Balx: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Balxob bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Balxob}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Balx''' — Shim. Afg‘onistondagi ko‘hna shahar, hoz. Mozori Sharif sh.ning g‘arbida. Mil. av. 7- a.dan ma’lum. B. tarixda Umm ul-bilod (Shaharlar onasi) deb yuritilgan. Yunonlar uni Baqtra deb ataganlar. Mudofaa devori b-n o‘ralgan Bolo Hisorda va undan jan.roqdagi Yangi Balxda B.ning eng qad. harobalari va turli topilmalar uchraydi. Kushonlar davrida va undan ilgari shahar maydoni Tepai Zargaron hisobiga kengayadi. Shahar qal’asi Bolo Hisordan Yangi Balxga ko‘chirilgan. Natijada Bolo Hisor, Tepai Zargaron va Yangi Balx hududlarini birlashtiruvchi shahar devori vujudga kelgan. Arxeologik qazishlar tufayli B.dan qad. devor va shahar arki devorlari topilgan. B. Axomaniylar davlatiga, undan keyin Aleksandr (Iskandar) saltanatiga qaram bo‘lgan. Uning inqirozidan keyin. yangi tashkil topgan Yunon-Baqtriya podsholigining poytaxtiga aylangan (mil. av. 250 — 130y.lar). B. mil. av. 2- alan yuyechjilar, so‘ngra Kushon podsholigi tarkibiga o‘tdi. Bu davrda B.da hunarmandchilik rivojlandi, Eron, Hindiston va Xitoy b-n savdo-sotiq olib borildi, pul zarb qilindi. Aholi zichligidan shahar tashqarisida uy-joylar qurildi. Natijada B. Sharq b-n G‘arbni bog‘lab turgan "Buyuk ipak yo‘li"dagi yirik savdo shaharlaridan biriga aylandi. 711 y. B.ni arablar fath etgan. G‘aznaviylar (962 — 1148), g‘uriylar (1148 — 1206) hukmronligi davrida B. O‘rta Sharqning yirik shaharlaridan edi. Bu davrda hunarmandchilik mahallalari vujudga keldi. 1221 y. B.ni mo‘g‘ullar bosib olib vayron qilgan. 13 — 14- a.larda Chig‘atoy ulusi tarkibida bo‘ldi. 1370 y.dan boshlab Temur saltanati tarkibiga kirdi. Temuriylar, shayboniylar va