Baqalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

7-Mart 2013, 23:19 dagi koʻrinishi

Baqalar, baqasimonlar (Ranidae) — dumsiz, suvda hamda quruqlikda yashovchilar oilasi. Tanasining uz. 3 sm dan 20 sm, ba’zan 32 sm gacha. Tishlari yuqori jag‘larida joy-lashgan. Tanasi ixcham, orqa oyoqlari nisbatan uzun (sakrovchi). 46 urug‘i 555 turi ma’lum. Jan. Amerika, Jan. Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari yer yuzining hamma qitalarida keng tarqalgan. Evolyatsiya jarayonida sodir bo‘lgan adaptiv radiatsiya tufayli bu oila bir necha filogenetik guruhlarga, 8 kenja oilaga bo‘lingan. Ularning asosiysi asl B. (Rana) urug‘i 200 turni, shu jumladan uz. aqasining suvda yashaydigan shakli yashil, quruqlikda yashaydigan shakllari esa qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. B.ning bir qancha turlari (o‘tkir tumshuq baqa, yashil baqa), suv havzalari yaqinidagi nam joylarda yashab, faqat ko‘payish davrida suvga tushadi, boshqalari (mas, ko‘l baqasi) asosan suvda yashaydi va o‘rmon hamda dasht mintaqalaridagi suv havzalarida tarqalgan. B. odatda juda harakatchan bulib, faol hayot kechiradi. Qanotli hasharotlar, yirik B. esa mayda umurtqalilar b-n oziqlanadi. Ayrim B. suv havzalari tubidagi balchikda, boshqalari quruqlikdagi pana joylarda yashaydi. Asosan suv havzalariga tuxum qo‘yib ko‘payadi. Urg‘ochisi 500 dan 11 minggacha tuxum qo‘yadi. Ko‘pchilik B. ko‘payish davrida har xil ovoz chiqarib sayraydi. B. ovozi har bir tur va jineda o‘ziga xos bo‘ladi. Ayrim B. (mas, kul B.) ko‘pchilik mamlakatlarda pishirib iste’mol kilinadi. B. lab. tekshirishlari uchun asosiy ob’ekt hisoblanadi. Shim. Amerikada uchraydigan leopard B. Xalqaro Qizil ki-tobga kiritilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil