Azot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 130 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q627 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Azot''' (lot. Nitrogenium), N — Men-deleev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib ra-kami 7, at.m. 14,0067. Yer po‘stining og‘irlik jihatidan 0,01% ini tash-kil etadi. Havoda erkin holda bo‘ladi (havoning og‘irlik jixatidan 75,6%; hajm jihatidan 78,9% A.dan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uch-raydi; mas, u natriyli selitra (NaNO-,) va kaliyli selitra (K.NO,) tarkibida bo‘ladi, toshko‘mirda 1 — 1,25%, neftda 1,5%, oqsil moddalarda 17%, odam ta-nasida 3% gacha bo‘lishi mumkin. A.ni birinchi marta 1772 y.da Rezerford aj-ratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635%) va 1SN (0,365%); radioaktiv sun’iy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud bo‘ladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 min.). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi. A.— rangsiz, hidsiz gaz; qaynash t-rasi - 195,8°, suyuklanish t-rasi — 209,86°, 1l A. 1,2506 g; 1 l suv-da (0° da) 23,3 ml eriydi. Odatdagi sharo-itda A. nihoyatda passiv, faqat litiy b-n birikishi mumkin; boshqa elementlar b-n qizdirilganda, bosim ta’sirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod b-n birikib, ammiak, gi-drazin va b., kislorod b-n oksidlar, me-tallar b-n nitridlar hosil qiladi. A. o‘simliklar uchun asosiy "oziq"lardan biridir. Mineral va organik birikma-lari tuproqqa yog‘in-sochin b-n yoki o‘g‘it sifatida tushadi. Erkin A. ammiak sintezida, ba’zi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi bo‘shliqni to‘ldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va b. maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq A. dan past t-ra b-n bog‘liq bo‘lgan ishlar-da (kriostatlar, vakuum qurilmalar va b.da) foydalaniladi. A.ning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va tur-li nitratlar (selitralar)dan iborat. O‘rta Osiyoning quruq cho‘l iqlimida ko‘p miqdorda selitra to‘planadi. A. oqsillar, nuklein kislotalar, xloro-fill va fermentlarning ajralmas tar-kibiy qismi bo‘lganligidan o‘simliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. O‘simliklar tuproqdagi azotli modda-larni o‘zlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin A.ni A. birik-malariga aylantiruvchi mikroorganizm-lar tufayli tuproqda ancha miqdorda A. to‘planadi. U tuproqda asosan to‘rt xil birikma holida: chirindi (gumus) azo-ti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO3), oqsil organik azoti (to‘liq parchalan-magan o‘simlik qoldiqlari) va ularning o‘zgarish mahsulotlari — aminokislo-talar, peptidlar, amidlar va aminlar holida mavjud bo‘ladi. A.ni tuproqdagi organik birikmalarini eruvchanligi bo‘yicha uch guruhga: suvda eriydigan, su-yultirilgan kislota b-n gidrolizlan-ganda eritmaga o‘tuvchi va suyultirilgan kislota b-n gidrolizlanganda erimaydi-gan guruhga bo‘lish mumkin. Erimaydigan guruhga mansub bo‘lgan A. kam harakatchan va o‘simliklarga yaxshi singmaydi. O‘rta Osiyoning ayrim tuproqlari tarkibida-gi umumiy A.ning taxminiy miqdori: och tusli bo‘z tuproqlar (haydalma qatlam)da — 0,04—0,07%, ko‘pdan beri sug‘orilib kelinayotgan tipik bo‘z tuproqlarda — 0,10—0,15% va to‘qtusli o‘tloq tuproqlarda — 0,20—0,50%. O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqalarida yuqori hosil olish uchun tuproqda A. zahirasi yetarli emas, shu-ning uchun bu yerlarda azotli o‘g‘itlar qo‘llaniladi. O‘simliklardagi A.ning ko‘p qismi oqsil moddalari holida bo‘ladi. Turli urug‘lar oqsili tarkibi-dagi A. miqdori 16,5—17,5% ni tashkil qiladi. G‘o‘za-beda almashlab ekishda beda eqilgan har gektar yerda biol. A.ga boy 20 t gacha organik modda hosil bo‘ladi; undagi biol. A. miqdori 400— 600 kg/ga. A.dan o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, ko‘pchilik sanoat sohalari, jumladan, 224metallurgiyadagi turli kimyoviy jarayon-larda inert muhit sifatida foydalani-ladi.Qudrat Axmerov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->