Bezgak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
ZéroBot (munozara | hissa)
k r2.7.1) (Bot qoʻshdi: ru:Лихорадка
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[File:Clinical thermometer 38.7.JPG|thumb|right|200px]]
Bezgak oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, [[Anofeles]] (bezgak chivinlari) [[chivin]]i orqali yuqishi, qaltirash, tana harorati koʻtarilishi, [[taloq]] va [[jigar]] kattalashishi hamda kamqonlik bilan xarakterlanadi. Bezgak malariae soʻzidan olingan boʻlib, mal — badboʻy, ariae — hid yoki havo degan maʼnoni anglatadi. Uni juda kichik parazit-plazmodiylar qoʻzgʻatadi. Ularni faqat mikroskop ostida koʻrish mumkin. Virus inson qonida yashab, koʻpaya¬di va qizil qon tanachalarida joylashib, ularni parchalaydi hamda qon ishlab chiqarish, asab, yurak qon-tomir va organizmning boshqa tizimlarini ishdan chiqaradi. Baʼzan kasallik shunchalik ogʻir kechadiki, agar davolash oʻz vaqtida boshlanmasa, bemor bir necha kundan soʻng asosan tropik bezgakda vafot etadi. Harorat koʻtarilganda yoki bezgakning boshqa belgilari namoyon boʻlganda, albatta tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Toʻgʻri tashhis qoʻyishda qon tahlili shart. Agar siz oxirgi 3 yil davomida Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hamda Tojikis¬ton va respublikamizning janubiy viloyatlariga chiqqan boʻlsangiz, u erda bezgak bilan zararlanish xavfi yuqoriligini hisobga olgan holda, har qanday darmonsizlik kuzatilsa, albatta barmoqdan qon topshirishingiz lozim.<ref>[http://uzssgzt.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=2&god=2008&mes=2&id=1381 ҲАР ҚАНДАЙ КАСАЛЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛСА БЎЛАДИ]</ref>
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bezgak''' (ital. malaria, mala aria — badbo‘y havo) — bezgak plazmodiylari qo‘zg‘atadigan invazion kasallik; isitma tutishi, qonda jiddiy o‘zgarishlar sodir bulishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi b-n kechadi. B. plaz-modiysi to‘rt xil, shunga ko‘ra B.ning uch kunlik, to‘rt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. B. plazmodiysi B. chivini va odam organizmida ko‘payib, rivojlanadi. Kasallik manbai bemor va B. chivini (asosan urg‘ochisi) hisoblanadi. B. plazmodiysi B. b-n og‘rigan bemor organizmida jinssiz (shizogoniya), kasallikni tashib yuruvchi — anofeles chivini tanasida esa jinsiy yo‘l b-n ). Kasallik to‘satdan boshlanadi: bemorni isitma tutib, junjiydi, qalti-raydi (u ba’zan shu qadar qatgiq qalti-raydiki, hetto ustiga issiq ko‘rpa yopilganda ham sovuq qotadi), keyin kdlti-rash bosilib, harorat ko‘tariladi (41 — 41,5°), bemor bo‘riqib, qizarib ketadi, nafas olishga qiynalib, halloslaydi, boshi qattiq og‘riydi. Isitma bir necha soat tutadi. So‘ngra harorati tez pasa-yib, ba’zan bir maromga tushadi; shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga o‘zini sog‘lom g‘is qiladi. Keyin yana isitma tutadi; uch kunlik B.da — ikki kunda bir marta, to‘rt kunlik B.da — har uch kunda bir marta, tropik B.da — ko‘pincha kun sayin isitma tutib turadi. Isitma tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, B. plazmodiylarini topish mumkin. B. tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni parchalashi sa-babli bemor kamqon bo‘lib qoladi, ta-log‘i va jigari kattalashadi, oq qon ta-nachalari (leykotsitlar) ancha kamayadi. B. davolanmay qolib, kasallik uzoq davom etganda tinkani quritib, mehnat qobiliyatini susaytiradi, bolalar o‘sish va ri-yujlanishdan orqada qoladi. Bemor o‘z vaqtida davolanmasa yoki chaladavolansa, B.ka boshqa kasalliklar qo‘shiladi. B.ning og‘ir shakli b-n og‘riganlarda, shuningdek bo-lalarda koma holati, ba’zan o‘lim yuz berishi mumkin. Bemor barvaqt to‘g‘ri davolangavda sog‘lig‘iga pugur yetmaydi, undan atrofdagi kishilarga B. chivinlari orqali kasallik yuqish ehtimoli yo‘qoladi. Isitmaning xurujiga, taloqning katta-lashganiga, chap biqin sohasida og‘riq turishi va badan za’faron tus olishiga qarab, bemorda B. bor deb taxmin qilish mumkin. Ammo B.ni aniq bilish uchun bemordan qon olib, mikroskopda tekshirish shart. Bemorni vrach davolaydi. Unga tinch sharoit va yaxshi parvarish zarur. Ka-sallikning oldini olishda asosiy e’ti-bor bemorlarni erta aniqlash va davolashga qaratilgan bo‘lishi kerak.B. chivini ko‘p uchraydigan joylarda himoya kiyim-boshi va chivinni keltirmaydigan dori vositalaridan foydalanish lozim.Shonosir Shovahobov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
==Hozirgi davr==
Qator 118 ⟶ 123:
[[yo:Ibà]]
[[zh:发热]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}