Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot qoʻshdi: bxr:Болгар
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Bulgariya_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bolgariya''' (B’lgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o.ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz b-n o‘ralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poyta[[x]]ti — Sofiya sh. Ma’muriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga bo‘linadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan.Davlat tuzumi. B. — parlamentli respublika. 1946 y.dan 1990 y. 15 noyab.gacha B. Xalq Respublikasi deb atalgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 12 iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (1997 y.dan Petr Stoyanov). Uni mamlakat aholisi to‘g‘ri va yashirin ovoz berish yo‘li b-n 5 y. muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 240 deputatdan iborat Xalq majlisi (doimiy ishlaydigan organ). Yangi konstitutsiyani qabul qilish, B. hududini o‘zgartirish masalasi yoki davlat tuzilishi va mamlakat boshqaruvi shakliga uzgartirish kiritish masalalarini hal etish uchun 400 vakildan iborat Buyuk [[x]]alq majlisi saylanadi. U o‘ziga havola qilingan masalalar yuzasidan uzilkesil qaror qabul qilganidan so‘ng vakolati to‘[[x]]tatiladi. Vazirlar Kengashi (hukumat) ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi.Tabiati. B. relefida tog‘ va qirlar ustunlik qiladi (mamlakat hududining 70%ga yaqini). Mamlakat o‘rtasidan (g‘arbdan sharqqa) Bolqon tog‘lari (mahalliy nomi StaraPlanina) kesib o‘tgan. B. shim.da Dunay sertepa tekisligi bor; sharqda bu tekislik Dobruja platosiga tutashgan. SrednaGora va Rodop tog‘lari oralig‘ida Maritsa daryosi bo‘ylab mamlakatdagi eng unumdor Yuqori Frakiya (yoki Maritsa) pasttekisligi joylashgan. Qora dengiz sohili aksari pasttekislik. Jan. va jan.g‘arbida RilaRodop tog‘lari bor. Rila tog‘larida Musala cho‘qqisi (2925 m) Bolqon ya.o.dagi eng baland cho‘qqidir. Eng muhim qazilma boyliklari: ko‘mir (Sharqiy Maritsa, Pernik, BobovDol havzalari), temir (Kremikovsi koni), qo‘rg‘oshinru[[x]] (Rodop), mis (Medet) rudalari, tosh tuz (Mirovo), neft, ma’danli suvlar va qurilish materiallari. B.ning ko‘p qismida iqlim mo‘’tadil kontinental. Jan.da O‘rta dengiz iqlimining ta’siri bor. Tog‘larda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning o‘rtacha t-rasi 23—25°, yanv. niki — 2° dan 2,5° gacha, toglarda —10,8° gacha. Yog‘inni g‘arbiy va shim. g‘arbiy shamollar keltiradi. Yillik yog‘in tekisliklarda 450—600 mm, tog‘larda 850—1300 mm. Yog‘inning ko‘p qismi yozning birinchi yarmida yog‘adi. Qurg‘oqchilik bo‘lib turadi. B. daryolarining hammasi tog‘lardan oqib tushadi. Yoz o[[x]]irida juda sayozlanib qoladi. Eng katta daryolari: Dunay (kema qatnaydi), Iskir, Maritsa, Mesta va Struma. Daryolardan sug‘orishda va elektr hosil qilishda foydalaniladi. Daryolarga ko‘plab suv omborlari qurilgan. B. da ko‘llar kam, borlari ham kichik ko‘llar, asosan, Rila va Pirin tog‘larida. 500 dan ko‘proq ma’danli buloq bor. Dunay tekisligida aksari kora va bo‘z o‘rmon tuproq, Bolqon tog‘laridan jan.da qo‘ng‘ir va qoramtir, tog‘larda qo‘ng‘ir o‘rmon va tog‘ o‘tloq tuproqlari, daryo qayirlarida unumdor allyuvial tuproklar bor. Tabiiy o‘simliklar faqat tog‘larda saqlanib qolgan. B. hududining 1/3 qismi o‘rmon, shundan 75% i keng bargli dara[[x]]tlar (dub, grab va qoraqayin), 24,7% i qarag‘ay o‘rmonlari. 1700—2000 m dan balandda subalp va alp o‘tloklari bor. Tekisliklarning ko‘p qismi ekinzor. Hayvonot dunyosi [[x]]ilma[[x]]il. O‘rmonlarda — asl bug‘u, ohu, elik va tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chqa; tog‘larda — sassiqko‘zan, bo‘rsiq, latcha, tik kuchlar ittifoqi harakatlari va tashkilotlari koalitsiyasi g‘alaba qildi (bu ittifoq 1989 y.da tuzilgan edi). B. — 1955 y.dan BMT a’zosi. O‘zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 5 sent.da o‘rnatgan. Milliy bayrami — 3 www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 502mart — B.ning Turkiya zulmidan ozod bo‘lgan kuni (1878).Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari. B.da 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat ish olib boradi. Asosiylari: B. sotsialdemokratik partiyasi, 1891 y.da asos solingan, 1948 y.da faoliyatini to‘[[x]]tatgan,1989 y.dan qayta faoliyat ko‘rsata boshladi; B. sotsialistik partiyasi, 1990 y. apr. da tashkil etilgan; B. biznesbloki, 1991Y. 22yanv.da ro‘y[[x]]atdan o‘tkazilgan; B. dehqonchilik [[x]]alq ittifoqi, 1899 y.da asos solingan; Huqukdar va ozodlik uchun harakat, B. musulmon aholisini birlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 1990 y. yanv.da asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlashma, 1994 y.da asos solingan. B. dehqonchilik [[x]]alq ittifoqi b-n Demokratik partiyani o‘z ichiga oladi; Demokratik kuchlar ittifoqi, 1989 y. dek.da tashkil etilgan. B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan; "Podkrepa" mehnat konfederatsiyasi, 1990 i. tashkil etilgan; "Birlik" mustaqil kasaba uyushmasi, 1990 y.da asos solingan.Xo‘jaligi. B. — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 36%, q.[[x]].ning ulushi 12%, [[x]]izmat ko‘rsatish sohasi ulushi 52% ni tashkil etadi.Sanoatida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 41% band. Mashinasozlik, elektron va elektr te[[x]]nika, metallsozlik, qurilish materiallari i.ch., qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, yog‘ochsozlik, oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Yiliga o‘rtacha 35,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. B. ning yoqilg‘ienergetika za[[x]]iralari cheklangan, qazib olinayotgan ko‘mirning sifati past. Pleven va Shabla atroflarida ozroq neft, Vratsa yaqinida gaz konlari bor. Elektr energiyaning aksariyatini issiqlik elektr st-yalari beradi. Kozloduy sh. yaqinida atom elektr st-yasi qurilgan. B.ning metallurgiya sanoati mamlakatning rangli metallar (qo‘rg‘oshin, py[[x]] va mis) ga bo‘lgan ehtiyojini to‘lato‘kis, prokat va qora metallga bo‘lgan ehtiyojining ko‘p qismini qondiradi. Mashinasozlikda, asosan, ko‘tarma transport vositalari (elektr karlar va motokarlar, liftlar), metall qirqish stanoklari, og‘ir va energetika uskunalari, q. [[x]]. mashinalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, transport vositalari va b. ishlab chiqariladi. Asosiy mashinasozlik markazlari: Sofiya, Ruse, Varna, Burgas, Gabrovo, Lovech, Plovdiv, Shumen. Sement sanoati Devnya, Pleven va Vratsadagi z-dlardan iborat. RilaRodop tog‘laridagi igna bargli dara[[x]]tlar, Bolqon tog‘laridagi buk o‘rmon yog‘ochlari asosida yog‘ochsozlik, jumladan, mebelsozlik tarmog‘i barpo etilgan. To‘qimachilik sanoatida ip gazlama to‘qish, yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal i.ch. yetakchi o‘rinda. Oziq-ovqat sanoatida chetga chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar — tamaki, konserva, vino va konyak i.ch. rivojlangan.Qishloq [[x]]o‘jaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. B.da g‘alla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yem[[x]]ashak, te[[x]]nika ekinlaridan tamaki, pa[[x]]ta (jan.da), kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari bo‘yida ekiladi. B.da bog‘dorchilik va tokchilik rivojlangan. Pomidor va chuchuk qalampir ko‘p yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qo‘y, ot, eshak, [[x]]achir, cho‘chqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlash porti — Burgas.Transporti. Ichki yo‘llarda yuk va yo‘lovchi tashishda t.y. (yuklarning 17% tashiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% tashiladi) ning www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 503ahamiyati katta. T.y.larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlashtirilgan) va avtomobil yo‘llarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). B. hududidan G‘arbiy Yevropani Yaqin Sharq mamlakatlari b-n bog‘lovchi [[x]]alqaro t.y. va avtomobil magistrallari o‘tgan. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga [[x]]izmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Svishtov, Lom). "Balkan" va "JesAyr" firmalari samolyotlari [[x]]alqaro va ichki yo‘nalishda yo‘lovchilar tashiydi.Tashqi iqtisodiy aloqalar i . B. dunyoning yuzdan ortiq mamlakati b-n savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Chetga ko‘tarmatransport mashinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlashtirish vositalari, elektron va elektr te[[x]]nika mahsulotlari, stanoklar, mebel, mo‘yna sanoati mahsulotlari, q.[[x]]. [[x]]om ashyosini qayta ishlash asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, sharbat, vino, efir moyi), sabzavot va ho‘l mevalar chiqaradi; chetdan asosan mashinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga chet el sayyo[[x]]digi anchagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kishi kelib ketadi). Pul birligi — lev.Tibbiy [[x]]izmati. B. da 70 mingga yaqin o‘rinli kasal[[x]]onalar bor. 25 mingga yaqin shifokor ishlaydi. Shifokorlarni Sofiya, Plovdiv, Varnadagi tibbiyot intlari tayyorlaydi. Boroves, Varna, Drujba, Zlatni Pyasitsi, Nesebir, SlinchevBryag iqlimiy kurortlari, Kyustendil, Hisara ma’danli suv va Tuzla, Pomoriye balchiq b-n davolash kurortlari mashhur.Xalq ta’limi, ilmiy va madaniyma’rifiy muassasalari. B.da 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etilgan. Polite[[x]]nika va hunarte[[x]]nika maktablari, bilim yurtlari va te[[x]]nikumlar bor. Yirik oliy o‘quv yurtlari Sofiya, Plovdiv, VelikoTirnovo untlaridir. Ilmiy markazlari: Bolgariya Fanlar akademiyasi, Q.[[x]]. fanlari akademiyasi, Tibbiyot akademiyasi. Sofiyada Xalq kutub[[x]]onasi, unt hamda FA kutub[[x]]onalari va b. ommaviy kutub[[x]]onalar, Milliy badiiy galereya, etn., harbiy tari[[x]] (Pleven sh.da) muzeylari va b. bor.Matbuoti, radioeshittirishi va teleko‘rsatuvi. B. dagi asosiy gaz.lar: "Demokratsiya" ("Demokratiya", Demokratik kuchlar ittifoqining kundalik gaz., 1990 y. dan), "Duma" ("So‘z", B. sotsialistik partiyasining kundalik gaz., "Rabotnichesko delo" gaz. o‘rniga 1990 y.dan), "Zemedelsko zname" ("Dehqonlar bayrog‘i", kundalik gaz., B. dehqonchilik [[x]]alq ittifoqining nashri, 1902 y. dan), "Svoboden narod" ("Ozod [[x]]alq", haftalik gaz., B. sotsialdemokratik partiyasining organi, 1990 y.dan), "Trud" ("Mehnat", B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasining organi, 1923 y.dan). Bolgariya telegraf agentligi — BTA, SofiyaPress matbuot agentligi (1967 y.da tashkil etilgan) mavjud. 1929 y.dan radioeshittirishlar, 1959 y. noyab.dan teleko‘rsatuvlar berib boriladi.Adabiyoti. B. adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si bo‘lib, u 9-a. ning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga keldi. 9—10-a. lardagi yozuvchilar — Kliment O[[x]]ridskiy, Konstantin Preslavskiy, Chernorizes Xrabr va b. ijodi diniynasihat ruhida bo‘lgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida sharqiy slavyanlarning ma’naviy turmushiga ta’sir o‘tkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelishiga ko‘maklashdi. B.ning Vizantiya hukmronligi (1018—1187) ostida bo‘lishi milliy adabiyot rivojlanishiga to‘sqinlik qildi. Ikkinchi bulg‘or podsholigi (1187—www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 5041396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-a.lardagi taniqli yozuvchilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18-a. 2-yarmida boshlangan B. milliy uyg‘onishi adabiyotning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vrachanskiy asarlarida aks etdi. 19-a.da D. Popskiy, K. Ognyanovich, P. Protich va b. ijod etdilar. Tarjima asarlari ta’sirida sentimental poeziya paydo bo‘ldi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (19-a.ning 50—70-y.lari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki bo‘ldi. Realistik asarlarning paydo bo‘lishi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi b-n bog‘liq. I. Vazovning "Zulm ostida" romani, "Unutilganlar epopeyasi" lirik turkumi, P. P. Slaveykovning "Konli qo‘shiq" dostoni shu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-a.ning 90-y.larida tanqidiy realizm yetakchi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Strashimirov). I. Vazovning "Darbadarlik qo‘shiqlari" she’rlar to‘plami, P. Yavorovning "Ekinzorda", "Do‘l" dostonlarida haqqoniyat uchun kurash g‘oyasi aks etdi. Karshilik ko‘rsatish harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpachev kabi yozuvchilar ham qalam, ham qurol b-n kurashib, yuksak g‘oya yo‘lida halok bo‘ddilar. 2-jahon urushidan keyin S. Dichevning "Ozodlik uchun", D. Talevning "Temir chiroq", "Prespan qo‘ng‘iroqlari", S. Daskalovning "Yo‘l", D. Angelovning "Hayot va o‘lim evaziga" romanlarida tari[[x]]iy o‘tmish yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyashka, P. Vejinov, K. Kalchev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kishilarning yangicha insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Shoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. Andreev, B. Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli o‘rin egallaydi. Insoniylik, a[[x]]loq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini tashkil etadi.Me’morligi. Mil. av. 4-a.da Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis sh. qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan mil. 1— 2-a.lardagi Ratsiariya, Eskus va b. shaharlarning harobalari qolgan. Jan.da — Chobandera, Belovo, Hisar va b. shaharlarda 4—9-a.lar me’moriy yodgorliklari, ibodat[[x]]ona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng mashhuri hoz. Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodat[[x]]onasidir. B. qadimiy me’morligi ikki davrga — 1podsholik (681 — 1018), 2-podsholik (1187—1396) davriga bo‘linadi. 1podsholik davri (poyta[[x]]ti Pliska) da o‘z zamonasining kuchqudratini aks ettiruvchi hashamatli binolar va ibodat[[x]]onalar qurilgan, ularda marmar toshlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podsholik davri (poyta[[x]]ti Tirnovo) da B. me’morligi yuqori bosqichga ko‘tarildi. Tirnovodagi "Qirq jafokash" (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi "Aliturgita", "Ioanna", "Pantokratora" (13—14-a.lar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-a.), Boyan sh.laridagi ibodat[[x]]onalar, Tirnovo qal’a devori va "Baba Vida" (14-a.) qal’asi diqqatga sazovordir. B.da turklar hukmronligi davrida [[x]]alq me’morligi kuchaydi. B. turklar asoratidan qutulgach (1878), yangi [[x]]ildagi turar joy, sanoat va maishiy binolar bunyod bo‘la boshladi: Sofiyadagi "Sinodal palatasi" va "Mineralli hammom" (1880, me’mor I. Monchilov). Brones sh.da "Bistritsa" — shoh saroyi (me’mor I. Koychev), Sofiyada "Aleksandr Nevskiy" ibodat[[x]]onasi (me’mor A. N. Pomeransev) va b. qurilgan. 1934 y.da Sofiya, Varna, Plovdiv va b. shaharlarning loyihalari ishlab chiqildi. 2-jahon urushidan keyin shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 505dam olish uylari, turar joy binolari, z-d, fka va b. binolar qurilishi avj oldi.Tasviriy san’ati. B. hududida antik davrga mansub frakiylar qabr toshlari, qad. maqbaralarda noyob devoriy rasmlar (Qozonliqyaqinida, mil. av. 4— 3-a.lar) va b. yodgorliklar, o‘rta asrlardan ajoyib haykallar, mozaika va naqshli keramika buyumlari saqlangan. 12—14-a.larda rassomlik (Tirnovo maktabi yetakchilik qilgan), kitob miniatyurasi taraqqiy etgan. Turklar hukmronligi davrida [[x]]alq ijodi (o‘ymakorlik, keramika, kashtachilik) ko‘proqrivojlandi. B. milliy badiiy realistik maktabi 19-a. o‘rtalaridan paydo bo‘ldi (Zahariy Zograf, S. Dospevskiy, X. Sokev, N. Pavlovichlar portret, tari[[x]]iy va vatanparvarlik ruhida kartinalar yaratdilar). 1878 y. qo‘zg‘olonidan keyin I. Mirkvichka, Ya. Veshin, I. Angelov, A. Mitov va b. rassomlar [[x]]alq hayotini haqqoniy ifodaladilar. 20-a.ning birinchi choragida manzarachi rassom (A. Mi[[x]]ov, N. Petrov), siyosiy karikaturachi (A. Bojinov), haykaltarosh (A. Nikolayev, I. Lazarov)lar ijod qildilar. 20—30-y.larda demokratik an’analarni rassomlardan X. Stanchev, S. Venev, haykaltarosh I. Funev, suratkash I. Beshkov va b. davom ettirdi, keyingi vaqtlarda [[x]]alq hayotidagi yangi o‘zgarishlarni rassomlarning keksa avlodi (S. Venev, D. Gujenov, V. DimitrovMaystor, M. Markov, B. Mitov, A. Mi[[x]]ov, A. Nikolov, I. Petrov, D. Uzunov, I. Funev va b.) va yoshlar o‘z polotnolarida tasvirladilar. Xalq amaliy san’ati: keramika, kashtachilik va b. ham rivojlanmoqda.Teatri. B. teatr san’ati tari[[x]]i [[x]]alq o‘yini va tomoshalaridan boshlanadi. 19-a.da milliy ozodlik harakatining avj olishi b-n B. milliy teatri ham tashkil topa boshladi. 1856 y. da birinchi teatr tomoshalari ko‘rsatildi. 1866 y.da Brail sh.da (Ruminiya) dramaturg va rej. D. Voynikov rahbarligida bolgar truppasi tashkil qilindi.1883 y. Plovdivda birinchi professional teatr truppasi ish boshladi. 1886 y.da bu yerda "Plovdiv havaskorlik truppasi" tashkil topdi. 1888 y. bu truppa Sofiyaga ko‘chib o‘tib, "Bolgar [[x]]alq asosiy truppasi" deb ataldi. 1891 y. dramatik va opera truppalari tuzildi. 1892 y. da tuzilgan "Kulgi va ko‘z yoshlari" truppasi 1904 y.da [[x]]alq teatriga aylantirildi. Keyinchalik "Zarya", R. Popovaning dramatik teatri, Yangi [[x]]alq teatri, "Zamonaviy teatr", "Erkin teatr", shuningdek Varna, Ruse, Qozonlikdagi teatrlar vujudga keldi. Bolgar teatri taraqqiyotida V. Kirkov, S. Ognyanov, S. Bichvarov, A. Bulevskaya kabi san’atkorlarning faoliyati katta rol o‘ynadi. B. teatrlari repertuaridan milliy dramaturglar I. Vazov, O. Vasilev, K. Zidarov kabilarning , shuningdek jahon klassik va hoz. zamon chet el dramaturglarining asarlari o‘rin olgan. F. Filipov, K. Mirskiy, R. Delcheva, O. Kircheva, S. Gesov, I. Kondov, M. Popova, V. Trandafilov, 3. Yordanova, G. Stamatov kabi rej. va aktyorlar B. teatr san’atining yirik arboblaridir.Musiqasi. Eng qad. [[x]]alq qo‘shiqlari marosim, mehnat, qahramonlik, lirik qo‘shiklardan iborat. Xalq odatlarini ifodalovchi [[x]]oro, ruchenitsa raqslari bo‘lgan. Musiqa folklorida birikki ovozli qo‘shiqlar ko‘proq, uchto‘rt ovozli qo‘shiqlar kamroq uchraydi. Xalq qo‘shiq va raqslarining vazni Yaqin Sharq musiqasi ta’sirida boyigan. Asosiy milliy cholg‘u asboblari — gadulka, gayda, kaval va tambura. O‘rta asrlarda [[x]]alq kuylari va cherkov musiqasi keng tarqalgan, milliy sozanda, bastakorlar yetishib chiqqan. Turkiya asoratidan qutulgach, B. ning professional musiqa taraqqiyoti uchun qulay sharoit tug‘ildi. Xalq qiroat[[x]]onalari huzurida [[x]]or jamoalari tuzildi. 19-a. o[[x]]iri va 20-a. boshlarida Ye. Manolov, D. Xristov, G. Atanasov kabi dastlabki professional www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 506kompozitorlar yetishdi. 1904 y.da Sofiyada musiqa maktabi (1921 y. dan Davlat musiqa akademiyasi, 1954 i. dan B. davlat konservatoriyasi) ochildi, 1908 y.da opera teatri (1921 y.dan Sofiya [[x]]alq operasi) tashkil etildi. 20-a. boshlarida A. Bukoreshchliyev, D. Xristov, P. Pipkov, Al. Morfov, A. Kristev kabi kompozitor va musiqa folklorchilari asosan [[x]]or musiqasi sohasida ishladilar. G. Atanasov "Gergana", "Sveta" kabi dastlabki B. operalarini yaratdi. P. Vladigerov simfonik musiqani boshlab berdi. P. Staynov b-n V. Stoyanovlar simfonik va [[x]]or musiqasining yirik ustalaridir. O‘zbekistonda B. san’at ustalari ko‘p marta konsert bergan. Kinosi. B. da 1910 y. dan boshlab milliy operatorlar suratga olgan voqeiy va hujjatli lentalar chiqarilgan. Birinchi bolgar badiiy filmi "Savlatli bulg‘or" (rej. V. Gendov) 1915 y. chiqdi. B. da birinchi ovozli film "Qulning isyoni" (rej. V. Gendov) 1933 y.da namoyish etildi. 2-jahon urushidan keyin B. da milliy kinosan’at rivojida yangi pogona boshlandi. D. Dakovskiy, B. Sharaliyev, A. Yanchev, A. Marinovich, 3. Jandov kabi rej. lar, P. Vejinov, A. Vagenshteyn, X. Ganev kabi ssenariychilar yetishdi. 50-y.larda "Trevoga" (rej. 3. Jandov), "Vatan osmonida tong" (rej. A. Marinovich va S. Sirgajiyev), "Notinch yo‘l" (rej. D. Dakovskiy) filmlari ekranga chikdi. "Shipka qa[[x]]ramonlari" (1955), "Tari[[x]] sabogi" (1957) filmlari yaratildi. Keyingi yillarda chiqqan "Kambag‘al ko‘cha" (rej. X. Piskov), "Biz unda yosh edik" (rej. B. Jelyazkova), "Asir qushlar" (rej. D. Mundrov), "Shaftoli ugrisi" (rej. V. Radev), "Inspektor va tun" (rej. R. Vilchaiov), "Muhabbat" (rej. L. Staykov) kabi filmlarda yangi, hayotiy mavzularni ko‘tarish, mazmundorlik, ta’sirchanlikning yangi vositalarini izlash seziddi. B. da har yili 200 ga yaqin hujjatli, ilmiyommabop, multfilm va 10—20 badiiy film ishlab chiqariladi. Kino aktyorlardan N. Kokanova, G. GeorgiyevGes, S. Danailov, D. Tonchevalar mashhur.O‘zbekistonB. munosabatlari. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uchun huquqiy asos yaratish, savdoiktisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma kor[[x]]onalar barpo etish sohasida bir muncha ishlar qilinmoqda. B. savdoiqtisodiy delegatsiyasining 1994 y. iyunida O‘zbekistonga tashrifi natijasida iqtisodiyot va savdo-sotiqning bir qancha sohalarida hamkorlik qilish haqidagi bayonnomalar imzolandi. 1997 y. noyab.da B. tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Shu yil 12 noyab.da Toshkentda B. tadbirkorlari vakillari ishtirokida O'zbekiston ishbilarmonlari uchun biznesseminar o‘tkazildi. Unda ikkala mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy aloqalarni yangi mazmun b-n boyitish va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida kelishib olindi. Bolgariyalik mehmonlarning "O‘zbeksavdo", "O‘zbekengilsanoat" uyushmalarida, "O‘zbekneftgaz" korporatsiyasi (1998 y. dek.dan [[x]]olding kompaniya), Toshkent sh. hokimligi, Sog‘liqni saklash vazirligi va "Uzfarmsanoat" konsernida o‘tkazgan muzokaralari samarali yakunlandi.O‘zbekiston Respublikasi bilan B. o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1995 y. da 19,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va 1994 y. ko‘rsatkichidan deyarli 2 baravar oshdi. B. O'zbekistondan pa[[x]]ta tolasi, kalava ip, rangli metallar, noorganik kime mahsulotlari, me[[x]]anika asbobuskunalari sotib olmoqda va transport [[x]]izmatidan foydalanmoqda. O‘zbekiston esa B.dan dori-darmon, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qandshakar, efir moylari, qandolat mahsulotlari, pardozandoz buyumlari, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, tamaki va h. k. keltiradi.www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 5071997 y. yanv. sent. oylarida o‘zaro tovar aylanmasi 8089,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi va O‘zbekistonning eksporti importidan 825,2 ming dollar ortiq bo‘ldi.Alohida tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik quyidagicha: "Uzfarmsanoat" konserni B. ning farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqaruvchi katta birlashmasi "Farma[[x]]im" b-n qo‘shma kor[[x]]ona barpo etishga kirishdi. Jumladan, bron[[x]]olitin preparatini i.ch. kor[[x]]onasini tashkil etish shartnomasiga binoan B. tomoni 200 ming AQSH dollari qiymatiga ega bo‘lgan asbobuskuna va materiallar yetkazib beradi. Bu kor[[x]]ona yiliga 1 mln. flakon preparat ishlab chiqaradigan bo‘ladi. "O‘zelte[[x]]sanoat" uyushmasining "Foton" aksiyadorlik jamiyati "Karat" nazoratkassa apparatlari uchun butlovchi qismlar yetkazib berish haqida "Sofiya" firmasi b-n shartnoma tuzdi.O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B.ning "Bulbank", "Ferst investment Bank LTd" banklari b-n vakillik munosabatlari urnatdi. "Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi" aksiyadorlik jamiyati 1990—91 y. larda B.ga 3 ta Il76 TD samolyotini yubordi.1997 y. dek.da UzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ro‘y[[x]]atidan o‘tgan B. sarmoyasi ishtirokidagi 15 ta qushma kor[[x]]ona bulgan. Ular orasida telefon apparatlari ishlab chiqaruvchi "Sitora", elektrkardiograflar yig‘uvchi va ularning ehtiyot qismlarini almashtiruvchi "Kontakt", tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Sikander", tish pastasi va b. ruzgor kimyosi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Albo", hisoblash te[[x]]nikasini ta’mirlovchi va ularga [[x]]izmat ko‘rsatuvchi "Bulteks", bolalar taomi va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Rossi S. A." va b. kor[[x]]onalar bor. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yuz foiz B. sarmoyasidagi "Bulgar Tradiud Co" tashqi savdo kor[[x]]onasini ruy[[x]]atdan utkazgan. Bundan tashqari mazkur vazirlik huzurida B. ning 2 ta firmasi: "Veko Limited" (akkumulyator i. ch., yuk tashish va sayyohlik faoliyati), "U. B. T. Ko" (t.y. transporti uchun asbobuskuna va materiallar yetkazib berish, yuk tashish va ekspeditorlik faoliyati) vakolat[[x]]onalari rasmiylashtirilgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Bolgariya''' ([[Bolgar tili|Bolgarcha]]: ''България'', [[Xalqaro Fonetik Alifboda (''International Phonetic Alphabet'')|IPA]]: /{{IPA|ˌbɤlgarˈia}}/), rasmiy ravishda '''Bolgariya Respublikasi''' (Bolgarcha: ''Република България'', IPA: /{{IPA|rɛpˈubliˌka ˌbɤlgarˈia}}/), janubiy-sharqiy [[Yevropa]]dagi davlat. U sharqdan [[Qora Dengiz]], janubdan [[Gretsiya]] va [[Turkiya]], g'arbdan [[Serbiya]] va [[Makedoniya Respublikasi]] va shimoldan [[Ruminiya]] bilan [[Dunay]] daryosigacha chegaralanadi.
Qator 311 ⟶ 316:
[[zh-yue:保加利亞]]
[[zu:IBulgariya]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}