Boysun (tuman): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 3 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q1646711 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
'''Boysun tumani''' [[1926|1926-yil]] [[29-sentabr]]da tashkil topgan. Umumiy yer maydon 3,72 ming kv.km. Aholisi 75,3 ming kishi [1996]. Tuman markazi — Boysun shahri Termizdan 145 km shimoliy-gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 ta qishloq bor: Avlod, Boysun darvadar, Machay, Rabot, Sayrob, Qoʻrgʻoncha. Yaqin temir yoʻl bekati - Elbayongacha 72 km. Xongarangsoy, Shoʻrsoy, Qayroqsoy boshqa soylardan suv ichadi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Boysun tumani''' — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan (1962 y. 24 dek.da Sherobod tumani b-n birlashtirilgan. 1965 y. 29 dek.da qayta tuziddi). B. t. viloyatning g‘arbida joylashgan. Shim.sharkda Sariosiyo, sharqda Qumqo‘rg‘on, jan.da Qiziriq, Bandixon tumanlari, jan.g‘arbda Sherobod tumani b-n, shim.g‘arbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va g‘arbda Dehqonobod tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 3,72 ming km2. Aholisi 79 ming kishi (2000). B. t.da 1 ta tumanga bo‘ysunuvchi shahar (Boysun), 7 qishloq fuqarolari yig‘ini (Avlod, Boysun, Darband, Machay, Rabot, Sayrob, Qurg‘oncha) bor. Markazi — Boysun sh. Tabiati. B. t. hududining shim. va g‘arbiy qismini Hisor tog‘ tizmasi tarkibidagi Boysuntog‘ va uning tarmoqlari (Belovti, Xo‘jabo‘zbarak, Chol tog‘i, Xo‘jagurgurota, Gaurli, Sariqil, KentalaMachay tog‘lari, Ketmonchopti, Sarimas, Suvsiztog‘, Kulbatog‘ va b.) egallagan. Jan. va sharqi tog‘ oldi va adirlardan iborat. Tog‘lar orasidagi soyliklar, tog‘ oldilari o‘zlashtirilgan. Ukonit, keramzit, karbid, ohaktosh qazilma boyliklari topilgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. O‘zbekistonning boshqa tog‘li tumanlaridan issiklik resurslarining ancha balandlikkacha yuqoriligi b-n ajralib turadi. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi 850 m balandlikda 2°, 3200 m balandlikda —6°, iyulniki 830 m balandlikda 30°. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 500—1200 m balandlikda 150—400 mm, 1200 m dan balandda 450—800 mm. Vegetatsiya davri 230—240 kun. Mahalliy shamollar, fyon shamoli, afg‘on shamoli esadi. B. t. tog‘laridan juda ko‘p dare va soylar boshlanadi. Ularning eng muhimlari: Sheroboddaryo va uning irmoqlari Machaydaryo (O‘rmoncha, Jakandi, Olchasoy), Shurob, Xo‘jabulgansoy, Panjob, Laylagansoy; Xo‘jaipok daryosi va uning irmoqlari: Qo‘rg‘onchasoy (Xo‘jabo‘zbarak, Qizilsoy, Chindon, O‘rtanago soylari qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan), Halqajar (Olachopon va Qayroqsoy). Bulardan tashqari Hangaronsoy (Boysun), Pulhakimsoy va b. bor.B. t.da qadimiy qal’ashaharlar ko‘plab topilgan. Eng yiriklari: Poyko‘rg‘on, Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangto‘shtepa, Darband, Munchoqtepa, Bo‘yrachi, Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqo‘rg‘on. Ibtidoiy odamlar yashagan g‘orlar, manzillar: Teshiktosh, Machay, Katta Suluvkamar, Do‘konxona, Amir Temur, Iskandarxon va b. Sayrob chinori (Sayrob qishlog‘ida), Temir darvoza (Darband qishlog‘ida), Teshiktosh gori (Machay qishlog‘ida), Dinozavr izlari, Bibishox shotisi, Boybuloq g‘ori (Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida), Poyonqo‘rg‘on (Rabot qishlog‘ida) kabi tarixiy obidalar bor.Tuproqlari bo‘z tuproq, chimli, qo‘ng‘ir va och qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlari, shurxok tuprok/iap. Yovvoyi o‘simliklardan sho‘ra, yantoq, jinchak, qizg‘aldoq. boychechak, yaltirbosh, no‘xatak, tog‘rayxon, kiyiko‘t, gulxayri, shuvoq; dorivor o‘simliklardan alkor, hartol, zanjovul, o‘lmaso‘t, qontepar, oqshair; archa, yovvoyi mevali daraxtlar va b. usadi. Jayron, tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chka, silovsin, sug‘ur, bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri, qo‘ng‘ir ayiq, jayra, qushlardan kaklik, kalxat, burgut, lochin, qarchig‘ay, boyo‘g‘li, olashaqshak,, chil va b. yashaydi.Aholisi, asosan o‘zbeklar, shuningdek tojiklar ham yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi har bir km2ga 20,8 kishi. Shaharliklar 23899 kishi, qishloq aholisi 55099 kishi.Xo‘jaligi. B. t.da sanoat kam rivojlangan. Tuman Surxondaryo viloyati sanoat mahsulotining 0,8%ini beradi. Muhim foydali qazilmalari: <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Tuman xududida qazilma boyliklardan koʻmir, yonuvchi silaney, oltingurgut va boshqalar topilgan. Boysun koʻmir koni yopa qatlamlarida joylashgan. 1940-yillardan oʻzlashtirila boshlagan. Boysun togʻida fosfor konlari bor. Uning 95 foizi maʼdanli oʻgit sifatida ishlatiladi.
Qator 17 ⟶ 22:
 
[[Turkum:Surxondaryo viloyati]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}