Prussiya qirolligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Interviki
MKattaev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 127:
 
'''Prussiya qirolligi''' ({{lang-de|Königreich Preußen}}) — 17101-yildan 1918-yilgacha mavjud boʻlgan nemis qirolligi. 1871-yildan imperiya hududining uchdan ikki qismini boshqargan holda Prussiya German imperiyasining yetakchi davlati hisoblangan. [[Brandenburg]]da joylashgan [[Berlin]] uning asosiy shahri boʻlsada, qirollik oʻz nomini [[Prussiya]] tarixiy viloyatidan olgan.
 
== Tarixi ==
 
=== 1701: Brandenburgning yangi bosqichga o`tishi ===
[[Brandenburg-Prussiya]]ning [[Buyuk kurfyurst]]i [[Fridrix Vilgelm I (Brandenburg kurfyursti)|Fridrix Vilgelm I]] 1688-yilda vafot etadi. Uning mulklari Prussiya qiroli Fridrix Iga (1701-1713) aylangan o`g`li [[Fridrix I (prussiya qiroli)|Fridrix III]]ga o`tadi.
 
Prussiya gersogligini hisobga olmaganda Brandenburgning barcha yerlari nomiga [[Gabsburglar]] humronligi ostida bo`lgan Muqaddas Rim imperiyasining tarkibiga kirgan. Imperiyada faqat bitta nemislar qiroli mavjud bo`lishi sababli Fridrixga imperator Leopold Ining qaroriga muvofiq (ispan vorisligi uchun urushda Fransiyaga qarshi ittifoq evaziga) 1701-yil 18-yanvarda imperiya tarkibiga kirmagan yerlarda "Prussiya qiroli" sifatida toj kiydirildi. Imperiyada faqat bitta "nemislar qiroli" mavjud bo`la olishi sababli 1772-yilgacha prussiya monarxlari "Prussiya'''dagi''' qirol" unvoniga ega bo`lishgan. Yangi paydo bo`lgan qirollik 1713-yilda [[Utrext tinchlik bitimi (1713)|Utrext bitimiga]] ko`ra boshqa davlatlar tomonidan tan olindi.
 
=== 1702—1740: Qirollikning o`sishi ===
Qirollikning hududlari 1200 km masofada bo`linib yotardi. Uning hududlari Boltiq dengizining janubi-sharqidagi Prussiya knyazligi, Brandenburg, [[Reynland]]dagi Mark va Ravensburg [[ekskav]]laridan iborat edi. Yangi Prussiya qirolligi juda qambag`al edi - O`ttiz yillik urushdan so`ng qayta tiklash ishlari borayotgan edi. 1708-yilda qirollik aholisining uchdan biri o`lat qurboni bo`ldi. 1710-yilda o`lat kasalligi poytaxt - [[Berlin]]dan 80 km uzoqlikdagi [[Prenslau]] shaxrida to`xtadi.
 
Shvetsiya Rossiya, Saksoniya, Rech Pospolita (Polsha), Daniya-Norvegiya, Gannover va Prussiyaga qarshi Shimoliy urushda (1700-1721) mag`lub bo`lib, Boltiq dengizining janubiy qirg`og`idagi yerlarini yo`qotdi. [[Stokgolm]]da 1720-yilning yanvarida imzolangan rus-shved bitimiga muvofiq Prussiya [[Shtettin]] va Shvetsiyaning Pomeraniyadagi boshqa hududlariga ega chiqdi.
 
=== 1740—1760: Sileziya urushlari ===
{{Asosiy|Sileziya urushlari}}
 
1740-yilda Fridrix II taxtni egalladi. U 1537-yilgi shartnomani bahona qilib, Fridrix Sileziyaga bostirib kirib, avstriya vorisligi uchun urushni boshladi. Bu shartnomaga ko`ra Sileziya hukmdorlari Pyastlar sulolasida davomchi tugasa bu hudud Brandenburgga o`tishi kerar edi. Sileziyaning tezda egallanishidan so`ng Prussiya Avstriya ersgersoginyasi Mariya Tereziya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushib, buning evaziga Sileziyani talab qildi. Taklif rad etildi, lekin Avstriya ko`plab yangi raqiblarga duch kelganligi sababli 1742-yilgi Berlin bitimiga binoan Sileziya Prussiyaga o`tdi.
 
Avstriya ko`pchilikni hayratda qoldirib, urushni yangiladi. 1744-yilda Fridrix Bogemiyaga bostirib kirdi. U muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Avstriyaga bosimi sababli 1748-yilda [[Ikkinchi Axen bitimi]] imzolandi. Bunga ko`ra Sileziyaning katta qismi Prussiyaga berilishidan tashqari hech qanday hududiy o`zgarishlar ro`y bermadi.
 
Urushda obro`sini yo`qotgan Avstriya Fransiya va Rossiya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushdi. Prussiya esa Buyuk Britaniya bilan ittifoq tuzishda bir qancha muammolarga duch keldi.
 
1756-1757-yillarda Fridrixning ikkinchi marta Saksoniya va Bogemiyada bostirib kirishi [[Yetti yillik urush]] boshlanishiga sabab bo`ldi. Prussiya armiyasi bu urushda Yevropaning ko`plab buyuk davlatlari armiyalariga qarshi urushib katta obro` topdi. Bu urushda Rossiya, Fransiya, Avstriya va Shvetsiya ittifoqiga qarshi Prussiya, Buyuk Britaniya va Gannover ittifoqi qarshi kurashdi. 1760-yilning oktabrida ruslar vaqtinchalik Berlin va [[Kengsberg]]ni egallashganda Fridrix o`z hududlariga bo`lgan jiddiy bosqin xavfini oldini oldi. Vaziyat qirollik uchun yomonlashishda davom etdi, lekin imperator ayol Yelizavetta Petrovna vafotidan so`ng vaziyat tezda o`zgardi. Ittifoqga Pyotr III boshchiligida Rossiya qo`shilgach sharqiy xatarning oldi olindi. Huddi o`sha paytda urushdan Shvetsiya chiqdi.
 
Prussiya [[Burkersdorfdagi jang]]da Avstriya armiyasini mag`lub etgach, qit`ada tinchlik o`rnatildi. Bu natija Prussiyani nemis davlatlari orasida yetakchi qilib, qirollikni Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylantirdi. Qirollikning qariyb yo`q bo`lib ketishi xavfini ko`rgan Fridrix shundan so`ng bironta ham urush boshlamadi.
 
'''Prussiya armiyasi'''[[Tasvir:Hohenfriedeberg.Attack.of.Prussian.Infantry.1745.jpg|thumb]]
 
Prussiya armiyasining asosini [[Pruss mushketyorlari|mushketyorlar]], shuningdek [[grenaderlar]], [[fuzilerlar]] va [[nayzachilar]] tashkil etgan, kavaleriya [[kirasirlar]], [[dragunlar]] va [[gusarlar]]dan tashkil topgan.
 
[[Turkum:Germaniya tarixi]]
Qator 180 ⟶ 209:
[[vi:Vương quốc Phổ]]
[[war:Ginhadian han Prusya]]
[[yo:Ilẹ̀ọba PrússíàPrْssيà]]
[[zh:普魯士王國ئصô”ت؟حُ‡ّ]]
[[zh-min-nan:PreußenPreuكen Ôngشng-kok]]