Braziliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Braziliya (maʼnolari)}}
{{Braziliya_info}}'''Braziliya''', rasmiy nomi '''Braziliya Federativ Respublikasi''' (Portugalcha: ''Brasil'' yoki ''República Federativa do Brasil'') - [[Janubiy Amerika]]dagi eng katta va aholisi eng ko'p bo'lgan mamlakat bo'lib, ham aholi soni, ham maydoni jixatidan dunyoda 5-chi o'rinni egallaydi. U Janubiy Amerika markazidan to [[Atlantika okeani]]ga qadar yoyilgan hududni egallab Amerikalarning "eng sharqiy" mamlakatidir. U bilan chegaradosh mamlakatlar: [[Urugvay]], [[Argentina]], [[Paragvay]], [[Boliviya]], [[Peru]], [[Kolumbiya]], [[Venesuela]], [[Guyana]], [[Suriname]] va [[Fransuz Giyanasi]]ning fransuz qismi. Aniqrog'i, u [[Ekvador]] va [[Chili]]dan tashqari, Janubiy Amerikaning har bir davlati bilan chegaradosh. Nomi, dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlangan, [[Braziliya daraxti]]dan(''pau-brasil'') kelib chiqqan. Hududida ham ekin maydonlari, ham tropik o'rmonzorlar juda katta joyni egallaydi. Tabiiy resurslar va katta miqdordagi ishchi kuchiga boy bo'lgan Braziliya, Janubiy Amerika iqtisodiyotining yetakchisidir. Dastlab [[Portugaliya]]ning sobiq [[koloniya]]si bo'lganidan, uning davlat tili [[Portugal tili]]dir. Poytaxti - [[Brasília]] shahri. [[BMT]] a'zosi
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Braziliya''' (Brasil), Braziliya Federativ Respublikasi (Republica Federativa do Brasil) — Jan. Amerikadagi eng katta davlat, qit’aning sharqiy kishi (1996). Poytaxti — Braziliya sh.Davlat tuzumi. B.— federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1988 y. 5 okt.da qabul qilingan; 1994 y. mart va 1997 y. iyunda tuzatish kiritilgan. Davlat boshlig‘i — prezident. Prezident b-n vitseprezident aholi tomonidan to‘g‘ri va yashirin ovoz berish orqali 4 y. muddatga saylanadi. Prezident ketmaket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy kongress (parlament). Parlament ikki palata: deputatlar palatasi va federal senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tuzgan hukumat amalga oshiradi.Tabiati. B.da Atlantika okeani sohili bo‘ylab ko‘pdanko‘p qo‘ltiqlar va ko‘rfazlar uchraydi. Mamlakat hududining yarmidan ko‘prog‘ini B. yassitog‘ligi ishg‘ol etgan (eng baland nuqtasi Bandeyra tog‘i, 2890 m); o‘rtacha bal. 600— 800 m bo‘lgan bu toglik B.ning jansharq va jan. tomonlarini egallab yotadi. B. shim.da Gviana yassitog‘ligi joylashgan. Shu yassitog‘liklar orasida keng Amazonka payettekisligi bor. Mamlakatning jan. va jan.g‘arbiga LaPlata payettekisligining bir qismi kirib kelib, okean sohilida kambar payettekislikni hosil qiladi. B.da polimetall, oltin, temir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshko‘mir, tuz konlari va b. konlar bor. B. iklimi ekvatorial, issiq va nam. O‘rtacha oylik tra 16—29’. Amazonka payettekisligida yiliga 2000—3000 mm, tog‘ yon bag‘irlarida 1500—2000 mm, sohilda 3000 mm, tog tepalarida esa 500 mm yog‘in yog‘adi. B.da dare juda ko‘p. Eng yirik daryolari: Amazonka, Parana, SanFransisku, Urugvay. Amazonka va uning g‘arbiy irmoqlarida kema qatnaydi. B.da nam tropik o‘rmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna o‘rmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda o‘sadigan o‘rmonlar ko‘p tarqalgan. B. qattiq yog‘ochli daraxtlar zaxirasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Umuman mamlakat hududining 38% o‘rmonlar b-n qoplangan. Botqoqlik ko‘p. Hayvonlardan chumolixo‘r, zirhlilar, yoldor bo‘ri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar ko‘p uchraydi. B. hududida Iguasu, Itatiaya, PauluAfonsu, SerradusOrgans kabi yirik millim bog‘lar va bir necha quriqxona bor.Aholisn. B. aholisining asosiy qismi (95% dan ko‘prog‘i) brazillar. B.da Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan nemislar, italyanlar, portugallar, yaponlar, ispanlar, polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi — indeyslar ko‘plab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar b-n qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5%ni tashkil qiladi. Davlat tili — portugal tili. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: SanPaulu, RiodeJaneyro, BeluOrizonti, Resifi, PortuAlegri, Salvador, Fortaleza, Kuritiba, Belen, Braziliya, Kampus, Niteroy, Manaus.Tarixi. B. hududida insonning paydo bo‘lishi neolit davriga to‘g‘ri keladi. 16-a.gacha B.da bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular ko‘chmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina o‘troq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik b-n bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-a. boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy bo‘linish davri boshlangan. 1500 y. apr.da Portugaliya lik dengizchi P. Kabral B. qirg‘oqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini e’lon qildi. Kabral sayohatidan 10 y. keyin portugallar B.dan www.ziyouz.com kutubxonasi 620qimmatbaho qizil daraxt — "brazil"ni (B. nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. B. kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya b-n Fransiya o‘rtasida talash bo‘lib keldi, 1516 y.dagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal bo‘ldi. 1532—36 y.larda B. qirg‘oq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 ma’muriy hududga bo‘lindi. 1549 y. B.ning asosiy shahri bo‘lgan Baiya (hoz. Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-a.ning 70-y.laridan boshlab portugallar Afrika qit’asidan keltirilgan ko‘plab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. B.da portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720 y.da MinasJerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 1797 y. Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807 y. Portugaliyaga Napoleon qo‘shinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. B. monarxiya markaziga aylandi (1808—21). 1820 y.gi Portugaliya burjua inqilobi B.da mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab bo‘ldi. 1822 y. 7 sent. da B. mustaqil imperiya deb e’lon qilindi. 1888 y. B.da quldorlik bekor etildi. 1889 y. monarxiya tugatilib, B. federativ respublika deb e’lon qilindi. 19-a.ning oxiri va 20-a. boshlarida B.ga chet el sarmoyasi, xususan AQSH monopoliyalari kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. 1-jahon urushi davrida B. Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20-y.lar B. xalqommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari bo‘ldi. 1924 y.da B.ning barcha shtatlarida qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. 1930 y.gi davlat to‘ntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQShga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942 y. avg .da Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib 2-jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi B.da demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945 y. okt.da yangi davlat to‘ntarishi bo‘lib, harbiy diktatura o‘rnatildi. 1946 y. general E. G. Dutra hukumat boshlig‘i bo‘ldi. 1950 y.gi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953—54 y.larda hukumat xalq ommasi talabi b-n neft sanoatini davlat qo‘liga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri B. reaksion doiralarining yangidan bosh ko‘tarishiga olib keldi. Bundan qo‘rqqan Vargas 1954 y. 21 avg .da o‘zini otib o‘ldirdi.1955 y. sent. oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956—60) da, bir tomondan B. iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining ko‘plab kirib kelishiga yo‘l ochilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, B.ning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi qator tadbirlar o‘tkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, ‘AQShga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960 y.gi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961 y. avg .da Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi b-n iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 1961 y. 7 sent.da J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.1964 y. apr.da yangi davlat to‘ntarishi o‘tkazilib, marshal Umberto Kastelo Branko hokimiyat tepasiga keldi. Branko hukumati Gulart hukumati o‘tkazgan barcha ilg‘or tadbirlarni bekor qildi; 1967 y. mart oyida marshal Artur da KostaeSilva prezident qilib saylandi. Uning hukumati mamlakatdagi siyosiy tanglikdan qo‘rqib milliy xavfsizlik www.ziyouz.com kutubxonasi 621haqida qonun qabul qildi va juda keng vakolatlarga ega bo‘lgan Milliy xavfsizlik kengashini tashkil etdi. Umuman 1985 y.gacha B.da hokimiyat harbiylar qo‘lida bo‘ddi. 1994 y.da saylangan prezident Fernandu Enriki Kardozu 1995 y. 1 yanv.da o‘z lavozimini ijro etishga kirishdi. B.— 1945 y.dan BMT a’zosi. O‘zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 30 apr.da o‘rnatgan. B.ning milliy bayrami — 7 sent.— Mustaqillik e’lon qilingan kun (1822).Siyosiy partnyalari, kasaba uyushmalarn. B. taraqqiyparvar partiyasi, 1995 y.da bir necha islohotchi partiyalarning birlashuvi natijasida tuzildi; B. trabalist partiyasi, 1980 y.da asos solingan; Demokratik trabalist partiyasi, 1979 y. tuzilgan; B. demokratik harakat partiyasi, 1981 y.da tuzilgan; B. sotsialdemokratik partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Liberal front partiyasi, 1984 y.da sobiq Sotsialdemokratik partiya a’zolaridan tuzilgan; Milliy qayta qurish partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Mehnatkashlar partiyasi, 1980 y.da tuzilgan; Sotsialistikxalq partiyasi, 1992 y.da B. kommunistik partiyasining "yangilovchilar" fraksiyasi negizida tashkil etilgan. Mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi kasaba uyushmasi, 1986 y.da tuzilgan, 1988 y.gacha Mehnatkashlar umumii kasaba uyushma markazi deb atalgan; Mehnatkashlar yagona kasaba markazi, 1981 y.da tuzilgan. Shuningdek, sanoat ishchilari milliy konfederatsiyasi, savdo xodimlarining milliy konfederatsiyam, kredit muassasalari xodimlarining milliy konfederatsiyasi ham mavjud.Xo‘jalign. B. sanoatlashgan agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi o‘rinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3%, qishloq, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik 10,8% ni tashkil etadi. 2-jahon urushidan keyin B. iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xo‘jalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yo‘lida tuzilmaviy siljishlar ro‘y berdi. 60-y.lardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi q.x. dan oshib keta boshladi.Sanoati. Kon sanoatida temir va marganes rudalar qazib olish muhim o‘rin oladi. Boksit, qo‘rg‘oshin, volfram, oltin, olmos, neft va tosh kumir, bir oz mikdorda qalay, pyx, mis, nikel ham qazib chiqariladi. B. tashqi bozorga, asosan AQShga strategik ahamiyatga molik ma’danlar — niobiy, berilliy, sirkoniy kabilarni, shuningdek uran rudasini sotadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 90% GESlarga to‘g‘ri keladi. Tiyete va RiuGrandi daryolarida yirik elektr st-yalar mavjud. Mahsulot i. ch. tarmoqdari orasida eng yiriklari: metallurgiya (VoltaRedonda va BeluOrizonti sh.laridagi z-dlar Lotin Amerikasidagi eng katta po‘lat i.ch. korxonalari hisoblanadi) va mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik, kemasozlik, aviasozlik, q.x., radioelektronika mashinasozligi). Keyingi yillarda elektr texnika, harbiy sanoat, atom sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, kimyo va neft kimyosi tarmoklari (kislotalar, ma’danli o‘g‘itlar, sintetik tolalar, bo‘yoqlar, plastmassalar) rivojlandi. To‘qimachilik (asosan ip gazlama) va oziq-ovqat sanoati (qandshakar, go‘sht, yog‘, tamaki va b.) B. uchun an’anaviy sohalardir. Sement, sellyulozaqog‘oz va oyna sanoati mavjud.Qishloq xo‘jaligi. Mamlakat mayd.ning 3,5% ga yaqinida dehqonchilik qilinadi. Asosan Atlantika okeani sohili va jan.sharqiy shtatlarda ekinlar ekiladi. Eng muhim plantatsiya ekinlari — kofe, shakarqamish kakao, banan, sizal, ananas. Jan.da tamakichilik va sohibkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajo‘xori, sholi, bug‘doy, www.ziyouz.com kutubxonasi 622soya, maniok, loviya. Asosan go‘shtbop yaylov chorvachiligi, go‘sht va jun olinadigan qo‘ychilik rivojlangan. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi. O‘rmonlarda kauchuk, yong‘oq, mum, palma mevasi yig‘ishtirib olinadi, imoratbop, qimmatbaho yog‘ochlar tayyorlanadi. B. yassitog‘ligida "paragvay choyi" — yerbamate yetishtiriladi.Transporti. B. hududining katta qismi yo‘lsiz. T.y.ning uz. 32 ming km, shundan 3 ming km dan ortiqrog‘i elektrlashtirilgan. Transportning asosiy turi avtomobil; avtomobil yo‘llari uz. 1,7 mln. km; 5 ming km dan ortiq uzunlikdagi Transamazonka magistrali Atlantika sohilini And tog‘ etaklari b-n tutashtiradi. Ichki suv yo‘llarining uz. 31 ming km. Asosiy dengiz portlari: RiodeJaneyro, Santus, RiuGrandi, Paranagua, PortuAlegri, Tubaran, SanSebastyan. B. chetga asosan og‘ir va yengil sanoatning tayyor va chala tayyor mahsulotlari, kofe, temir rudasi, soya, tamaki, qandshakar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, asbobuskuna, metall va undan yasalgan buyumlar, kimyo mahsulotlari, bug‘doy va b. sotib oladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi — real.Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniyma’rifiy muassasalari. Axrliga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar ko‘rsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy o‘quv yurtlaridagi tibbiyot f-tlari tayyorlaydi.B.da rasman 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul boshlangich ta’lim joriy qilingan. Bolalar shaharlardagi 4—5 y.lik va qishloqlardagi 3 y.lik boshlang‘ich maktablarda ta’lim oladilar. Bulardan tashqari to‘liqsiz maktab — gimnaziyalar, to‘liq o‘rta maktab — kollegiyalar, hunar va ped. maktablari ham bor. Oliy o‘quv yurtlarida pul to‘lab o‘qish mumkin. B. da 70 ga yaqin unt, 740 dan ortiq boshqa oliy o‘quv yurtlari bor. RiodeJaneyrodagi B. va SanPaulu untlari ularning eng yiriklaridir. Ilmiy muassasalari: B. fanlar akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va b. Kutubxonalari: Milliy kutubxona, Portugaliya qirollik qiroatxonasi (RiodeJaneyro), Munitsipal kutubxona. Muzeylari: Milliy muzey, Milliy tarixiy muzey, RiodeJaneyrodagi Milliy nafis san’at muzeyi.Matbuoti, radioeshnttnrishi va teleko‘rsatuvi. B.da 300 ga yaqin gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiy gaz. va jur.lari: "Gazeta merkantil" ("Savdo-sotiq gazetasi", SanPauluda chiqadigan kundalik iqtisodiy gaz., 1920 y.dan), "Dia" ("Kun", RiodeJaneyroda chiqadigan kundalik gaz., 1951 y.dan), "Diariu di SanPaulu" ("SanPaulu gazetasi", kundalik gaz., 1925 y. dan), "Jornal du Brazil" ("Braziliya gazetasi", kundalik gaz., 1891 y.dan), "Jornal du komersiu" ("Tijorat gazetasi", RiodeJaneyroda chikadigan kundalik gaz., 1827 y.dan), "Letin Amerika deyli post" ("Lotin Amerikasining kundalik pochtasi", SanPauluda ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1979 y.dan), "Folya di SanPaulu" ("SanPaulu varaqasi", kundalik gaz., 1921 y.dan), "Globu" ("Yer kurrasi", kundalik kechki gaz., 1925 y.dan), "Veja" ("Ko‘ring", haftalik ommaviy siyosiy jur., 1968 y.dan), "Vizan" ("Saviya", haftalik ommaviy siyosiy jur., 1952 y.dan) va b. Empreza Brazileyra di Komunikasan, SA (Radiubraz) axborot xizmati 1988 y.da hukumat axborot agentligi b-n davlat radioeshittirish korporatsiyasining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Mamlakat prezidentining fuqaro devoni tomonidan nazorat qilinadi.Radioeshittirish va teleko‘rsatuvni asosan xususiy st-yalar amalga oshiradi, ularni milliy aloqa departamenta nazorat qiladi. B. radio va televizion st-yalar uyushmasi 1962 y.da tuzilgan.www.ziyouz.com kutubxonasi 623Adabiyoti portugal tilida rivojlangan. B.da qadimdan indeys va negrlarning boy og‘zaki ijodi mavjud. 17— 18-a.larga kelib, yozma adabiyotda G. di Matusning satirik asarlari, T. Gonzaganing she’rlari, J. Gamaning ma’rifatparvarlik ruhidagi "Urugvay" poemasi paydo bo‘ldi. Ularda oddiy xalqturmushi aks ettirildi. B. adabiyotida 19-a.ning 20-y.larida vujudga kelgan romantizm okimi rivojlandi. Bu davrda G. di Magalyainsning "Tamoyo qabilasi ittifoqi", A. Gonsalvis Diasning "Amerika dostonlari" keng tarqaldi. J. M. di Alenkarning "Guaranlar", "Irasema", "Ubirijara" romanlarida indeyslarning urfodatlari, azobuqubatli hayoti, stixiyali bo‘lsada kurashi aks etdi. Buyuk xalq shoiri A. Kastru Alvisning "Afrika ovozi", "Bandi kema" va b. mashhur poemalari "To‘lqinlar mavji" asarlar to‘plamiga kiritildi. 19-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonlar hayotini aks ettiruvchi bir qator romanlar paydo bo‘ldi. Shu davrda A. Gonsalvis Diasning "Beatriche Chenchi", "Patkul" tarixiy romanlari ham katta shuhrat qozondi. 19-a.ning oxirlari va 20-a. boshlarida bir qator yozuvchilar B. adabiyotiga realizm an’analarini olib kirdilar. 1896 y.da asos solingan B. adabiyot akademiyasining birinchi prezidenta J. M. Mashadu d’Asis tanqidiy realizmning atoqli namoyandasi edi. Xuddi shu davrda B. adabiyotida dekadentchilik kayfiyatlari kuchaydi. Demokratik harakatlarning avj olishi b-n 20-a.ning 40—50-y.larida B. dehqonlarining hayotini aks ettiruvchi realistik asarlar ko‘paydi, taraqqiyparvar adabiyotning L. Barretu, G. Ramus, R. di Keyrus, M. di Andradi, Luara Brandau kabi namoyandalari ijodida insonning ijtimoiy mavqei masalalari aks etdi. Jorji Amadu o‘z romanlarida dehqonlar hayotini, mehnatkash ommaning sinfiy ongi o‘sayotganini ifodaladi. Shoirlardan V. di Morays, K. di Andradi, yozuvchilardan D. Jurandir, S. Martine, M. Palmeriu, dramaturglardan N. Rodriges, G. Figeyredu, A. Suasuna ijodi B. adabiyotida salmoqli o‘rin egallaydi.Me’morligi. B.ning yerli aholisi — indeyslarning me’morligi qabr toshlari hamda Amazonka bo‘ylarida g‘orlarga solingan har xil rasmlar, qamish va yog‘och shoxlaridan yasalgan, konus shaklli uylardan iborat. 16-a.da portugaliyaliklar Olinda, Resifi va Salvador (oldingi poytaxti) kabi shaharlarni bunyod etdilar. 18-a. B.da mustamlaka davri me’morligining yuqori bosqichi hisoblanadi. Oltin va olmos konlari topilishi b-n B.da yangi shaharlar barpo etiddi, RiodeJaneyro poytaxt bo‘lib qoldi (1960 y.gacha). B. me’morligida ikki yo‘nalish: barokko (SanFransisku monastiri, Salvador) va rokoko (MinasJeraysdagi har xil binolar, me’mor va haykaltarosh Aleyjadinyu ishi) o‘rin oladi. Fransuz me’mori O. Granjan de Montini B.da ijod etib klassitsizm uslubini tarqatdi (Mira teatri, Belen sh., Itamarati saroyi, RiodeJaneyro sh.). 19— 20-a.larga kelib B. me’morligida "modern" uslubi keng tarqaldi. MinasJerays shtatida BeluOrizonti, Goyas shtatida Goyani va Braziliya (yangi poytaxti) kabi yirik shaharlar va zamonaviy binolar kurildi. L. Kosta, O. Nimeyer, A. E. Reydi va b. mashhur me’morlar yetishib chiqdi.Tasviriy san’ati. Qad. davr san’at yodgorliklaridan har xil tosh va sopol bezaklar yetib kelgan. Mustamlaka davr san’atidan (16—17-a.lar) Salvador va RiodeJaneyrodagi ibodatxonalar bezaklari bor. Bu davr san’ati din b-n bog‘liq. B. me’morligidagi barokko va rokoko uslubi tasviriy san’atga ham ta’sir etgan. Ibodatxonalar bezagida oltin va rangdor bo‘yoqlardan foydalanilgan. Haykaltarosh va me’mor Aleyjadinyuning BonJezusdiMatozinyus cherkovidagi www.ziyouz.com kutubxonasi 624(Kongonyas sh.) tosh va yog‘ochdan ishlagan haykallari dunyoga mashhur. 18-a.da B. shaharlarida tasviriy san’at maktablari vujudga keddi (RiodeJaneyroda J. di Oliveyra, Salvadorda J. J. da Rosha, Resifida J. di Deus Sepulveda, SanPauluda J. P. da Silva Marisku va b.). 1816 y.da qirol Juan VI fransuz rassomlari ishtirokida fan, san’at va hunar maktabini tashkil etdi. 1820 y.da bu maktab badiiy akademiyaga aylandi. 19-a. B. tasviriy san’atida klassitsizm hukmronlik qildi. Mashhur rassom J. F. di Almeyda Junior ijodida xalq hayoti, tabiat manzaralari ko‘p o‘rin oladi. 20-a. B. tasviriy san’atida realizm b-n bir qatorda turli oqim (formalizm, abstraksionizm va b.) namoyandalari ijod etmoqda. Amaliy san’atda kulolchilik, matoga gul va rasm solish rivojlangan.Musiqasi indeys, negr, ispan, portugal qo‘shiq va raqslari asosida shakllangan. A. K. Gomis, L. Migis, A. Levi, A. Nepomusenu, E. Vila Lobos, K. Santoru, M. K. Guarneri, J. N. Garma, F. M. Silva (B. milliy madxiyasining muallifi) kabi kompozitorlarning ijodi mashhur. B. musiqa san’atini yuksaltirishda, musiqachi va bastakorlar tayyorlashda RiodeJaneyro konservatoriyasi, Milliy musiqa inti, Milliy opera teatri va simfonik orkestrlar, B. untining milliy musiqa maktabi, Musiqa akademiyasi ish olib boradi.Teatri. Afrobraziliyaliklarning makumba deb atalgan diniy marosim o‘yinlarida dramatik teatrga xos harakatlar bo‘lgan. Yevropalik ilk missionerlar indeyslarga xristianlikni singdirish uchun portugal adabiy asarlari asosida sahnalarni, bir pardali diniymajoziy tomoshalarni ko‘rsatishgan. Indeyslar uchun muqaddas "Lorensu teatri" nomli dastlabki teatr binosi 16-a.da qurilgan. 1748 y.da "Opera uyi", 1776 y.da "Yangi opera" teatri barpo bo‘ldi. 1813 y.da "Avliyo Juan qirollik teatri" ish boshladi. 19-a.da RiodeJaneyroda "di San Pedru di Alikantara teatri", "du Plasidu teatri", "Yangi konstitutsion teatr", Resifida "Santi—Izabel teatri" kabilar vujudga keldi. 1843 y.da panda ko‘rsatilgan Observatoriya Laraiuan to‘g‘oni Prezident qarorgohi Universitet Dramatik san’at konservatoriyasi, 1910 y.da Martine Pen dramatik maktabi, 1917 y.da "B. teatr mualliflari jamiyati" (SBAT) tuzildi. So‘ngra doimiy dramatik truppalar tuzilib ish boshladi. Keyingi yillarda RiodeJaneyro va SanPaulu sh.larida B.komediya teatri, Xalq badiiy teatri, B. talabalari teatri, negrlarning eksperimental teatri tashkil etildi.Kinosi. Birinchi xronikal film 1903 y.da, badiiy film 1910 y.da suratga olingan. Dastlabki ovozli filmlar 1935 y.da yaratilgan. B.da yaratilgan filmlar ichida "Kaysara", "TikoTiko" (rej. A. Cheli), "Bosqinchi" (rej. L. Barretu), "Boyning xotini" (rej. T. Payne, O. Sampayu), "Dengiz qo‘shig‘i" (rej. A. Kavalkanti), "Rio 40°" (rej. N. Pereyra dus Santus)kabi filmlar diqqatga sazovor. B.da 6 kinostudiya, 3 mingdan ortiq kinoteatr bor.O‘zR bilan B. o‘rtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga va buning uchun shartnomaviyhuquqiy negiz yaratishga kirishildi. O‘zRning B. bilan 1996 y.dagi tovar aylanmasi 7,16 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1997 y. yakuni bo‘yicha O‘zbekiston — B. tovar aylanmasi 16,75 mln. AQSH dollariga yetdi va avvalgidek tovar aylanmasi hajmining deyarli hammasi importdan iborat bo‘ldi. Uning 93,8% ini moyli urug‘lar va mevalar, 6,2% ini tamaki tashkil qildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Tarixi ==
Qator 93 ⟶ 89:
{{Link FA|uk}}
{{Link FA|vi}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}