davlati rahbarlari
 
== Manbalar ==
* Durraniy Afgʻon davlati ([[1747]]-[[1818]])
{{Reflist}}
* 1818 yilda davlat boʻlinishi
* 26 may [[1879]] yildan boshlab mustaqillik qoʻldan boy berildi, mamlakat haqiqatda Angliya qaram davlat boʻlib qoldi. [[1919]] yildan boshlab yana mustaqillikka erishdi.
* Shohlik (1747-[[1819]])
Qobul knyazligi
* Afgʻon Amirligi ([[1834]]-[[1926]])
* Afgʻon Shohligi (1926-[[1973]])
* Afgʻon Respublkasi (iyul 1973-apr [[1978]])
* Afgʻoniston Demokratik Respublikasi (apr 1978-noyabr [[1987]]).
* Afgʻoniston Respublikasi (noy 1987-[[1992]])
* Afgʻoniston Islom Davlati (1992-3 apr [[1996]])
* Afgʻon Islom Amirligi(3 apr 1996-[[2001]])
* Afgʻoniston oʻtish davri (iyul [[2002]]-26 yan [[2004]])
* Afgʻoniston Islom Respublikasi (с 26 yanv 2004 - hoz. vaqtgacha)
 
{{stub}}
{{osiyo mamlakatlari}}