Iso Boyzoqov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:53 dagi koʻrinishi

Boyzoqov Iso (1900.3.10, Pavlodar viloyati Yertis tumani — 1946.3.9, Olmaota) — qozoq xalq oqini, bastakor. Toshkentdagi qozoqqirg‘iz maorif in-ti (inpros)da o‘qigan (1924). Bu yerdagi havaskorlar to‘garagida qatnashib, "Qizil bug‘doy", "Yoshlarga" kabi ashulalar yozgan. Uning "Quralay suluv" (1925), "Cho‘pon ertagi" (1926), "O‘n bir kun va o‘n bir tun" (1938), "Oltoy etaklarida" (1939), "Kavkaz" (1941), "Oqbo‘pa" (1945) kabi dostonlarida insonparvarlik, sevgiga sadoqat, mehroqibat g‘oyalari tarannum etilgan. B. haqida N. Anov "Qushiq qanoti" (1956) nomli roman yozgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil