Boks: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xqbot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Robot: Modifying tg:Бокс to tg:Муштзанӣ; cosmetic changes
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:Boxing080905 photoshop.jpg|thumb|right|250px|Boks matchi. Ringda Ricardo Domínguez (chapda) va Rafael Ortiz.]]
'''Boks''' ([[ingliz tili|ingl.]] ''boxing'', ''box'' — «urish» soʻzidan) [[sport]]ning yakkakurash turlaridan biridir.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Boks''' (ing . box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qo‘lqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. B. tarixi mil. av. davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qad. Olimpiya o‘yinlari dasturida ham shunday musobaqalar bo‘lgan. Zamonaviy B. vatani Angliyadir (16—17-a.lar). B.ning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946 y. asos solingan) 160 mamlakat a’zo (1999). B. 1904 y.dan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan, 1974 y.dan jahon chempionati, 1979 y.dan jahon kubogi musobaqalari o‘tkazib kelinadi.B. musobaqasi arqonlar b-n o‘ralgan 6x6 m o‘lchamli ring (supa)da o‘tkaziladi. B.chilar og‘irligi 270 g (10 unsiya) qo‘lqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (bo‘lim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaktida raqib yiqilganda, hakam kurashni to‘xtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada ko‘p ochko (xol) to‘plagan B.chi g‘olib deb topiladi. Zarb ta’sirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan B.chining o‘ziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha to‘xtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut bo‘lgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb ta’sirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga ko‘ra) kurash muddatidan oddin to‘xtatiladi va ikkinchi tomon g‘olib sanaladi.Xalqaro B. musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga to‘lganlar qo‘yiladi. 16—17 va 14—15 yoshlilar o‘rtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar B.ni ommalashtirish maqsadida o‘smiro‘spirinlar o‘rtasida 12 tadan ko‘proq vazn toifasida ham musobaqalar o‘tkazishadi. O‘zbekistonda zamonaviy B. 20-a.ning 20-y.laridan ommalashdi. Ilk B. musobaqasi 1922 y. Toshkentdagi "Fortuna" sport jamiyatida o‘tkazilgan. Uni S.L. Jakson uyushtirgan. Bu murabbiy yuzlab B. chilarni tarbiyaladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
== Tarixi ==
[[Tasvir:NAMA Akrotiri 2.jpg|thumb|right|Zamonaviy boksning qadimgi shakli — [[Minoy tamadduni|Minoy]] kurashi. [[Knoss]], [[Krit]].]]