Bugʻlanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Bug‘lanish (maʼnolari)}}
'''Bug‘lanish''' — moddalarning suyuq yoki qattiq agregat holatlaridan gaz holatiga o‘tish jarayoni. Bunda molekula suyuqlik (yoki qattiq jism)dan tashqariga bug‘lanib chiqishi uchun sirt chegarasidagi molekulalarning tortishish kuchini yengishi kerak. Undan tashqari, modda suyuq (yoki qattiq) holatdan bug‘ holatga o‘tayotganida hajmi kattalashadi. Bunda tashqi bosim kuchiga qarshi ish bajariladi. Bu ish suyuqdik (yoki qattiq jism) molekulalarining ichki energiyasi hisobiga bajariladi. Shuning uchun bug‘lanish paytida jism soviydi, qattiq jism suyuqlikka nisbatan sekin bug‘lanadi. Qattiq jismlarning suyuqlikka aylanmay buglanishi sublimatsiya deb ataladi.Bug‘lanish issiqligi — muayyan tradagi suyuqlik massa birligining bug‘lanishi uchun zarur issiqlik miqdori. Odatda, bu miqdor solishtirma yashirin bug‘lanish issiqligi deb yuritiladi. Xalqaro birliklar tizimid" uning birligi 2LBug‘ning kondensatsiyalanish i — suyuqlik (yoki qattiq jism) molekulalarining tartibsiz issiklik harakati tufayli bug‘ holatidan qaytadan suyuqlik (yoki qattiq jism)ga aylanish jarayoni. Bug‘ning kondensatsiyalanishi bug‘lanishga teskari jarayon. Bug‘ suyuqlik (yoki qattiq jism) b-n muvozanatda bo‘lishi yoki muvozanatda bo‘lmasligi mumkin. Bug‘ va suyuqlik (yoki qattiq jism) bir-biriga chegaradosh bo‘lganda muvozanatlashgan kondensatsiyalanish kuzatiladi. Ular chegaradosh bo‘lmagan hollarda esa bug‘ t-rasi pasayganda yoki hajmi kichrayganda kondensatsiyalanish boshlanadi. Bug‘ning qattiq jism sirtini ho‘llashho‘llamasligiga qarab, kondensatsiyalanish tufayli tomchi yoki parda hosil bo‘ladi. B. sanoatda binolarni isitish va mexanik energiya olish uchun ishlatiladi. BUG‘ (arab. — muguz, shox), burg‘u — shox, sopoldan yasalgan qad. puflama cholg‘u. Odamlarni to‘plash, ogohlantirish uchun ishlatilgan. B.ning puflanadigan uch tomoni ingichka bo‘lib, yonida teshikparda yo‘q. Bir xil, lekin ancha olisdan eshitiladigan tovushlar chiqaradi. O‘rta Osiyoda ayniqsa Amir Temur va Temuriylar davrida lashkarlarga nog‘ora, karnaylar qatori, muayyan xizmatlari uchun B. topshirilganligi haqida ma’lumotlar mavjud.