Bugʻdoy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 06:14 dagi koʻrinishi

Bug‘doy (Triticum) — g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumi; eng qad. va hoz. dunyoning ko‘pgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga ko‘ra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq B. yoki oddiy B. (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq bug‘doy (T. durum) ekiladi. Qolgan igan mayd.lar 250 mln. gektarga yaqin bo‘lib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% B.ga to‘g‘ri keladi (o‘rtacha 360 mln. t dan ortiq). Asosiy g‘allakor mamlakatlar — Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada. O‘zbekistonda 90-y.larning boshidan respublikaning g‘alla mustaqilligini ta’minlash uchun B. ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 mln. ga; 1999).Botanik tavsifi. B.ning ildiz sistemasi popuk ildiz bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi — sidirg‘a bo‘g‘imlarga bo‘lingan somonpoya, bo‘yi 40—130 sm. B.ning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bog‘liq. Bargi poyani nayga o‘xshab o‘rab turadigan barg qini va lenta shaklidagi barg plastinkasidan iborat. To‘pguli ko‘pgulli boshoqchalardan iborat boshoq. B.da chetdan changlanish kam uchraydi, ko‘proq o‘zidan changlanadi. Mevasi — don. Doni yalang‘och (polba B.larda pardali), ovalsimon, tuxumsimon, cho‘ziq yoki sharsimon shaklda, qorin tomonida uzunasiga ketgan egatchali, oq yoki qizg‘ishqo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Bo‘liqligi jihatidan yumshoq (urvoqdi) yoki qattiq (yaltiroq, qayroqi) B.ga bo‘linadi. 1000 ta doni vazni 20—70 g . Yumshok B. boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz, qiltig‘i boshog‘idan kaltaroq; doni oq yoki qizg‘ish, ko‘ndalang kesimi dumaloq, ichi asosan unsimon. Qattiq B. boshog‘i zich, asosan qiltiqli, qiltiqlari boshog‘idan uzun va tik o‘sadi.Xo‘jalik ahamiyati. Doni to‘yimli, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10—12% dan 20—25% gacha, yovvoyi turlarida 25—30% gacha), kraxmal (60—64%), shuningdek yog‘lar (2%), vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar va b. bor. Doni, kepagi va b. chiqindilari qimmatli yem, aralash yem sanoati uchun xom ashyo. Somoni yemxashak va to‘shama, qurilish materiali; poyasi qog‘oz, karton, o‘rov materiali i. ch., savatlar, qalpoqlar to‘qish uchun ishlatiladi va h. k. Ko‘k massasi molga beriladi, shuningdek silos qilinadi. B. donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal va b. mahsulotlar ishlab chiqariladi.Biologik xususiyatlari. B.— bir yillik o‘simlik, har xil tur va shakllarni duragaylash yo‘li b-n ko‘p yillik B. navlari yaratilgan (q. Bug‘doybug‘doyiq duragaylari). Kuzgi, bahori, yarim kuzgi va kuz hamda bahorda ekilganida ham hosil beradigan (duoba) turlari ham bor. Kuzgi B. bahorgisidan biologik jyhatdan farq qiladi, sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli, tuproq harorati 4—5° bo‘lganda unib chiqadi. Ayniqsa boshoqlash davrida namga talabchan. Vegetatsiya davrida kuzgi B. uchun 2100°, bahori B. uchun kamida 1300° samarali harorat talab etiladi. Qurg‘oqchilik hosiddorlikni pasaytiradi. Kuzgi bug‘doyning vegetatsiya davri kuzda 45—50, bahor—yozda 75—100 kun, bahori bug‘doyniki 90— 100 kun. Kuzgi bug‘doy qor qoplami qalin bo‘lganda —35° gacha sovuqqa chidaydi. Bahori bug‘doy maysalari —8— 10° daraja sovuqqa bardosh beradi. Kuzgi B. hosiddorligi suvli yerlarda 20— 25 (ayrim hollarda 70—80) s/ga, lalmi yerlarda bahori B. hosildorligi 12—18 s/ga boradi.Agrotexnikasi. Sug‘oriladigan mintaqalarda kuzgi B.ni makkajo‘xori, g‘o‘za, kartoshka va b. dala ekinlaridan bo‘shagan unumdor yerlarga ekish tavsiya www.ziyouz.com kutubxonasi 828etiladi. Nordon va sho‘rlangan tuproqda yaxshi o‘smaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12— 15 sm) yoki tor qatorlab (qator orasi 7—8 sm) ekiladi. Ekish me’yori — lalmi yerlarda gektariga 70—110 kg , sug‘oriladigan mintaqalarda gektariga 170—200 kg , ekish chuqurligi 4—6 sm; kuzgi B. chuqurroq ekiladi, ekish me’yori 10—15% ortiq olinadi, uruglik ekish oldidan saralanib, dorilanadi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan sharoitida B. ekiladigan yerga ekish oldindan 10—15 t go‘ng , 40—80 kg fosfor, 40—100 kg azot, kaliy solinadi, o‘suv davrida ham ekinzor o‘g‘itlanadi, suvli yerlarda o‘suv davrida 2—3 marta sug‘oriladi, O‘zbekistonda pishib yetilgan bug‘doyzorlar yoppasiga bir yo‘la g‘alla kombaynlari b-n o‘ribyig‘ib olinadi.Navlari. O‘zbekistonda 1937—96 y.larda B. bo‘yicha 6 marta (1937—61; 194464; 196065; 196375; 197080; 198085; 199095) nav almashtirildi. B. bo‘yicha urug‘lik va yangi B. navlarini yaratishda Milyutin (G‘allaorol) davlat seleksiya st-yasi |1937; hoz. Suvli yerlarda boshoqli va dukkakli ekinlar i. t. inti (Andijon sh.)ning G‘allaorol filiali] muhim ishlarni amalga oshirdi. Sug‘oriladigan maydonlarda B.ning Qiltiqsiz (Bezostaya 1), Unumli bug‘doy, Sete Serros, Sangzor 4, Intensiv, Yonbosh, lalmi yerlarda Kizil bug‘doy (qad. jaydari nav). Kizil Shalola (Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, Tezpishar va b. navlari ekiladi. 1995 y.dan Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Ukrainadan keltirib ekilayotgan Skifyanka, Yuna navlari sug‘oriladigan maydonlarda gektaridan 50—70 s hosil berish imkoniyatiga ega. B. zararkunandalari: don tunlami, gessen pashshasi, ko‘kko‘z, shved pashshasi, hasva va b. Kasalliklari: qorakuya, qora zang , unshudring va b.Ad.: Kazakov Ye.D., Zernovedeniye s osnovami rasteniyevodstva, 3izd., M., 1983; Udachin R. A., Shaxmedov I. Sh., Pshenitsa v Sredney Azii, T., 1984; Pshenitsi mira, 2izd., L., 1987.Ko‘ziboy Dushamov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil