Robert Broun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 05:34 dagi koʻrinishi

BROUN (Brown) Robert (1773.21.12, Montroz — 1858.10.6, London) — ingliz botanigi. B.ning morfologik, embriologik tadqiqotlari o‘simliklarning tabiiy sistemasini tuzishda katta ahamiyatga ega. B. urug‘kurtakda murtak xaltachasi bo‘lishini kashf qilgan, igna bargli va sagovniklar urugkurtaklarida tuguncha bo‘lmasligini ko‘rsatgan (1825), yopiq urug‘li va ochiq urug‘li o‘simliklar o‘rtasidagi asosiy farqlarni aniklagan; igna barglilarning urug‘kurtagida urg‘ochilik ko‘payish organi (arxegoniy) bo‘lishini aniqlagan. O‘simliklar hujayrasi yadrosini birinchi bo‘lib to‘g‘ri tavsiflagan. 1827 y. Broun harakatini kashf etgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil