Bozor iqtisodiyoti: Versiyalar orasidagi farq

Maqolaga matn qoʻshildi
("'''Bozor iqtisodiyoti''' bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikd..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi)
 
(Maqolaga matn qoʻshildi)
'''Bozor iqtisodiyoti''' bu erkin [[raqobat]]ga asoslangan [[iqtisodiyot]] boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va [[tadbirkorlik]]da erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda [[bozor mexanizmi]]dan foydalanish bilan tavsiflanadi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bozor iqtisodiyoti''' — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. B. i. insoniyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. B. y.ning asosini tovar i. ch. tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo‘jalik emas, balki tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo‘ladi, ya’ni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. B. i.ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya’ni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural iste’mol o‘rniga tovar iste’moli ustuvorlik qiladi. B. i. iqtisodiy liberalizm, ya’ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo‘jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy bo‘lgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo‘ladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil bo‘lib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yo‘l berilmaydi. B. i.da yakka tartibda, o‘z mulki va mablag‘iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko‘tarib ish yuritish usullari mavjud bo‘ladi. B. i.ning tayanchi tadbirkorlik bo‘lib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. B. i.da har bir kishi o‘z manfaatidan kelib chiqqan holda, qo‘lidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini o‘zi oladi. Nimani, qancha i. ch., uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. B. i. iqgisodiy sub’ektlar alohidalashganidan ular manfaati to‘qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo‘ladi. Raqobat B. i.ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. B. i. boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmi bo‘lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko‘plab hamda sifatli qilib i. ch.ni ta’minlaydi. B. i.da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. B. i.da boy bo‘lish man etilmaydi, aksincha, unga yo‘l ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi bo‘lmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past bo‘lishi mumkin emas. B. i. tovar taqchilligi bo‘lmagan, tovarlar mo‘lko‘lligi ta’minlanadigan iqtisodiyotdir. B. i.ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. [[Raqoba]]t sharoitida [[tovar]]lar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga [[davlat]]ning aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʻladi. Shu sababli davlatning roli, [[xususiy mulkn]]i himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir.
 
{{economy-stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
187 764

ta tahrir