Bodom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Bodom (maʼnolari)}}
'''Bodom''' (Amygdalus L.) — ra’nodoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub daraxt va butalar. 40 ga yaqin turi ma’lum. Osiyo, Shim. hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning jan.da, Zakavkaze, O‘rta Osiyoda tarqalgan. O‘zbekistonda 5 turi mavjud. Ulardan bittasi — shirin mag‘izli B. (A. comminis L.) ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi. O‘zbekistonning dengiz sathidan 1000—1200 m gacha bo‘lgan togli zonalarida (Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida) o‘stiriladi.Botanik tavsifi. Daraxti 6— 10 m, shoxshabbasi piramidasimon yoki tarvaqaylagan. Ildiz tizimi yaxshi rivojlangan. Barglari nashtarsimon. O‘suv va meva novdalari chiqaradi. Erta bahorda, barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli oq yoki pushti, ikki jinsli. G‘oyat yorug‘sevar va qurg‘oqchilikka chidamli. Chetdan changlanganda yaxshi hosil beradi. Mevasi (bodomi) pust (pishganda yorilib ketadi) b-n qoplangan qattiq qobikli danak (yong‘oqcha). Iyulsent.da pishadi. Bodomi 0,5—4 g (mag‘zi 12—80%). Magzi tarkibida 35—67% yog‘, 30% gacha oqsil moddalar, shuningdek qand, yelimsimon moddalar (achchiq B. tarkibida 2,5% gacha amigdalin) bor. Po‘chog‘i naviga qarab yupqa (g‘alvirak), o‘rtacha va qattiq, mag‘zi shirin yoki achchiq bo‘ladi.Xo‘jalik ahamiyati . B. asosan, shirin mag‘zi uchun yetishtiriladi. B. mag‘zi iste’mol qilinadi, konditer sanoatida, moyi tibbiyotda, achchiq mag‘iz B.dan olinadigan efir moyi kosmetika sanoatida, po‘chog‘i likyor, konyak va vinolar rangi va ta’mini yaxshilashda ishlatiladi.Biologik xususiyatlari. B. 100, hatto 130 y.gacha yashaydi. Ko‘chati danakmevalilar (shaftoli, olcha, o‘rik) yoki achchiq B. danagini ekib olingan nihollarga shirin B. navlarini payvand qilish yo‘li b-n yetishtiriladi. Ko‘chati kuzda yoki bahorda 8x6, 8x8, 10x10 m sxemada ekiladi. Soz va toshloqi tuproqli, sug‘oriladigan bo‘z yerlarda yaxshi usadi. Ekilgan yili 8—10 marta, hosilga kirgach, 4—6 marta sug‘oriladi. Shoxshabbasiga siyrak yarusli, ba’zan kosasimon shakl beriladi. Daraxti 4—5 yildan boshlab meva beradi. 12—15yili to‘liqhosilga kiradi. Bir tupidan 60—80 kg gacha hosil olinadi. Daraxti 20—25° sovuqqa bardosh beradi.O‘zbekistonda ekiladigan asosiy navlari.Bo‘stonliq — shaftoli b-n chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Bodomi 2 g keladi. Po‘chog‘ining qalinligi o‘rtacha, mag‘zi shirin. Bahorgi qorasovuqqa chidamli. Ertagi — Buxoro bodomini oddiy B. b-n chatishtirib olingan. Erta gullaydi, mevasi iyudda pishadi. Mag‘zi shirin. Sovuqqa chidamli. G‘alvirak (yupqapo‘choq) — bodomining o‘rtacha og‘irligi 1,9 g , mag‘zi to‘q, erta gullaydi, mevasi avg ,da pishadi, sovuqqa chidami o‘rtacha. B.ning Yalta, Kosmos, Nikitskiy 62, Turkmenistan a’losi