Bakteriyalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

7-Mart 2013, 22:25 dagi koʻrinishi

Bakteriyalar (yun. bakterion — tayoqcha) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega bo‘lmagan mikroskopik organizmlar — prokariotlar. B.da hujayra pardasi, ko‘p miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, bo‘lmaydi, yadroning xromosomalari va qobig‘i ko‘zga ko‘rinmaydi. B. ko‘ndalangiga bo‘linish (ba’zan cho‘zilish yoki kurtaklanish) yo‘li b-n ko‘payadi. B.ning ko‘p turi tayoqcha shaklida bo‘ladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki ilon izi shaklli mikroorganizmlar ham B.ga kiradi. B.ning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. B. tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va b.joylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh bo‘lmay, har xil yo‘llar b-n vujudga kelgan organizmlardir. Ba’zi B., (mas, ipsimon B., azotobakter va b.) ko‘k-yashil suvo‘tlarga yaqin, ayrim B. esa nursimon zamburug‘lar — aktinomitsetlar b-n urug‘dosh; spiroxetalar va b. ba’zi B. bir hujayrali sodda hayvonlarga o‘xshaydi. B.ning kattakichikligi, shakli, tuzilishi, harakatchanligi har xil. Sharsimon B.ning diametri, odatda, 1 — 2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yo‘g‘onligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, uz. 2 — 5 mkm bo‘ladi. Ba’zan juda yirik B. ham uchraydi. Mas, Thiophysa macrophusaHHHr diametri 20 mkm; juda mayda B. ham bor. Ayrim B., shu qadar maydaki, hatto bakterial filtrdan ham o‘tib ketadi. Sharsimon B. kokklar deb ataladi. Agar kokklar ko‘ndalangiga bo‘linish yo‘li b-n ko‘paysa va bo‘lingandan keyin bir-biriga qo‘shilganligicha qolib zanjir hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. Hujayralar uchta o‘zaro tik yo‘nalishda bo‘linsa, hujayralar xaltachasi (paketi)ni hosil qiladi, bunday shakl sarsinalar uchun xos. Kokklar har xil yo‘nalishda bo‘linsa, hujayralarning uzum boshining g‘ujumi shaklidagi to‘plami hosil bo‘ladi, bunday shakl stafilokokklarga taalluqli. Sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon B. batsillalar deyiladi. Tayoqchasimon B.ning uchlari tekis "qirqilgan" yoki do‘ngroq bo‘lishi mumkin. Bular alohida yoki, ba’zan, zanjir shaklida joylashadi. Uzun ip hosil qiladigan ipsimon bakteriyalar, asosan, suvda yashaydi. Vergul shaklidagi B. vibrionlar, yo‘g‘on spiralsimon buralganlari spirallar, bir nechta bir xildagi ingichka buramalilari spiroxetalar deyiladi. Elektron mikroskopda qaralganda B.ning hujayra pardasi bir necha (odatda, uch) qavat ekanligi ko‘rinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, aminokislotalar, lipidlar, rni hal qilish uchun eng yaxshi ob’ektdir. B. kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi B.ning hayot faoliyatiga bog‘liq. Pektin moddalarni bijg‘itadigan B. yordamida zig‘ir, kanop va b. tolali o‘simliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyog‘, pishloq va b. mahsulotlar tayyorlashda ham B.ning har xil turlaridan foydalaniladi.Sanoatda B.ning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha xom ashyodan sut (laktat) kislota, atseton, etil spirt, butil spirt va b. spirtlar, dekstrin, diatsetil, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislota va b. olinadi.B.dan ferment preparatlari tayyorlashda ayniqsa ko‘p foydalaniladi. Shu b-n birga, B.ning ko‘pgina turlariga qarshi kurash olib borishga ham to‘g‘ri keladi, chunki ular don-dun va b. masalliqlarni, har xil xom ashyo, material va buyumlarni buzadi. Odam va hayvonlarda uchraydigan ko‘pgina kasalliklar (mas, ich terlama, vabo, sil, kuydirgi, manqa va b.)ni B. paydo qiladi.Odam va hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atadigan B. patogen B. deb ataladi. Fitopatogen B. yovvoyi o‘simliklarda www.ziyouz.com kutubxonasi 47ham, ekinlarda ham ko‘pgina kasalliklarni vujudga keltiradi. Kasallik qo‘zg‘atadigan B.ga qarshi aseptika va antiseptika choralari ko‘riladi, shuningdek, bakteriostatik va bakteritsid moddalar ishlatiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil