Bismark arxipelagi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:30 dagi koʻrinishi

Bismark arxipelagi — Tinch okeandagi bir tuda orollar. Papua—Yangi Gvineya tarkibida. Ikkita yirik orol (Yangi Britaniya va Yangi Irlandiya), Admiralteystvo slari va bir necha mayda orollardan iborat. Mayd. 50,5 km2 ga yaqin. Aholisi 399 ming kishi (1990) — melanez va papuaslar. Yirik orollari tog‘li (Yangi Britaniya o.da toglarning bal. 2300 m gacha yetadi), maydalari vulkan va marjon orollaridir; harakatdagi vulkanlar ham bor (Ulavun). Iqlimi ekvatorial, tropik o‘rmonlar b-n qoplangan. Koks palmasi, banan, shakarkamish, tamaki, paxta, makkajo‘xori yetishtiriladi. Qirg‘oq yaqinida okeandan baliq ovlanadi va marvarid olinadi. Yirik aholi punktlari va portlari: Rabaul, Kaviyeng , Lorengau. B. a.ni 1616 y.da gollandlar kashf etgan; 1884 y.dan arxipelag Germaniya mustamlakasi bo‘lgach, unga O. Bismark nomi berilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil