Maqolaga matn qoʻshildi
k (r2.7.3) (Robot: Modifying nl:Ruilhandel to nl:Ruilen) |
CoderSIBot (munozara | hissa) (Maqolaga matn qoʻshildi) |
||
'''Barter''' - ( [[inglizcha]] Barter - tovar ayirboshlash) tovarlarni pulsiz boshqa tovarlarga bevosita ayirboshlash. Barter bitimiga ( shatnomaga) muvofiq bir tomon ikkinchi tomondan qarz bo'lib qolsa, rul (valyuta) bilan emas, balki tovar bilan uzadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Barter''' (ing . barter — tovar ayirboshlash), muo’vaza — valyutasiz (pul vositalari ishtirokisiz) bevosita tovar ayirboshlash; muayyan tovar (tovarlar) miqdorining qiymati bo‘yicha muqobil bo‘lgan boshqa tovar miqdoriga almashtirish shartnomasi. Ko‘proq rivojlanmagan tovar munosabatlari, o‘tish davri uchun xos bo‘lgan kelishuv. 2-jahon urushidan keyingi davrdagi erkin konvertirlanadigan (almashtiriladigan) valyuta kursi barqaror bo‘lmagan, valyuta zaxiralari chegaralangan sharoitda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida qo‘llanildi va u xalqaro savdo hamda boshqa iqtisodiy munosabatlarda keng tarqaldi. B.ning bevosita ayirboshlash, kompensatsiyali kelishuvlar, kliring kabi shakllari mavjud. Tashqi savdoda B. bitimi ko‘proq qo‘llanadi. 90-y.lar boshidan mamlakat ichkarisida ham korxonalar o‘rtasida ancha keng tarqaldi. B. bitimiga binoan kelishgan tomonlar o‘z tovarlarini ma’lum narxda baholaydilar. Bu narx ayirboshlashning teng bo‘lishini, tovarlarni yetkazib berish b-n bog‘liq bo‘lgan barcha sarf-harajatlarni o‘z ichiga oladi. Bir tomon ikkinchisiga qarzdor bo‘lib qolsa, u o‘z qarzini valyuta b-n emas, balki tovarlar b-n uzadi. Tovar qiymatlarining tengligi jahon bozori narxlari orqali ta’minlanadi. B. bitimlari ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama bo‘lishi mumkin.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
{{stub}}
[[ur:مقایضہ]]
[[zh:以物易物]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
|