Brandenburg: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
ZéroBot (munozara | hissa)
k r2.7.1) (Bot qoʻshdi: ilo:Brandenburg
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[File:Deutschland Lage von Brandenburg.svg|right|200px]]
'''Brandenburg''' [[Olmoniya]] [[Olmoniya yerlari|yerlaridan]] biridir. Poytaxti — [[Potsdam]]. Maydoni — 29 478,63 km<sup>2</sup>. 2 495 635 nafar aholi istiqomat qiladi (2011).
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Brandenburg''' — Germaniya yeri. Mayd. 20 ming km2. Aholisi 2,5 mln. kishi (1994). Ma’muriy markazi — Potsdam sh. B. markazida yer huquqiga ega bo‘lgan alohida ma’muriy birlik, mamlakat poytaxti — Berlin sh. joylashgan. B.da aholi zichligi boshqa yerlarga nisbatan kam. O‘rta asrlarda B. o‘rnida aholisi asosan Gollandiya, Chexiya va Fransiyadan badarg‘a qilinganlardan iborat nemis knyazligi bo‘lgan. 1356 y.dan kurfyurstlik (1415 y. dan Gogensollernlar boshqardilar; 1486 y.dan ularning qarorgohi Berlin edi); 1618 y.dan B. Prussiya davlatidagi Prussiya gersogligi b-n birlashdi. 1815—1945 y.larda Prussiya provinsiyasi, so‘ngra Germaniya yeri bo‘lib, 2-jahon urushidan so‘ng B.viloyatlarining katta qismi sovet okkupatsiyasi zonasiga kirdi, 1949 y.dan GDR tasarrufida, 1990 y.da GDR va GFR qo‘shilgandan so‘ng , birlashgan Germaniya tarkibida.B. Germaniyaning yangi yerlari ichida maydoni jihatidan eng kattasi. Maydonining 35% o‘rmon. B.dan Xavel va Shpre daryolari oqib o‘tadi. Tabiat muhofazasiga e’tibor kuchli. Tabiat parklari, qo‘riqxonalar va rezervatlar ko‘p. B. industrialagrar r-n. Q. x. va o‘rmonchilik B. iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Bushoy, javdar, kartoshka, qand lavlagi, moyli o‘simliklar ekiladi, Berlin hamda Oderburx sh.lari atrofida sabzavot va meva yetishtiriladi. Transport mashinasozligi, stanoklar i.ch., elektronika, energetika, oziq-ovqat va kimyo sanoati rivojlangan. Sanoatlashgan qismi — Ayzenxyuttenshtadt (po‘lat quyish) va Kotbus (qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish, kimyo sa, noati va energetika). Berlindan jan.da, Lyudvigsfeldda tayyor qismlardan yuk mashinalari yig‘iladi. FrankfurtOderda elektrotexnika sanoati va priborlar i. ch. korxonalari bor. 13—15-a.larga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Havolalar ==
Qator 120 ⟶ 125:
[[zh:勃兰登堡]]
[[zh-min-nan:Brandenburg]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}