Andijon (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Bilgiquti aholi punkti
| ozbekcha nomi = Andijon
| mavqe = viloyat markazi
| mamlakat = Oʻzbekiston
| mintaqa turi = viloyat
| mintaqa = Andijon viloyati
| jadvalda mintaqa = Andijon viloyati
| tuman turi =
| tuman =
| jadvalda tuman =
| jamoat turi =
| jamoat =
| jadvalda jamoat =
| qaram =
| gerb =
| bayroq =
|lat_dir = N|lat_deg= 40|lat_min= 42|lat_sec= 0
|lon_dir = E|lon_deg= 72|lon_min= 21|lon_sec= 0
|CoordAddon = type:city_region:UZ
| CoordScale =
| mamlakat xaritasi olchami = 300
| mintaqa xaritasi olchami =
| tuman xaritasi olchami =
| mamlakat xaritasi =
| mintaqa xaritasi =
| tuman xaritasi =
| ichki bolinishi =
| rahbar turi = Hokim
| rahbar = Usmonov Axmadjon Tugʻilovich
| asos solingan =
| ilk eslatilishi = IX
| avvalgi nomlari = Andukon, Andigon
| qachondan beri =
| maydon = 76
| balandlik turi =
| AP markazi balandligi =
| iqlim =
| rasmiy til = oʻzbekcha
| aholi = 379,4
| sanalgan yil = 2011
| zichlik =
| aglomeratsiya =
| milliy tarkib = [[oʻzbeklar]]
| konfessiyaviy tarkib = [[Islom|musulmonlar]]
| etnoxronim =
| vaqt mintaqasi = +5
| DST =
| telefon kodi = +998 74
| pochta indeksi = 170100
| pochta indekslari =
| avtomobil kodi = 17
| identifikator turi =
| raqamli identifikator =
| Commons turkumi =
}}
[[Tasvir:Andijan.PNG|thumb|350px|Andijon shahri]]
[[file:Andijon shahar xaritasi.jpg|250px|thumb|right|Andijon shahar xaritasi]]
'''Andijon''' shahri - [[Andijon viloyati]]ning maʼmuriy markazi, [[Fargʻona vodiysi]]da joylashgan.
[[Andijon (viloyat)|Andijon viloyat]]idagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqida. Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27° — 28°, yanvarniki — 3°. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km<sub>2</sub>. Andijon shahri shim.-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va jan.-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh.
[[1297|1297-yilda]] Chig'atoy nevarasi Duvaxon (Tuvaxan) tomonidan asos solingan.
 
{{uzgeo-stub}}
 
{{stub}}
== Tarixi ==
Shaharning paydo boʻlishi va nomining kelib chiqishi haqida turli xil afsona va rivoyatlar mavjud. Ayrim manbalarda shahar nomi „andi“, „adoq“ („azoq“) kabi urugʻ atamalari bilan bogʻliqligi koʻrsatilgan. Bir vaqtlar bu yerda andilar (hindlar) yashagan va shaharning nomi „Andukon“ deb atalgan, degan rivoyat ham bor. Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida 7 — 8- asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan. Andijon ilk bor yozma manbalarda 10-asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. 11 — asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. 11—12 — asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, 13- asr oxirlarida moʻgʻul xonlari boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan. A. 14- asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. 15 — asr 2 — yarmidan A. Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj topgan. Xususan, Bobur oʻzining mashhur „Boburnoma“ asarida A.ni shunday taʼriflaydi: „Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz) qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“… 1504 y.dan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1710-y.da Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876 y. gacha) A. bekligining qarorgohi boʻlgan<ref>[http://kungrad.com/history/sssr/barthold/ V. V. BARTOLD O NATsIONALNOM RAZMYeJYeVANII V SRYeDNYeY AZII]</ref>.
Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan.
19- asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga boʻlingan. 1877-y.da shaharga yondosh Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshladi. Shahar Rossiya bilan temir yoʻl orqali bogʻlangach (1899), qishloq xujalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keldi.
1898 y. Andijonda podsho hukumati maʼmurlarining zulmiga qarshi Dukchi Eshon — Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarligida xalq qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolon nihoyatda shafqatsizlik bilan bostirildi, koʻplab begunoh odamlar oʻldirildi, qoʻzgʻolon tashkilotchilari qatl etildi.
Andijon kuchli seysmik zonada joylashgan. [[1902-yil]] 16-dekabrda 9 balli zilzila boʻlib, mahalliy aholi uylari butunlay vayron boʻldi 1916-yil Andijon mehnatkashlari podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonida faol qatnashdi.
 
== Sanoati ==
Shaharda 48 zamonaviy yirik sanoat korxonalari, 63 qurilish tashkilotlari va mahalliy sanoat korxonalari ishlab turibdi. „Andijonmash“, „Andijonirmash“ kabi aksiyadorlik jamiyatlari paxta zavodlari uchun uskunalar, q.x. mashinalariga ehtiyoj qismlar, nasoslar, universal yuklagichlar, aylanma pluglar, nogironlar uchun aravachalar va b. anjomlarni ishlab chiqaradi. Andijonda ishlab chiqarilgan dizel va nasoslar, universal yuklagichlar bosh-qa mamlakatlarga eksport qilinadi. Andijon korxonalari elektronika („Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ aksiya¬dorlik jamiyatlari) mashinalari ham ishlab chiqaradi. „Biokimyo“ zavodida etil spirti, efiroaldegidnal fraksiya, uglekislota va chorva ozugʻi tayyorlanadi (q. Andijon biokimyo zavodi). Tikuvchilik va poyabzal f-kalari bor. Mahalliy sanoat korxonalari ham poyabzal, bezakli gazlama, mebel va uy-roʻzgʻor buyumlari i. ch.ga ixtisoslashgan. Andijonda oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlari rivojlangan.
Shaharda 50 qoʻshma korxona mavjud ([[AQSh]], [[Xitoy]], Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, [[Rossiya]], [[Italiya]], [[Qirgʻiziston]] va boshqalar bilan hamkorlikda). Ulardan 5 tasi „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasiga avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi. Shaharda yildan yilga yangi qoʻshma korxonalar ishga tushirilib, zamonaviy va eksportbop mahsulotlar i. ch. yoʻl ga qoʻyilmoqda.
Shaharda 3000 taga yaqin kichik va oʻrta biznes subyektlari, 7000 dan ziyod xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor.
 
== Meʼmorchilik ==
[[File:Monument to Babur Andijan Sculptor R Suleymanov Bronze 1984.jpg‎|thumb|230px|right|Bobur haykali]]
Mustaqillik yillarida shaharda bunyodkorlik ishlari rivoj topdi. Andijon viloyati hokimiyati binosi oldida shaharning markaziy maydoni bunyod etilib, Bobur nomi berildi (1991) va bu yerga uning ot minib turgan haykali oʻrnatildi. Maydon atrofida Oxunboboyev nomidagi viloyat teatr binosi, Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi, Abbos Bakirov nomidagi kinoteatr, Andijon tibbiyot institutining bosh binosi joylashgan.
Shahar markazidan oʻtgan eng katta kucha — Alisher Navoiy shoh koʻchasidir. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi 1999—2000 y.larda qayta taʼmirlanib, sharqona shaklda „Ark“ darvozasi bunyod etildi. Bogʻ ichida ramziy burgutga uygʻunlashtirib qurilgan tomosha inshooti—amfiteatr nihoyatla mahobatli koʻrinishga ega. Endilikda viloyat va shaharning eng katta tantanalari shu yerda oʻtkaziladi. Shaharda keyingi yillarda zamonaviy meʼmorlik anʼanalarida qurilgan tennis korti, „Navroʻz“ stadioni, aeroportdagi deputatlarni kutib olish va joʻnatish zali, „Avtotexxizmat“, Choʻlpon bogʻi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, „Asakabank“ shahar moliya boʻlimi binosi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining boʻlimi binolari, Andijon tibbiyot instituti, 4 kasb-hunar kolleji, akademik litseylar, „Beeline“ qoʻshma korxonasi, koʻp qavatli turar joy binolari va koʻplab supermarket, savdo shaxobchalari bunyod etildi. Shaharda 25 transport va 5 aloqa korxonasi, 10 kommunal tashkilotlari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan koʻchalar soni 365 ta boʻlib, ularning uz. 770 km ni tashkil etadi. Shaharda, „Kamalak—TV“ va „Ucell“ „Uzmobile“ „Beeline“ kabi qoʻshma korxonalar xizmatlari evaziga aholi uyali aloqa vositalaridan foydalanmoqda.Shaharda 2600 ga yaqin savdo va 700 dan ziyod maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari mavjud.
 
== Fan va madaniyat ==
Andijon mamlakatning fan, madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Shaharda 4 institut, 21 oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim oʻquv yurtlari, 47 umumtaʼlim maktabi va 86 maktabgacha tarbiya muassasasi mavjud. 1999/2000 y.larda institutlarda 8816 talaba, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 14352, umumtaʼlim maktablarida 68630 oʻquvchi taʼlim oldi. Shaharda 3 teatr, 25 ommaviy kutubxona, 6 klub, 5 kinoteatr, 5 madaniyat va istirohat bogʻi, 4 madaniyat uyi, 3 muzey, 3 musiqa va sanʼat maktabi mavjud (2000). 9 sport maktabi, 10 stadion, 4 suzish havzasi, 1 tennis korti (14 maydon), 62 sport zali va bir qator sport maydonlarida aholi sport bilan shugʻullanadi[<ref>[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==
{{Reflist}}
 
== Havolalar ==
* [http://izokna.blogspot.com/2011/03/9.html]
* http://referat.arxiv.uz Maʼlumotlar ombori]
 
 
 
{{Oʻzbekiston shaharlari}}