Abdullaxon II: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Katta tahrir
Qator 1:
{{Adib
'''Abdullaxon II''' ([[1534|1534-yil]] Afarinkent, hozirgi [[Samarqand viloyati]] hududi, — [[1594|1594-yil]] [[8-fevral]], [[Samarqand|Samarqand shahri]]) - Shayboniylar sulolasidan bo'lgan [[Buxoro xonligi|Buxoro]] xoni (1583-1598).
| Ism = Abdullaxon II
| Ism (oz tilida) =
| Surat = AbdullakhanII.jpg
| Taxallus =
| Tavallud sanasi = [[1534|1534-yil]]
| Vafot sanasi = [[1598|1598-yil]] [[8-fevral]]
| Kasb = Xon
| otasi =
| Yonalish =
| Janr =
| Magnum opus =
}}
== Abdullaxon II — davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi ==
[[File:Portrait of Abdulla-khan. The former Claude Ane Collection. 1572. Bukhara.2.jpg|thumb|right|250px|Abdullaxon II]]
Abdullaxon II (toʻliq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent qishlogʻi — 1598.8.2, [[Samarqand]], [[Buxoro]] yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi [[Buxoro xonligi]]ning [[shayboniylar]] sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583—98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi. Bobosi [[Jonibek sulton]] (vafoti 1528/29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512/13-yildan boʻlgan. Otasi Iskandar sulton oʻgʻli tugʻilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II [[Shayboniyxon]] vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chogʻidan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navroʻz Ahmadxon! (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548),! Moʻgʻuliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Doʻstum sultonlar qoʻshiniga qarshi Forob yonida (1554)1 jang qilgan. Yosh Abdulla sulton oʻzining hukmdor sifatidagi butun gʻayrat-shijoatini 1551 yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan! Navroʻz Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini oʻz zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda] (1552—56) oʻz mulkini gʻarbga — Buxoro tomonga va janubiy.-sharq — Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu saʼy-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556 yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur boʻlgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom koʻmagida Navroʻz Ahmadxon, keyinchalik uning oʻgʻillari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navroʻz Ahmadxon vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda oʻz hukmronligini tiklaydi, 1557 yil mayda Buxoroni qoʻlga kiritadi va uni oʻz poytaxtiga aylantiradi. 1561 yil otasini davlat boshligʻi—xon deb eʼlon qilib, uning nomidan mamlakatni oʻzi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga boʻysunishdan bosh tortgan shayboniy sultonlar bilan kurashib Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston (1583) va Fargʻona (1583) ni egallaydi. 1582 yil Dashtga yurish qilib Ulugʻtogʻta qadar borgan. 1583 yil otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni oʻz nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan Maymana va Garchiston (1583), shuningdek Badaxshon (1585) dagi gʻalayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594 va 1596) qilib, u yerda markaziy hokimiyat hukmronligi qayta tiklagan. Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkend viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shim. Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan<ref>Bartold V. V., Sochineniya, 11(2) t., M., 1964</ref>.
 
== Abdullaxon II davrida mamlakat hududi ==
 
Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha boʻlgan yerlardan iborat edi. Abdullaxon II hayotining soʻnggi yillarida oʻgʻli Abdulmoʻmin (q. [[Abdulmo`minxon]]) bilan chiqishmay qolgan. Abdulmoʻmin 1582 yil kuzidan Balxni otasi nomidan boshqarayotgan edi. Iskandarxon davrida Abdullaxon II haqiqiy, amaldagi hukmdor boʻlgani kabi, Abdulmoʻmin ham keksaygan otasiga nisbatan shunday mavqeni egallamoqchi boʻlgan. Faqat ulamolarning aralashuvi tufayligina ota-bola oʻrtasida ochiq urush harakatlari boshlanmagan va Abdulmoʻmin otasiga boʻyin egishga majbur boʻlgan. Ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganidan xabar topgan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati va Toshkent—Samarqand oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qoʻshinni yenggan. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon II Samarqandga yetganda vafot etgan<ref>Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993;</ref>.
 
== Tashqi siyosati ==
 
Abdullaxon II faol tashqi siyosat olib borgan. Bu davrda shayboniylar [[Eron]], [[Hindiston]], [[Turkiya]],[[Xitoy]], [[Rossiya]] va b. mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borganlar. Masalan, Abdullaxon II elchilari [[1583-yil]] Moskvadan oʻq dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yil larda ham qaytarilgan. Abdullaxon II ning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa pul islohoti oʻtkazish yoʻlidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. U koʻplab turli inshootlar qurdirgan. Hozirgacha xalq orasida u yoki bu inshoot qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxon II ga nisbat beriladi.
 
== Abdullaxon II davrida madaniy hayot ==
 
Abdullaxon II davrida Buxoro yaqinidagi Sumiton (Joʻybor) mavzesida Joʻybor xojalaridan Abu Bakr Saʼd (970/971 yil vafot etgan) mozori atrofiga Madrasa, masjid, xonaqoh va chorbogʻ (1558—66), Buxoroda Madrasa (q. [[Abdullaxon madrasa]]si), hammom, Govkashon, Fatxulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, yangi Chorsu (1569—70), tim (q. [[Abdullaxon timi]]), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga koʻprik (1582) va b. qurildi. Bunday inshootlar va karvonsaroylar [[Samarqand]], [[Toshkent]], [[Balx]] va b. shaharlarda ham qurilgan (masalan, Abdullaxon II ning nufuzli amiri Qulbobo Koʻkaldosh sharafiga Toshkentda qurilgan [[Ko`kaldosh madrasasi]] va b.). Karvon yoʻllarida sardobalar, rabotlar, kanallar, suv omborlari (q. [[Abdullaxon bandi]]), koʻpriklar (masalan. Surxondaryoda xalq orasida [[Iskandar ko`prigi]] nomi bilan mashhur boʻlgan Gʻishtkoʻprik va b.), chorbogʻlar bunyod etilgan<ref>Hofiz Tanish Buxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999;</ref>.
 
== Abdullaxon II davrida shaharsozlik, ilm-fan va adabiyot ==
 
 
Abdullaxon II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoriyiint Abdullanoma („Sharafnomayi shohiy“) (1584—89), Amin Ahmad Roziyning „Haft iqlim“ (1583), Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan „Tazkiroti shuaro“ (taxminan. 1593—95) va b. ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va b. kitob koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishgan. Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ asari Abdullaxon II ga bagʻishlangan.
Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va b. yashab ijod etgan. '''Abdullaxon II ning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, „Xon“ taxallusi bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan'''.
Mamlakatda (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Balx va b.da) hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va b. tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir boʻlgan<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil</ref>.
 
 
== Harbiy sanʼat rivojlanishi ==
 
Harbiy sanʼat taraqqiy etgan. Qoʻshin tarkibini nayza, qilich, manjaniq, naftandoz va shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilgan. 16-asr ikkinchi yarmidan qoʻshin Turkiya va Rossiyadan keltirilgan pilta miltiq va zambaraklar bilan qurollana boshlagan (yana q. [[Buxoro xonligi]])
 
== Manbalar ==
{{Reflist}}
 
[[Turkum:Tarixiy shaxslar]]
[[Turkum:Davlat arboblari Amirlar Xonlar Sarkardalar]]
[[Turkum:Shayboniylar]]
 
 
{{Buxoro hukmdorlari}}
{{bio-stub}}
{{Shayboniylar}}
[[File:Portrait of Abdulla-khan. The former Claude Ane Collection. 1572. Bukhara.2.jpg|thumb|right|250px|Abdullaxon II]]
[[Turkum:Buxoro hukmdorlari]]