Bern: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:09 dagi koʻrinishi

Bern — Shveysariya poytaxti, Bern kantonining ma’muriy markazi. Mamlakatning markaziy qismida, Aare daryosining har ikki sohilida joylashgan. Aholisi 140 ming kishi, shahar atrofi b-n birgalikda 300 ming (1995), kupchiligi nemis tilida so‘zlashadi.B.ga 1191 y. asos solingan. 1218 y.dan imperiyaning erkin shahri. 1353 y. Shveysariya konfederatsiyasiga qo‘shildi. 1848 y.dan Shveysariya poytaxti.B. asosan ma’muriy shahar. Sanoattaraqqiyoti jihatidan Syurix. Bazel sh.laridan keyinda turadi. B.da elektrotexnika va aniq mashinasozlik (telefon, priborlar, elektr apparaturalari, poligrafiya mashinalari va b.), to‘qimachilik, trikotaj, oziq-ovqat sanoati: yogochsozlik, poligrafiya korxonalari mavjud. Muhim transport yo‘llari tuguni. Mamlakatni G‘arbiy Yevropa shaharlari b-n bog‘laydigan bir necha t. y. va avtomobil yo‘llarn B.dan boshlanadi. Xalqaro aeroport bor. Shaharda bir qancha xalqaro tashkilotlarning markaziy organlari — Jahon pochta ittifoqi byurosi (1874 y.dan), Xalqaro telealoqa ittifoqi, Mualliflik huquqini muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, Xalqaro transport ittifoqi byurosi va b. joylashgan. Unt (1834 y.dan), Shveysariya milliy kutubxonasi, konservatoriya, teatr (1903 y.dan), i. t. muassasalari, musiqa maktablari, kutubxonalar, muzeylar (Shveysariya, Alp tog‘lari, Tarix, Badiiy va b.) bor. Me’moriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan shahar boshqarmasining binosi (ratusha, 1406—17), SanktVinsens sobori (1424—1588) va b. saqlangan. Turizm rivojlangan. B.ning mamlakatning boshqa shaharlari kabi moliyabaik faoliyati dunyo ahamiyatiga ega.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil