Christopher Columbus: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot oʻchirdi: szl,zh,pl,eu,bs,ang,es,lij,oc,hu,sw,sq,mt,am,ia,ga,my,ar,nl,kaa,pt,eo,xmf,yi,new,su,sr,ckb,fi,uk,jbo,be-x-old,gan,rue,sah,sco,ne,roa-tara,hr,az,lmo,an,da,vec,als,pms,map-bms,nah,lez,arz,he,be,lad,yo,mwl,it,hif,ay,ja,ml,mrj,vi,zh-yue,zh-c...
MKattaev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 52:
 
1492-1504-yillar orasida Xristofor Kolumb ispan qiroli buyrugʻiga binoan toʻrtta tadqiqot ekspeditsiyalarini uyushtiradi. Bu ekspeditsiyalar voqealarini u kema jurnalida yozib boradi. Afsuski, bu jurnal saqlanib qolmagan, lekin [[Bartolomeo de la Kasas]] bu jurnalning qisman nusxasini koʻchirganligi sababli bu ekspeditsiyalar tafsiloti bizgacha yetib kelgan.
 
==== Birinchi ekspeditsiya ====
[[Tasvir:Columbus1.PNG|thumb|left|150px|Birinchi ekspeditsiya]]
Kolumb birinchi ekspeditsiyasiga uchta kema tayyorladi: „[[Santa Mariya (karakka)|Santa Mariya]]“ (flagman), „[[Pinta (kema)|Pinta]]“ va „[[Ninya|Santa Klara]]“. Flagman uzunligi — 17,3 metr, uzunligi — 5,6 metr, kemaning suvga kirib turgan qismi — 1,9 metr, hajmi — 101,2 tonna, ekipaj — 40 kishi boʻlgan. Flotga hammasi boʻlib 100 kishi kirgan. Tarixda birinchi marta Yevropaliklar [[Guanahini]] ([[Bagam orollari]]), Espanyola ([[Gaiti (orol)|Gaiti]]) va Huana ([[Kuba]])ga qadam qoʻyishdi. Bu sayohat bilan Ispaniyaning Yangi Dunyodagi ekspansiyas boshlangan.
 
Lekin Kolumb bu yangi yerlarni Sharqiy Osiyo — [[Xitoy]], Yaponiya yoki Hindiston qirgʻoqlari deb oʻylagan. Ancha paytgacha yangi yerlar [[Yevropaliklar]] tomonidan [[Vest-Indiya]] (soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Garbiy Hindiston“) deb atalgan. Buning sababi bu yerga yetish uchun toʻhtamasdan gʻarbga suzish kerakligi boʻlgan.
 
Ferdinand II va Isabella Iga oldinroq yozilgan habarida Kolumb „avval Chipangga, soʻngra Katayga va nihoyat ikki Hindistonga“ suzish rejasini aytgan. Oʻrta asr xaritalarida „ikki Hindiston“ deb hozirgi [[Hindiston]] va [[Efiopiya]], „Katay“ — [[Xitoy]] va „Chipang“ — [[Yaponiya]] nazarda tutilgan. Yaponiya haqida Yevropaliklar Marko Polo orqali habardor boʻlishgan. Shunday qilib, Kolumbning birinchi maqsadi [[Hindiston]] emas, balki [[Yaponiya]] boʻlgan.
 
[[Tasvir:Santa-Maria.jpg|thumb|210px|Kopiya korablya Kolumba „[[Santa Mariya (karakka)|Santa Mariya]]“]]
 
===== Sayohat xronologiyasi =====
* [[3-avgust]], [[1492-yil]] — Kolumb [[Palos de la Fronterta]] shahri gavanidan kemalari bilan chiqdi.
* [[6-sentabr]] — „Pinta“dagi teshik tuzatilgach Gomer orolidan ([[Kanar orollari]]) gʻarbga tomon suzildi.
* [[16-sentabr]] — ekspeditsiya yoʻlida yashil suvoʻtlari paydo boʻla boshladi. Vaqt oʻtishi bilan ular soni koʻpaya bordi. Bu gʻalati oʻtlar orasida kemalar uch hafta suzishdi. Bu [[Sargasso dengizi]]ning ochilishi edi.
* [[7-oktabr]] — „Yaponiyadan oʻtib ketdik“ deb oʻylagan kema jamoasining talabi bilan kemalar gʻarb-janub-gʻarbga qarab suza boshlaydi.
* [[12-oktabr]] — kechqurun soat ikkida „Pinta“ bortidagi matros yerni koʻrdi.
 
 
== Manba ==