Beruniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Asrorbek (munozara | hissa)
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Abu Rayhon Beruniy bilan birlashtirishga andoza va yangi matn qo‘shildi
Qator 1:
#REDIRECT [[{{birlashtirishga|Abu Rayhon Beruniy]]}}
'''Beruniy''' - 1957 y. gacha Shabboz (Shayx Abbos Vali)—Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi shahar (1962 y.dan), Beruniy tumani markazi. Amudaryoning o‘ng sohilidagi Urganch t. y. stansiyasidan 20 km shim.sharqda. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi —15*, —20°, iyulniki 38°. Aholisi 51 ming kishi (2000). B. qadimiy Xorazmning poytaxti bo‘lgan va o‘sha davrlarda Kot deb atalgan. 1957 y. shaharga shu yerda tug‘ilib o‘sgan olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy nomi berildi. Beruniy 990 y.larda shaharda astronomik kuzatishlar olib borgan. B. Respublikaning muhim sanoat markazlaridan. Shaharda yog‘ekspeller, g‘isht, asfalt, paxta tozalash z-dlari, bosmaxona, maishiy xizmat ko‘rsatish k-ti bor. 1969 y. 13 martda Amudaryo suvining toshishi natijasida shahardagi bir qancha binolar jiddiy zarar ko‘rdi. Lekin tez fursatda shahar qayta tiklandi. Keyingi yillarda shahar chegarasi kengaydi, yangi mavze, ko‘chalar bunyod etiddi. B. boshqa tumanlar b-n Qoraqalpog‘iston avtomagistrali va Amudaryodagi Chalish pristani orqali bog‘langan. B.dan Nukus, To‘rtko‘l va b. shaharlarga samolyot va avtobuslar qatnaydi. B.da 14 umumiy ta’lim maktabi, musiqa va sport maktablari, 8 ommaviy kutubxona, 2 klub, madaniyat uyi, muzey, 7 kasalxona bor (2000).
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->