Adabiyot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
Qator 1:
'''Adabiyot''' (arab. — adab so‘zining ko‘pligi) — 1. Fan va amaliyotning bi-ror sohasidagi yutuqlarni umumlashti-ruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va b.). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi); voqelikni so‘z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. A. avval og‘zaki bo‘lgan, yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng yozma shaklga o‘tgan. A. so‘z orqali in-sonning his-tuyg‘ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy A.ning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning o‘zini in’ikos eta-di, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qo‘shib tasvirlana-di. Sharq qadimdan she’riyat tuyg‘ulari o‘lkasi bo‘lgan. Shu boisdan Sharq badi-iy A.i.da ayniqsa lirika keng rivojlan-gan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. A.da qorishiq turlar ham mavjud. Mas, liri-ka va epos xususiyatlari birlashib liro-epik to‘rni tashkil etadi. Liro-epik tur-ga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga bo‘linadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), o‘rta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga ko‘ra, g‘azal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qo‘shiq va b.ga bo‘linadi. Dramatik A.ning ham mazmu-nan 3 xili bor: drama, komediya va trage-diya (fojia). A. san’atning boshqa tur-lari kabi mafkuraviy hodisadir. A.da voqelikni aks ettirish tamoyiliga ko‘ra, adibning ijodiy usuli paydo bo‘ladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umum-lashtirilgan holda haqqoniy aks etti-rilsa, realistik A. deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi o‘z orzu-umidlarini ham ifoda etea, ro-mantik A. bo‘ladi. A.ning badiiylik mezoni uning g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal bo‘lishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifo-da etadigan g‘oyasining to‘g‘riligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligi-dan yuzaga keladi.Har bir A. milliydir, shunga ko‘ra yillari173har bir xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar A.ning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o‘ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga ke-lishida A. tomonidan uzoq davr mobay-nida yig‘ilgan tajriba va an’a-naning ham ahamiyati katta. Xalq hayotidagi yangi davr esa A.ni yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘taradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilan-gan A. o‘z navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol va-zifasini o‘taydi.Hoz. zamon o‘zbek A.da A.ning tas-vir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik bo‘lsa, bosh tasvir ob’ekti esa inson-dir. A.da insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etila-di. Shuning uchun ham A.ning maqsadi ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy kuchning mohiyatini to‘la ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badi-iy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali "tip" deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar ob-razlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlari-dagi Otabek va Kumush tip darajasiga ko‘tarilgan obrazlardir. A. voqelikni aks ettirar ekan, unga go‘zallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham g‘oyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning ta’sirli chiqishi, boshqa ko‘p mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fik-rning emotsionalligi, ko‘tarinkiligiga ham bog‘liq bo‘ladi.Milliy mustaqillikka erishgan o‘zbek xalqi hayotning barcha jabhalarida o‘zligini namoyon etmoqda. Jumla-dan, istiqlol davri A.i tub sifat o‘zgarishlarigaerishmoqda. Budavrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab faoliyat ko‘rsatmoqda. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg‘ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr A.ida tas-virlanayotgan inson o‘zining bashariyat, vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo‘lmoqda. Istiqlol A.i mavzu nuqtai nazari-dan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sig‘maydigan, tabiiy ravishda rivoj-lanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yo‘l ko‘rsatishni zimmasi-ga olmaydi, o‘quvchiga aql o‘rgatmaydi, hayotiy muallimlikni da’vo qilmaydi, balki tasvirning noziqligi, ifodalar-ning favquloddaligi, obrazlarning ku-tilmaganligi b-n o‘quvchida munosabat uyg‘otadi. Bu A.ning jozibasi zohirda emas, botinda — matn zamiriga joylan-gan. Istiqlol davri o‘zbek A.i chinaka-miga rang-barang A.dir. Uning bag‘rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo‘nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag‘rida kecha-yotgan insonning murakkab "men"i kashf etiladi.Bahodir Sarimsoqov.
 
== Adabiyotlar ==