Mazhab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur [[huquqshunos]]lar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar.
Shariat qonunlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan barcha qonunshunoslar [[Qur’on]] ko‘rsatmalariga va [[hadis]]larga asoslanib ish ko‘rganlar, ammo printsiplarni va qonunlarni taʼriflashda harfxo‘rlik bilan ratsionalizm xususida, sabr-qanoat bilan mutassiblik xususida kelisha olmaganlar.
[[File:Madhhab Map2.png|thumb|300px|Mazhablar:<br />'''Sunniylik''': Hanafiya, Molikya, Shofiya, Xanbaliya<br />'''Shialik''': Jaʼfariya, Zaydiya, Ismoiliya, Xorijiya<br />'''Ibodiylik''']]
[[File:Madhhab Map (Divisions of Islam).png|thumb|300px|]]
 
== Tarix ==
Islom tarihida, turli maktablarning tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib oʻtgan. Asta-sekin kichik maktablar ortib borgan. XV asrdan so‘ng '''sunniylikda 4 ta mazhab qolgan''' boʻlib, ularning huquqlari teng.
 
== Sunniylik ==
Sunniylik islom dinidagi ikki asosiy yo‘nalishdan biri va eng keng tarqalgani sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy hokimiyatiga bo‘lgan huquqni tan olganlar.
Qator 14 ⟶ 16:
=== Hanafiya ===
Hanafiya ([[Imomi Aʼzam]] maktabi.) Bu maktabga Abu Hanifa an-Nu’mon (696-767) taxallusi Imomi Aʼzam asos solgan. U eng yirik [[huquqshunos]]lardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kelishtirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa [[fiqh]]ning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi bo‘lgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning uchdan bir qismini o‘z ichiga oladi.
 
=== Molikya ===
Molikiya mazhabining asoschisi Malik ibn Onas Abu Abdulloh (721-795). Islom diniy huquq sistemasini ishlab chiqishda konservativ mavqeda turgan. Payg‘ambar [[Muhammad s.a.v.]] davridagi anʼanalarni yoqlab chiqqan, yaʼni "ashob al-hadis " (hadis tarafdorlari) oqimining namoyandasi bo‘lgan. Bu mazhab tarafdorlari [[huquq]] masalalarida ratsionalistik metodga, Yaʼni [[Qur’on]] va [[hadis]]larni aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. Dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda [[Molikiya mazhabi]] [[Tunis]], [[Jazoir]], [[Marokash]], [[Liviya]] va ayrim boshqa mamlakatlarda musulmonlar o‘rtasida taʼsirga ega.
 
=== Shofiya ===
Shofiya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (767-820). [[Makka]]da yashagan, [[hadis]]lar va fiqhni o‘rgangan, [[Yaman]]da qozilik lavozimini egallagan. Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan so‘ng [[Misr]]ga ketib, Malik ibn Onasning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan, 810 yildan [[Bog‘dod]]da o‘z taʼlimotini targ‘ib qilgan.
Shofiy o‘z asarlarida islom huquqini aʼnanaviy normalar bilan bog‘lashga intilgan. U fiqh asoslariga to‘la taʼrif bergan, ijmo‘dan foydalanishga alohida eʼtibor qilgan. Shofiyning asosiy asarlari shogirdlari tomonidan „Kitob al-umm“ to‘plam shakliga keltirilgan. Hozirgi vaqtda [[Misr]], [[Indoneziya]] musulmonlari orasida, Sharqiy [[Afrika]] mamlakatlarining baʼzilarida, qisman [[Suriya]]da va janubiy arab sultonliklarida Shofiy mazhabi diniy-huquq sistemasiga amal qiluvchilar bor.
 
=== Xanbaliya ===
Xanbaliya-sunniylikdagi diniy-huquq mazhablardan biri. Uning asoschisi va imomi ibn Xanbal (780-855) mustahkam eʼtiqodli sunniylik nuqtai nazaridan halifa Maʼmun davrida davlat dini bo‘lishi mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Xanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina [[Qur’on]] va Sunnagagina tayanib, shar’iy hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmo‘ning qo‘llanishida ham ular tanho [[Muhammad]]ning safdoshlari bo‘lmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina inobatga olar edilar. Ularning rasmiyatchiligi o‘ta ketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli — mazhab XII- asrgacha keng tarqalmagan.
Qator 39 ⟶ 44:
 
Bu tasavvur maʼlum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Baʼzi urf-odat va marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. bilan sunniylik o‘rtasida maʼlum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi [[Makka]] va [[Madina]]ni „muqaddas“ hisoblash bilan birga, [[Karbalo]], [[Najaf]] shaharlarida joylashgan Sh. Imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladilar.
 
=== Jaʼfariya ===
Shia Shariatida jaʼfariya mazhabi hukmron rol o‘ynaydi. Ular imom Husaynga motam tutadilar, „shaxsey-vaxsey“ deb nom olgan motam yurishlari o‘tkazadilar va h.k. O‘rta asrlarda Shialar ichida ham ixtiloflar yuz bergan, natijada ko‘p sektalar vujudga kelgan. Bulardan [[zaydiylar]], [[ismoiliylar]], [[ibodiylar]] va b. Hozir ham mavjud. Sh. hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblanadi. [[Iroq]], [[Afg‘oniston]], [[Hindiston]] va [[Pokiston]]da shialar bor.
 
===Zaydiylar===
=== Zaydiya ===
Zaydiylar — VIII asr o‘rtalarida shialikda vujudga kelgan sekta tarafdorlari. Arab halifaligida sinfiy ziddiyatlar keskinlashib, feodal guruhlar o‘rtasidagi kurash kuchaygan, ummaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Shialarning 5-imomi Muxammad al-Bokirning sustligidan norozi bo‘lgan shialar ichidan Zayd o‘z tarafdorlarini to‘plab, ummaviylar hokimiyatiga qarshi [[739]]-yilda isyon ko‘targan, [[740]]-yili halifa Hishom (724-743) ko‘shinlari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, halifalar hokimiyatiga qarshi ko‘p marta isyon ko‘targanlar. Z. Zaydni so‘nggi 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Ular o‘z aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yulini tutadilar. Zaydiylar yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch halifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni laʼnatlamasliklari, taqiyya printsipini va mutʼa (yoki siga) [[nikoh]]ini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig‘inishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. O‘z aqidalarida mu’taziliylardan iroda erkinligi va [[Qur’on]]ni Olloh yaratganligi, xorijiylardan esa diniy eʼtiqodni amaliy faoliyat bilan mustahkamlash printsiplarini qabul qilib olganlar. Hozir Zaydiylarning ko‘p qismi Shimoliy [[Yaman]]da yashaydi va aholining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Zaydiylar [[Yaman]] Xalq Demokratik Respublikasida, [[Saudiya Arabistoni]]da, [[Pokiston]] va boshqa davlatlarda ham bor.
 
===Ismoiliylar===
=== Ismoiliya ===
Ismoiliylar-VIII asr o‘rtalarida shialikda shakllanib, X-XI asrlarda Yaqin va O‘rta Sharqda keng tarqalgan sekta tarafdorlari. Shialarning baʼzilari halifalik taxtini egallagan abbosiylar bilan maʼlum darajada kelishib ish tutdilar. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo‘lgan bir guruh shialar esa oltinchi imom Jaʼfar as-Sodiqning katta o‘gli Ismoil (sekta uning nomi bilan atalgan) atrofiga jipslashdilar. Imom Jaʼfar ichkilik va maishatga berilgan Ismoilni vorislikdan mahrum etib, kichik o‘g‘li Muso al-Kozimni voris qilib tayinladi. Bundan norozi bo‘lgan Ismoil tarafdorlari uning vafotidan keyin ug‘li Muxammad ibn Ismoilni imom deb tanidilar.
Ularning taʼlimoti avvalo ikkiga:
Qator 60 ⟶ 68:
 
Ismoiliylar taʼlimoti bo‘yicha, kamolotga erishgan inson (al-inson, al-komil) o‘zida „olamiy aql“ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) bo‘lib, xudo taʼlimotini insonlarga etkazib beradi, uning yordamchisi somit (jim turuvchi) esa payg‘ambar taʼlimotidagi botiniy mazmunni tushuntirib beradi, deb hisoblanadi. O‘rta asr mobaynida Ismoiliylar orasidan nizoriylar (hashshoshiylar), mustaʼliylar, druzlar, karmatlar ajralib chiqqan. Ismoiliylar taʼlimoti, xususan, karmatlar ideologiyasi islom diniga nisbatan oppozitsion xarakterda bo‘lgan. O‘rta asr tafakkuriinng yirik namoyandalari — Rudakiy, Ibn Sino, Maʼarriy va boshqalarga karmatlar ideologiyasi taʼsir ko‘rsatgan. Mashhur shoir va mutaffakkir Nosir Xisrav esa Ismoiliylarning yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan.
 
===Xorijiylar===
=== Xorijiya ===
Xorijiylar — Ali bilan Muoviya tarafdorlari o‘rtasida halifalikda hokimiyat uchun kurash jarayonida tashkil topgan islomdagi dastlabki '''diniy-siyosiy guruh''' izdoshlari. Siffin yaqinidagi jangda (657-yilda) Ali hakamlar sudi o‘tkazishga rozi bo‘lgan. Alining yo‘lboshchiligidan ixlosi qaytgan 12 ming jangchi undan yuz o‘girib, Xarura degan qishloqqa ketib qolganlar (shuning uchun ham ularni dastlab '''xaruriylar''' deb ataganlar). Xorijiylar Alini [[661]]-yilda o‘ldirgunlariga qadar, unga qarshi qurolli kurash olib borganlar. Ular Muoviyaga ham qarshi xuddi shunday shafqatsiz kurash olib borganlar. Xorijiylar taʼlimoti ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan ham va islomning asosiy aqidalarini talqin qilishda ham yaxlit taʼlimot bo‘lmagan. Musulmon ilohiyotchilarining hisoblashicha, xorijiylarning 20 ga yaqin sektalari bor. Xorijiylar oliy hokimiyat masalasida halifa saylanib qo‘yilishi kerak, degan taʼlimotni ilgari surgan sunniylarga ham, imomatning ilohiy tabiatini tan olgan shialarga ham qarshi turganlar.
 
Din masalasida xorijiylar islomning „sofligi“ tarafdori bo‘lganlar va diniy kursatmalarga katʼiy rioya kilganlar.
 
====Ibodiylar====
== Ibodiylik ==
Ibodiylar, abodiylar — xorijiylar ichidagi kichik sekta tarafdorlari. VII-asrning 2-yarmida yashagan Abdulloh ibn Ibod (Abod) asos solgan. Ibodiylar xorijiylar ichidagi fanatik kichik sektalar (mas., azrakiylar)ning barcha g‘oyaviy dushmanlarini kofir hisoblab, o‘ldirish printsipiga qarshi chiqqanlar. Ular o‘z ko‘zg‘olonlari bilan abbosiylarning hokimiyatni egallashlariga yordam berganlar. Hozir [[Shimoliy Afrika]]da, [[Ummon]], [[Zanjibar]]da Ibodiylar jamoalari mavjud. Ular diniy eʼtiqod va marosimlarga xos ayrim xususiyatlari bilan sunniylik, shialik va boshqa oqim, sektalardan farq qiladilar.
 
== Havolalar ==
* Branon Wheeler, [http://books.google.com.pk/books?id=slLpouSlzPcC&printsec=frontcover&source=gbs_atb Applying the Canon in Islam: The Authorization and Maintenance of Interpretive Reasoning in Ḥanafī Scholarship], [[SUNY Press]], 1996