Bolgʻa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 01:02 dagi koʻrinishi

Bolg‘a — zarb berish uchun ishlatiladigan dastaki qurol. Kallak va dastadan iborat. B. kallagi, odatda, uglerod (0,4—0,6%S) li po‘latdan, dastasi asosan yog‘ochdan yasaladi. Kallakning har ikki tomoni toblanadi. B.larning turli xillari.,mas, yog‘och B., yumshoq muhrali B., tepmaydigan (urganda sakrab ketmaydigan) B., xavfsiz (zarb paytda detalni berkitib turuvchi) B. bor (rasm). Miskarlikda: 1) xoyis (xoyisk) yoki xoyischorsi B. — misni yupqalashda; 2) xoyis bag‘al, kapchin yoki chambar B. — misni yoyibyig‘ishda; 3) nimchorsi B. — misda qolgan izlarni ketkazishda; 4) yumaloq B. — mis idishlarning ichki tomoniga ishlov berishda; 5) teruv B. — mis idishlarning yuzini silliklashda ishlatiladi. Temirchilik, taqachilik va pichoqchilikda: 1) metin B. — ketmon qirg‘og‘idan yelka chiqarishda; 2) dasxoyis B. — temirchi, taqachi va pichoqchilar bosqonchi b-n birga ishlaganda; 3) teruv B. — ketmonning orqaoldini, taqaning yuzini tekislashda; 4) dusara B. — ketmon zo‘g‘atasining chetini qaytarishda; 5) barchinxoyis B. — kushpichoq yasashda ishlatiladi vab.Texnikada metallga zarb b-n ishlov (shakl) beradigan asbob. Temirchilikshtamplashda ishlatiladi. Bug‘havo, pnevmatik, mexanik va gidravlik yuritmali, elektr turlari bor (yana q. Bolg‘alash mashinasi, Bosqon).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil