Beliz — versiyalar orasidagi farq

3 396 bytes added ,  7 yil oldin
Maqolaga matn qoʻshildi
k (r2.7.3) (Bot oʻchirdi: kk:Белиз)
(Maqolaga matn qoʻshildi)
{{Beliz_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Beliz''' (Belize) — Markaziy 3 ming km2. Aholisi 228,6 ming kishi (1997): asosan negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — Belmopan sh. Ma’muriy jihatdan 6 okrugga bo‘linadi. Hamdo‘stlik tarkibiga kiradi. Davlat boshlig‘i Buyuk Britaniya qirolichasi, generalgubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), B. huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, B. milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.Yer yuzasi asosan tekislikdan iborat, jan. qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya tog‘lari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning o‘rtacha oylik t-rasi 25°, 27°. Yiliga 2000 mm ga yaqin yog‘in yog‘adi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, ko‘llar, sohil bo‘ylab laguna (qo‘ltiq)lar ko‘p. Hududining katta qismi nam tropik o‘rmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari b-n qoplangan, shim.da — savanna. B. hayvonot dunyosi turli-tuman.16-a. boshlarigacha B. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-a. boshida ispanlar bosib olgan va ularning mustamlakasiga aylangan. 1862 y.dan Britaniya Gondurasi nomi b-n Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1964 y. ichki o‘zini o‘zi boshqarish huquqini olgan. 1973 y.dan mamlakat rasmiy ravishda B. deb atala boshladi. 1981 y. 21 sent.da B. mustaqilligi e’lon qilindi. B.— agrar mamlakat. Iqgisodiyotining asosi qimmatli daraxt turlari — qizil, sandal daraxtlarini chetga chiqarish uchun tayyorlash va qayta ishlash, saqich ishlab chiqariladigan xom ashyo — chikle smolasi (yelimi)ni yig‘ish. Q.x. chetga chiqariladigan mahsulotlar, asosan shakarqamish, banan va sitrus mevalari (apelsin, greypfrut) yetishtirishga ixtisoslashgan. Kokos palmasi, ananas, banan, kakao, ichki iste’mol uchun makkajo‘xori, sholi ham ekiladi. Jan. hududlarda chorvachilik b-n shug‘ullaniladi. Baliq, dengiz hayvonlari ovlanadi, shuningdek taxta tilish, po‘lat prokatlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Elektr energiya i.ch.— 74 mln. kVts. Qattiq qoplamali avtomobil yo‘llari — 1,4 ming km. Asosiy dengiz porti — Beliz, uning yaqinida, Stenli Fildda aeroport bor. B.dan chetga xom shakar, kiyim-kechak, meva konservalari, sitrus mevalar, yog‘ochning qimmatli turlari, baliq chiqariladi. Oziq-ovqat, asbobuskuna, transport vositalari, kimyoviy tovarlar va yoqilg‘i keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yamayka, Meksika. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — B. dollari. "Amandala" (1969 y.dan), "Beliz Tayme" ("Beliz vaqti", 1956 y.dan), "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Piplz pale" ("Xalq nafasi", 1989 y.dan), "Riporter" ("Muxbir", 1968 y.dan) gaz.lari chiqadi. 1937 y.dan yarim tijorat radioeshittirish xizmati mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Beliz''' () poytaxti - [[Belmopan]] shahri. [[BMT]] a'zosi
{{stub}}
[[zh-yue:伯利茲]]
[[zu:Belize]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
187 762

ta tahrir