Botanika bogʻi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Botanika bog‘i (maʼnolari)}}
'''Botanika bog‘i''' — tirik o‘simliklar kolleksiyasini yig‘adigan va shu asnoda o‘simliklar dunyosi xillari va boyligini o‘rganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan i. t., o‘quvyordamchi va madaniymaorif muassasasi. B. b. asosini ochiq dalada va oranjereyalarda o‘stirilib, i. t. ishlarida va ko‘rgazmalarda foydalaniladigan o‘simliklar kolleksiyasi tashkil etadi. O‘simliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Kupchilik B. b.da dendrariylar va tog‘ o‘simliklari (alpinariylar), foydali o‘simliklar (dorivor, oziq-ovqat, texnika, dekorativ va b.) uchastkalari bo‘ladi. Yirik B. b.da 2—3 minglab o‘simlik turlari o‘stiriladi. B. b.ning asosiy ilmiy vazifasi — foydali o‘simliklarni qidirib topish, ularni kompleks o‘rganish va introduksiya qilishdan iborat.B. b. tarixan dastlabki ilmiy botanik markaz hisoblanadi. Ulardan ko‘pchiligi botanikaning bir qator bo‘limlari bo‘yicha tadqiqot olib boradigan kompleks intlar hisoblanadi; boshqalari muayyan mavzu yoki muammolar bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘ladi.B.b. Yevropada monastir bog‘lari asosida vujudga kelgan. Dastlabki B. b. 14-a.da Italiyada (Salerno, 1309; Venesiya 1333) paydo bo‘lgan. 16— 17-a.larda B. b. Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Shvesiya va b. mamlakatlarda tashkil etilgan, ularda asosan dorivor o‘simliklarni o‘rganish sohasida tadqiqotlar olib borilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B. b.lari boshqa o‘lkalardan keltirilgan o‘simliklarni sinovdan o‘tkazish b-n shug‘ullanadi. B. b.dan eng yiriklari 25 ming o‘simlik turiga ega bo‘lgan Ksyu (London), Edinburg (35 ming), K. Linney ishlagan Upsala (10 ming), Utrext (10 ming), Bryussel (13,5 ming), Berlin (18 ming), Jeneva (15 ming) va b. shaharlarda mavjud. Amerika qit’asida B. b. 18-a.dan tashkil etila boshlandi. Bu kit’ada NyuYork (15 ming), Bruklin (8 ming), Monreal (20 ming), RiodeJaneyro (7,5 ming) B. b. eng yirik bomardir. 18—19-a.larda B. b.lari Osiyo va Afrika mamlakatlarida tashkil etila boshlandi. Ular orasida eng mashhurlari Kalkutta (Hindiston), Bogor (Indoneziya), Paradeniya (Indoneziya)dagi B. b. hisoblanadi. Podsho Rossiyasi hududida B. b. 19-a. dan tashkil etila boshlagan. Ular orasida eng asosiylari Nikita (Qrim), Tbilisi, Batumi, Ukraina, Sibir B. b. va Moskvada joylashgan Rossiya FAning Bosh B. b. hisoblanadi.O‘zbekistonda B. b. 1921 y.da Toshkent davlat un-ti qoshida tashkil etilgan. Toshkentdagi Botanika bog‘i dunyodagi eng yirik B. b. qatoriga kiradi. (q. Botanika instituti va botanika bot).Ad.: Botanicheskiye sadi mira (Kratkiy spravochnik) M., 1959; Rusanov F. N., Botanicheskiy sad AN UzSSR, T., 1963.