Bazidiomitsetlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

7-Mart 2013, 20:19 dagi koʻrinishi

Bazidiomitsetlar, bazidiyali zamburug‘lar (Basidiomycetes) — yuksak zamburug‘lar sinfi, jinsiy jarayonda maxsus jinsiy ko‘payish organlari — bazidiyalar hosil qilish xususiyatiga ega. Mitseliydagi mevali tanasi (kattaligi bir necha mm dan 1,5 m gacha) har xil shaklda. Mitseliy to‘siqlarining o‘ziga xos murakkab tuzilishi va mitseliyida yarim halqasimon harakatlar bo‘lishi b-n boshqa zamburug‘lardan farq qiladi. Hujayralarning bo‘linishi tufayli yarim halqadan hosil bo‘ladigan hujayralarga qizlik yadrolar o‘tadi. Ko‘pchilik B. geteratallik xususiyatiga ega. Ularga 3 kenja sinf va 18 tartib, shu jumladan afilloforlar (ko‘pchilik iste’mol qilinadigan va zaharli zamburug‘lar), gasteromitsetlar, qorakuya, zang zamburug‘lari va b. kiradi. 30 mingdan ortiq turi ma’lum. Juda keng tarqalgan. Ko‘pchilik turlari (qo‘ziqorin, shampinon, oq zamburug‘ va b.) iste’mol qilinadi, ba’zilari (muxomor, oq poganka) zaharli. Ko‘pgina B. saprotrof va o‘simliklarning fakultativ parazitlari hisoblanadi. B. o‘simlik qoldiqlarini parchalashda ishtirok etadi, o‘simliklarda kasallik keltirib chiqaradi. Bir qancha turlari daraxtlar b-n mikoriza hosil qiladi. Ayrim turlari antibiotiklar ishlab chiqaradi. Daraxt tanasida uchraydigan po‘kak zamburug‘i daraxtni chiritadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil