Biotit: Versiyalar orasidagi farq

mineral
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:24 dagi koʻrinishi

Biotit — slyudalar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi K (Mg, Fe)3[AlSi3)(OH F)2. Mineral fransuz olimi J. B. Bio nomiga qo‘yilgan. Olti qirrali, yaxshi shakllangan, taxlangan varaqilarga o‘xshash agregatlar hosil qiladi. Rangi qora, qo‘ng‘ir, yashilsimon qo‘ng‘ir. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 2,5—3,5. S. og‘. 2,7—3,3. Kattaligi 7 m2 gacha keladigan kristallari pegmatit tomirlarda uchraydi. Otqindi va metamorfik jinslar orasida tarqalgan. B. elektr issiklik izolyatorlari sifatida ishlatiladi. B. kukunidan bronza bo‘yog‘i tayyorlanadi. Markaziy Osiyoda juda keng tarkalgan. RF (Ural, Uzok, Sharq), Ukrainada katta konlari bor.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil