Boshqirdlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MerlIwBot tomonidan qilingan 775924 tahriri qaytarildi (mun.)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 19:
|related = boshqa [[turkiy xalqlar]]
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Boshqirdlar''' (o‘zlarini bashkort deb ataydilar) — RFdagi turkiy xalq. Boshqirdistonning asosiy aholisi (864 ming). Rossiya Federatsiyasida jami 1,35 mln. (1992). Markaziy Osiyo respublikalarida ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. B.ning ajdodlari Ural tog‘ining janubiy r-nlarida qad. davrdan yashab kelgan. 4-a.da hunnlarning katta bir qismi hoz. Boshqirdistonning janubiy r-nlariga o‘rnashib, yerlik xalqlar b-n aralashib ketgan. 8— 10alarda Volga va Ural daryolari oralig‘ida yashagan bir qancha urug‘qabilalar (buzan, tangaur, usergan va b.) ham keyinchalik B. tarkibiga kirgan. 9—15-a.lar mobaynida qipchoqlar, Volga bulg‘orlari, majorlar va no‘tylarttt bir qismi Boshqirdiston yerlariga o‘rnashib, B. b-n aralashib ketgan. B.ning elat bo‘lib shakllanish jarayoni 16-a.da tugaydi. 16—19-a.larda Boshqirdistonning g‘arbiy r-nlariga Volga bo‘ylaridan Kozon tatarlari, misharlarning katta bir qismi va qisman marilar, udmurdlar kelib yerlik B. b-n aralashib, ularga singib ketgan. B. o‘tmishda chorvachilik (yilqichilik, qo‘ychilik) va dehqonchilik b-n shug‘ullangan. Boshkird tilida gaplashadi. B. islom dinining sunniy mazhabiga e’tiqod qiladilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Boshqird''' — [[Boshqirdiston|Boshqirdiston Respublikasining]] tub aholisi, turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Ularning koʻpchiligi [[Rossiya]]da, oz qismi esa [[Markaziy Osiyo]] davlatlarida istiqomat qilishadilar. Umumiy aholi soni 2 millionga yaqin. Boshqirdlarning tili [[Turkiy]] tilining [[qipchoq]] butogʻiga kiradi. Oz qismi [[Rus tili]] va [[Tatar]] tillarida ham gaplashadilar. Alifbosi [[Kirillcha|Kirillitsaga]] asoslangan. Boshqirdlar etnik shakllanishi VII—X-asrlardagi har turli turkiy qabilalarining ([[usergen]], [[boylar]], [[surash]], [[mangg'ovur]], [[jag'albayli]], [[tama]], [[beshvul]], [[kedey]], [[tabin]], [[ming]], [[kerey]], [[qangli]], [[arg'in]], v.b.) turtki boʻldi. XI—XIII-asrlarda hozirgi boshqird erida yashashgan, Edil va Madiyor qabilalariga qipchoqlarning taʼsiri kuchayib, qadimgi boshqird etnosining qipchoqlanishini tezlashtirdi . [[Botu]]ning harbiy yurushlari, boshqurt eriga [[Qipchoq]] qabilasidan aholining koʻplab koʻchib kelishi, boshqirdlarning qipchoqlanishini undan ham jadallatdi.
Qipchoq davri boshqird xalqining shakllanishining (XV—XVI-asrlar) boshlanishi boʻlib hisoblanadi XVI-asrning oʻrtasida Boshqirdlar Rossiya imperiyasining tarkibiga kirdi. Boshqirdlar harbiy hizmatga, oltin kon joylarida ishlashdi. Rossiya imperiyasining tarkibiga kirmasdan oldin, Boshqirdlar asosan koʻchmanchi mol chorvachiligi bilan shugʻullanib, ov qilsa, XVII—XIX-asrlarda dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroqlikka koʻchdilar. Tili va madaniyati, tatarlarga yaqin boʻlgani bilan, milliy urf-odatlari [[qozoqlar]]ga oʻxshashligi koʻp.