Angor tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
'''Angor tumani''' 1952-yil 16-aprelda tashkil tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan [[Termiz]] tumani tarkibiga qoʻshib yuborildi . 1979 yili dekabrda qayta tashkil etildi . Umumiy maydoni 387,3 kv .km. Aholisi 82,1 ming kishi (1996) . Tuman markazi — Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli — gʻarbda joylashgan . Tumanda 7 qishloq bor (Birinchi may , Doʻstlik , Zang , Navoiy, Tallimaron , Yangiobod , Qayron). Toshkent — Termiz avtomobil yoʻli yoqasida, yaqin temir yoʻl bekati (Navshahar) — 14 km . Angor arigʻidan suvichadi .
Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi bor . Tuman gʻalla, paxta va sabzavot — poliz ekinlariga ixtisoslashgan . Bogʻ va tokzor bor .
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Angor tumani''' — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952 y. 16 apr.da tashkil etilgan. 1962 y. 24 dek.da Ter-miz tumaniga birlashtirilgan. 1979 y.4 dek.da qayta tuziddi. A.t. viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlari b-n che-garadosh. Mayd. 0,39 ming km2. Aholisi 85 ming kishi (1997). A.t.da 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yig‘ini (Istiqlol, Do‘stlik, Zang , Navoiy, Tal-limaron, Yangiobod, Qayran) bor. Marka-zi — Angor shaharchasi.Angorda mil. av. 6 — 4- a.larda aholi manzillari bo‘lgan. Kushan podsholi-gi davrida (1—3- a.lar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qal’asi Angorning markazi bo‘lgan. 6 — 7-a.lar-da qal’alar, qo‘rg‘onlar vujudga kelgan. O‘tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo‘nib o‘tadigan qishloq hisoblangan.Tabiati. Tuman viloyatning eng jan.da joylashgan. Shim.da Kiziriq, g‘arbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shim.da Xovdog‘, jan.-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtro-pik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi 2 — 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning o‘rtacha t-rasi 31 — 32°. Yiliga 120 — 130 mm yog‘in tu-shadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining g‘arbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib o‘tadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sug‘oriladi. Tuprog‘i bo‘z, taqir, qumloq tuproq. Tuproq sho‘rlanishini kamay-tirish uchun tuman hududi bo‘ylab shim.-sharqdan jan.-g‘arb yo‘nalishida zovur qazilgan. Sho‘ra, yantoq, jing‘il, qiyoq, qamish, burgan kabi cho‘l o‘simliklari o‘sadi. Tuman hududining ko‘p qismi 484o‘zlashtirilganligi sababli cho‘ldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi.Aholisining aksari qismi o‘zbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, ta-tar, yahudiy va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o‘rtacha 218 kishi to‘g‘ri keladi. Aholisining 90% dan ortig‘i qishloqlarda yashaydi.Xo‘jaligi. A.t.da 8 jamoa xo‘jaligi, 104 dehqon-fermer xo‘jaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik kor-xona, 7 sanoat korxonasi bor. Tu-man g‘alla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-gan. Bog‘dorchilik va tokchilik b-n ham shug‘ullaniladi. 1999/2000 o‘quv yilida 40 dan ortiq umumiy ta’lim maktabida 20559 o‘quvchi ta’lim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, mu-allimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klu-bi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomi-dagi madaniyat va istirohat bog‘i, "Orzu" kinoteatri aholiga xizmat ko‘rsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulato-riyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Angor shaharchasi (aholisi 14,3 ming kishi) hududi oʻrnida Axomaniylar davridayoq (miloddan avvalgi 6-9- asr) aholi manzillari boʻlgan . Kushon podsholigi davrida (1-3-asr) bu yerda dehqonchilik vohasi tarkib topdi . Angorning janubiydagi Zartepa qal’asi uning maʼmuriy markazi boʻlgan . Kushon podsholigidan soʻng mavqey soʻndi . 6-7 — asrda bu erda hayot yangidan jonlandi . Katta — kichik qal’alar, qoʻrgʻonlar vujudga keldi .
Bulardan yiriklari : Bolaliktepa , Yumoloqtepa , Gazlartepa , Kuchuktepa , Jovliqoʻrgʻon , Zangtepa , Zartepa , Kuyovqoʻrgʻon , Qarlamtepa , Qizqoʻrgʻon , Oʻrdalitepa .
Qator 10 ⟶ 15:
 
[[Turkum:Surxondaryo viloyati‎]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}