Akvarium: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 67 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q45782 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Akvarium''' (lot. aqua — suv) — 1) suv hayvonlari va o‘simliklarini ti-rik saqlash va ko‘paytirish uchun foyda-laniladigan shisha idish. Foydalanish maqsadi va organizmlar uchun zarur bo‘lgan sharoitga binoan A.ning tuzilishi, shak-li va o‘lchami har xil bo‘ladi. A.odatda yaxlit shishadan yoki sinchi metalldan, devori shishadan yasaladi. A. yasash uchun ba’zan organik shishadan ham foydala-niladi: Standart A. to‘g‘ri burchakli, ba-landligi b-n eni bir xilda, bo‘yi enidan 1,5 marta uzunroq qilib yasaladi. Devor-ga qo‘yiladigan A.ning oldingi devori egik bo‘ladi. A. tubiga yuvib tozalan-gan daryo qumi (zarrachalarning o‘lchami 2—4 mm) solinadi. Baliq boqish uchun A. suvi kislorodga to‘yingan, undagi mineral tuzlarning tarkibi va nisbati muayyan miqdorda bo‘lishi lozim. Suvni kislorodga to‘yintirish uchun A. da suv o‘simliklari o‘stiriladi, o‘simliklar har kuni 10—12 soat davomida yoritib turiladi. Yorug‘likda o‘simliklar akvari-um baliqlari nafas olganida chiqadigan karbonat angidrid gazini o‘zlashtirib, 59kislorod259kislorod ajratib chiqaradi, suvda-gi mineral moddalarni shimib oladi. Suvni doimo toza saqlash uchun A. devo-ri tozalab turiladi, suv tubiga cho‘kkan chiqindilar olib tashlanadi, bug‘langan suvning o‘rni to‘ldirib turiladi. A. da suv yuzasida (ruchchiya, salviniya, suv sa-lati va b.) va suv qa’rida qalqib tura-digan (elodeya, urut, lyudvigiya va b.), suv tubiga yopishib o‘sadigan (vallisneriya, o‘qyoybarg , aponogeton, exinodorus, krip-tokorina va b.) o‘simliklar o‘stirish mumkin. A.ning ustini shisha b-n yopib, qopqoqni cheti havo kirib turishi uchun bir oz ochib qo‘yiladi. Ilmiy lab.larda, ba’zan xonadonlarda ham A. suvi nasos yordamida havo yuborish b-n kislorod-ga to‘yintiriladi, qum va faollashti-rilgan ko‘mir orqali o‘tkazib tozalab turiladi; 2) i. t. o‘tkazish yoki namoyish qilish maqsadida dengiz yoki chuchuk suv hayvonlari va o‘simliklari namunala-rini tirik holda saqlaydigan muassasa. U suv hayvonlari va o‘simliklarining hayoti o‘rganiladigan va namoyish eti-ladigan ilmiy muassasalar va hayvonot bog‘larida (shu jumladan Toshkent hayvonot bog‘ida) barpo etilgan. Dast-labki A. 19-a.ning 2- yarmida qurila boshlagan (Sevastopol —1871, Neapol —1872). Dengiz hayvonlarini o‘rganish uchun A. odatda dengiz sohiliga yaqin joyda quriladi. Eng yirik A. Neapol, Bombey, Sevastopolda qurilgan. Dengiz A. ba’zan okeanarium deb ham ataladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->