Dilbar Abdurahmonova: Versiyalar orasidagi farq

Oʻzbekiston xalq artisti, dirijyor
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 15:30 dagi koʻrinishi

Abdurahmonova Dilbar G‘ulomovna (1936.1.5, Moskva) — diri-jyor. O‘zbekiston xalq artisti (1969), G‘. Abdurahmonovning qizi. R. Glier no-midagi musiqa maktabini (1945—55), Toshkent davlat konservatoriyasini tu-gatgan (1960). 1957 y.dan Navoiy teatri simfonik orkestrida skripkachi, 1960 y.dan dirijyor, 1974—1990 y.larda bosh dirijyor. Ilk bor J. Verdining "Aida" operasiga dirijyorlik qilgan. Repertua-rida o‘zbek va chet el kompozitorlarining opera va baletlari mavjud. 70- ylarda asosan, balet spektakllari dirijyo-ri sifatida shuhrat qozondi. "Oqqush ko‘li" (P. Chaykovskiy), "Boqchasaroy favvorasi" (B. Asafev), "Jizel" (A. Adan), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Sev-gi tumori" (M. Ashrafiy), "Semurg‘" (B. Brovsin), "Tanavor" (A. Kozlovskiy) va b. shular jumlasidan. A. 70- y.larning oxiri — 80- y.larda "Masharabozlar" (R. Leonkavallo), "Bo‘ron" (S. Vasilen-ko, M. Ashrafiy), "Hayotbaxsh o‘lim" (A. Xolminov), "Olovli farish-ta" (S. Pro-kofev), "Otello" (J. Verdi) va b. ope-ralarni to‘liq tahrirda sahnalashtirdi. Kasbiy mahorat, musiqa dramaturgiyasi-ni ishonarli ochib berish A. ijodiga xos. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mu-kofoti laureati (1973).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil