Arastu: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Aristotel bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 18:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Arastu'''  — Aristotelning ajam xalqlari o‘rtasidagi nomi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Arastu''' yoki '''Aristotel''' ([[yunon tili|yun.]]: ''Ἀριστοτέλης'') ([[mil. av. 384]] - [[mil. av. 322]]) [[Qadimgi Yunoniston|qadimgi yunon]] [[faylasuf]]i, [[Aflotun]] shogirdi va [[Iskandar Zulqarnayn]] ustozi boʻlgan. U [[fizika]], [[metafizika]], [[nazm]], [[teatr]], [[mantiq]], [[ritorika]], [[siyosat]], [[etika]], [[biologiya]] hamda [[zoologiya]]ga oid ishlar yozib qoldirgan.
 
ARISTOTYeL (Aristoteles), Ara-
stu (mil. av. 384/383, Stagira — 322/321,
Evbeya o., Xalqida) — Yunonistonning
buyuk faylasufi. Mil. av. 367 y.da Afi-
naga borib, Platon akademiyasida tahsil
koʻrdi, 20 y. uning ishlarida ishtirok
etdi. Mil. av. 343 y.dan eʼtiboran Ma-
kedoniya podshohi Filipp taklifi b-n
shahzoda Aleksandrta murabbiylik
qildi. Mil. av. 335 y.da Afinaga qaytib,
oʻzining Likey maktabini tashkil qildi.
Aleksandr vafotidan soʻng 323 y.da xudo-
sizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga
qochishga majbur boʻldi va umrining oxi-
rigacha shu erda yashadi.
A. qomusiy bilimlar sohibi, peri-
patetika maktabi asoschisi, uning taʼ-
limoti ayrim, alohida fanlarni falsa-
fiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan
sohalarini tasniflashda falsafiy ti-
zim yaratish b-n A. insoniyat tafakkuri-
ni rivojlantirishga juda kuchli taʼsir
koʻrsatdi.
A. ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha
bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining
„ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“)
asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini
tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ mod-diy
predmetlarning oddiy nusxasi, aynan
oʻzi ekanini koʻrsatdi. A. ayrimlik va
umumiylikning oʻzaro munosabati masa-
lasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir
joy“dagina va „hozir“dagina mavjud-
dir, uni his b-n idrok etish mumkin.
Umumiylik esa har qanday joyda va har
vaqtda („hamma erda“ va „hamma vaqt“)
mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda
yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok
qilinadi. Shuningdek umumiylik — fan
predmeti, uni aql vositasida bilib
olish mumkin. A. olamdagi hodisalar
va predmetlarning sabablarini toʻrt
guruhga boʻladi: 1) moddiy sabab yoki ma-
teriya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuza-
ga keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki
maqsad. Garchi A. materiyani dastlabki
sabablardan biri, deb eʼtirof etsa ham,
uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos,
qolgan uch sababni esa — faol sabab, deb
hisoblaydi. Mac, uning fikricha, shak-
lsiz hech qanday narsaning boʻlishi aslo
mumkin emas, shakl — borliq mohiyati-
dir, shakl — abadiy, oʻzgarmas va mod-
diy sababdan ustunrokdir. Yuzaga kel-
tiruvchi sabab harakat yoxud turgʻunlik
man-baidir. Harakat, deydi A., biron-
bir narsaning imkoniyatdan voqelikka
oʻtishidir. Harakatning toʻrt turi bor,
bular: sifatli harakat yoki oʻzgarish;
miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamay-
ish; joyni oʻzgartirish yoki makondagi
harakat; vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan
iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad —
harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining
oqibatidir. A. taʼlimotiga binoan,
xudo — oʻz qonunlari boʻyicha rivojlana-
yotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki
hodisalar va hamma mavjud narsalarning
oliy maqsadi, „shakllarning shakli“,
maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi
ilk kuchdir. A. nazariyasiga koʻra, xar
kanday real mavjud boʻlgan ayrim narsa
„materiya“ b-n „shakl“ning birligidan
iborat, „shakl“ esa narsaning oʻziga xos
„koʻrinishi“dir, unga ham „materiya“,
ham „shakl“ deb qarash mumkin. Shu
tariqa butun voqe olam „materiya“dan —
„shakl“ ga va „shakl“dan — „materiya“ga
izchil ravishda oʻtish jarayonidan iborat.
A. bilish haqidagi taʼlimotida „dia-
lektik“ bilish b-n „apodiktik“ bilish-
ni bir-biridan farqlaydi. „Dialektik“
bilish — tajriba samarasi boʻlmish
„fikr“ni, „apodiktik“ bilish esa ishon-
chli bilimni vujudga keltiradi. Ammo
A. tajribani ishonchli bilimning oliy
darajasi, deb hisobla-maydi, uning www.ziyouz.com kutubxonasi 621
fikricha, bilimning eng oliy qonun-
qoidalari bevosita aql vositasidagina
idrok etiladi.
A. mantiq ilmining asoschisidir.
A. yaratgan va „analitika“ deb nomla-
gan mazkur fan tafakkurning tushuncha,
muhokama, xulosa kabi asosiy shakllari-
dan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchi-
si istisno qonunlaridan, fikrni isbot-
lash yoxud rad etish us-lublaridan, bir
qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq
„ilk falsafa“ („metafizika“) b-n bir-
galikda fan sohalarining falsafiy tas-
nif tizimini tashkil etadi.
Biologiya sohasidagi A. Ilmiy xiz-
matlaridan biri — oʻsimlik va hayvonot
turlarining biologik jihatdan
maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼli-
motidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib-
rivojlanishi, hayvonlardagi instinkt-
larning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga
kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib
ravishda harakat qilishi — tabiatdagi
maqsadga muvofiqlik namunasidir.
A. jahon ilm tarixida ilk bor axloq
fani — etikaga asos soldi. Uning axloq
sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir,
Xudo eng oliy faylasuf va mutafak-
kirdir. A. aql-zakovatning kuzatish,
mushohada qilishdan iborat faoliyatini
barcha neʼmatlardan ustun qoʻyadi, uni ez-
gulik, rohat va lazzat manbai, deb bila-
di. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql
hukmiga boʻysunavermaydi, binobarin
kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy
tajribani ishga solib oʻrta yoʻlni tanla-
gan maʼqul.
A.ning siyosiy qarashlari „inson
— ijtimoiy mahlukdir“ degan gʻoyaga
asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat
— inson hayoti va faoliyatining asosiy
sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi.
A. oilaviy va ijtimoiy tarbiyani dav-
lat tuzumini mustahkamlash vositasi,
deb biladi, binobarin maktab faqat dav-
latniki boʻlishi, unda barcha fuqarolar
(qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk-
tartibotidan saboq beruvchi ilmlarni
egallashi shart. A. davlat masalasida har
qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit
vujudga kelishini kutib oʻtirmay, mav-
jud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi kon-
stitutsiya asosida kishilarni boshqara
bilishi, birinchi galda yosh avlodning
jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida
qaygʻurishi lozim, deb hisoblaydi. A.
davlatni idora etishning uchta maʼqul
va uchta nomaʼqul shakli mavjud, de-
gan gʻoyani olgʻa suradi. Yaxshi boshqaruv
shakllari amal qilgan davlatda undan
gʻarazli maqsadlarda foydalanish im-
koni istisno etiladi, hokimiyat esa bu-
tun jamiyat xizmatida boʻladiki, bular
— monarxiya (yakka podsho hukmronligi),
aristokratiya (aslzodalar hukmronligi)
va „politiya“ (oʻrta tabaqa, moʻʼtadil de-
mokratiya hukmronligi)dir. Aksincha, ti-
raniya (zolimona hukmronlik), sof oli-
garxiya (qudratli kishilar toʻdasining
hukmronligi) va oxlokratiya (haddan
oshgan olomon hukmronligi) — monar-
xiya, aristokratiya va „politiya“ shaklla-
rining vaqt oʻtishi b-n batamom aynigan,
yuz tuban ketgan koʻrinishidir.
A.ningtarbiya nazariyasi zami-rida
axloqiy va ruhiy qarashlari yotadi: tarbi-
yadan maqsad — ruhning oliy jihatlari
boʻlmish aql-zakovat va irodani kamol
toptirishdir. Tarbiyaning oʻzaro cham-
barchas bogʻliq uch jihati — jismoniy,
axloqiy va aqliy tarbiya — ruhning uch
turiga muvofiq keladi, yaʼni kamolatga
erishishning harakatlantiruvchi kuchla-
ri — tabiiy qobiliyat, koʻnikma va aql-
idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni
shu kuchlarga asoslanishi zarur.
A. oʻz iqtisodiy taʼlimotidakullik
— tabiiy bir hodisa va u doimo i.ch. ne-
gizi boʻlishi lozim, degan nuq-tai nazarga
suyanadi. U tovar-pul mu-nosabatlarini
tadqiq etib, natural xoʻjalik b-n tovar
i.ch. oʻrtasidagi tafovutlarni anglab
etish darajasiga yaqin keldi. Uningcha,
boylik ikki turdan iborat: isteʼmol
qiymatlari yigʻindisi sifatidagi boy-
lik va tovar ayirboshlash qiymatlari
sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni
A. „tabiiy boylik“ deb ataydi) man-www.ziyouz.com kutubxonasi 622
bai — dehqonchilik va hunarmandchilik
boʻlib, kishilarning tub ehtiyojlarini
qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur
boylik esa (uni A. „gʻayritabiiy boy-
lik“ deb nomlagan) aksincha, bevosita
ehtiyoj buyumlaridan iborat boʻlmay,
oʻzaro ayirboshlash, muomala negizi-
da vujudga keladi. Boylik 1-turining
miqdori inson ehtiyojlari b-n chegara-
lansa, 2-turining miqdorini esa aslo
cheklab-chegaralab boʻlmaydi. Shuningdek
A. isteʼmol qiymati b-n tovar qiymati
oʻrtasidagi chegarani birinchi boʻlib bel-
gilab berdi, turli xil tovarlarii faqat
pul vositasida oʻzaro qiyoslash mumkin,
deb hisobladi.
A.dan juda boy falsafiy meros
qolgan. Ular orasida eng mashhurlari:
„Politiya“, „Gʻoyalar haqida“, „Faro-
vonlik haqida“, „Birinchi analitika“,
„Ikkinchi analitika“, „Kategoriyalar“,
„Fizika“, „Metafizika“, „Jon haqida“,
„Nikomax axloqi“, „Yevdem axloqi“,
„Axloqi kabir“, „Siyosat“, „Ekonomi-
ka“, „Etika“, „Poetika“, „Ritorika“ va
b.
A. barcha zamonlar olimlari ustoz
deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy
asarlari, Sharq mutafakkirlari ijo-
dida ham chuqur iz qoldirgan. 7 — 8-a.
lardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid
va Maʼmun davrida Arab xalifaligi
hududida A. asarlari tarjima etilib
oʻrganildi, ularga oʻnlab izoh va sharxlar
bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ
olimlari katta rol oʻynadi. Abu Nasr
Forobiy A.ning „Metafizika“, „Jon
haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „To-
pika“, „Analitika“ va b. asarlariga il-
miy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ de-
gan unvonga sazovor boʻldi. Abu Ali ibn
Sino oʻz ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini
yanada rivojlantirib, A. va Forobiydan
keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi.
Ibn Sino b-n Beruniy oʻrtasida A.ning
„Osmon haqida“ va „Fizika“ asarlari
toʻgʻrisidagi munozarasi vatanimizda A.
merosiga kiziqish benazir boʻlganidan
dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn
Rushd oʻz salaflari Hunayn ibn Ishoq,
Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va
Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi A. ijo-
dini targʻib etib, asarlariga sharhlar
yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom oldi.
Oʻrta asr Sharqida A. taʼlimotini davom
ettirib, uni Yevropaga tanitib, etuk il-
miy asarlar yaratgan faylasuflar butun
dunyoda „Sharq aristotelchilari“ unvoni
b-n mashhurdir.
As: Soch. v 4 tt., M., 1975 — 83; Po-
etika [rus tilidan Mahkam Mahmudov
tarjimasi], T., 1980.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Muzaffar Xayrullaev.
 
{{bio-stub}}