Beta-yemirilish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:11 dagi koʻrinishi

Beta-yemirilish (Remirilish, parchalanish)—atom yadrolarining elektron va antineytrino yoki pozitron va neytrino chiqarib radioaktiv yemirilishi (parchalanishi). B.ye.ning uch tipi ma’lum: elektron yemirilish (neytronning protonga aylanishi), pozitron yemirilish (protonning neytronga aylanishi) va elektron qamrash. Elektronlar chiqarganda yayaro elementlarning davriy sistemasivya o‘zidan keyin turgan kimyoviy element izotopiga, pozitronlar chiqarganda o‘zidan oldin turgan element izotopiga aylanadi. Elektron B.ye.da yadro zaryadi 1 ga ko‘payadi, pozitron B.ye.da 1 ga kamayadi; massa soni o‘zgarmaydi. B.ye. yadro kuchlari muammosiga bog‘liq masalalardan biridir. Yadro kuchlari elektromagnit va gravitatsion kuchlarga mutlaqo o‘xshamaydi. Bu kuchlar yadroning ikki zarrasi bir-biriga juda yaqin kelgandagina namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, bu kuchlar almashinish xususiyatiga ega, ya’ni zarralar uzoqlashganda bir-biriga tortiladi, yaqinlashganda esa itariladi va zarralar bir-biriga aylanadi. Mac, neytron protonga, proton esa neytronga aylana oladi. Demak, proton va neytron ayni bir zarraning ikki xil holatidir. Yadro tarkibida hech qanday o‘zgarish ro‘y bermaydi. Ba’zan, zarralar o‘zaro almashinadi. Bunday hodisa beqaror yadrolardagina kuzatiladi. Radioaktiv yadrolar tarkibida yo neytron, yoki protonlar ortiqcha bo‘ladi. Neytronlardan biri protonga aylansa, yadro turg‘un holatga o‘tadi. Bunda zaryadlar muvozanati saqlanishi uchun elektron yadrodan tez chiqib ketadi. Bu holda Rnurlanish ro‘y beradi. Agar yadroda ortiqcha protonlar bo‘lsa, ulardan biri neytronga aylanishi mumkin. Bunda musbat elektron (pozitron) hosil bo‘ladi va tez yadrodan chiqib ketadi. Neytronning o‘zi beqaror zarradir. U uzoq vaqt yadrodan tashqarida bo‘lsa, o‘z-o‘zidan proton va elektronga bo‘linadi. Proton yadroning elektron qobig‘idan elektron kamrashi natijasida proton neytronga aylanadi. Ko‘pincha, yadroga eng yaqin Kqobiqdan elektron ‘Kqamraladi, Kqamrash deb shuni aytiladi. Kkamrashda Kqobiqdagi bo‘shagan joyga yuqoriroq qobiqlardan elektronlar o‘tadi, bunda foton ajraladi. Umuman olganda B.ye. jarayoni qator murakkab masalalarni o‘z ichiga oladi. Bulardan biri yadrodan ajralib chiqayotgan elektron energiyasi masalasidir. Rnurlanishda radioaktiv atomdan elektronlar katta energiya b-n otilib chiqadi. Bu elektronlar energiyasi har xil usullar b-n (mas, magnit maydonida elektronlarning og‘ishini o‘lchash yo‘li b-n) aniqlanadi (q. Betanurlar detektoro‘). Kvant mexanika qonunlariga muvofiq, yadroda muayyan miqdordagina energiya bo‘lishi kerak. Haqiqatan yadro yemirilishda diskret miqdordagi energiyaga ega bo‘lgan azarralar va unurlar tarqatadi. Shu sababli r-nurlanishda ham aynan shu holni kuzatish mumkin. Muayyan izotop

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil